 2-. Hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlar klassifikatsiyasi
Hayvonlarning osimliklarga oxshashligi va ulardan farqi. Hayvon organizmi ham simliklar singari hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar hujayra membranasi (posti), uning ichidagi sitoplazmada joylashgan vakuollar, boshqa organoidlar va yadrodan iborat. Hayvon va osimlik hujayralarining kimyoviy tarkibi ham ozaro oxshash boladi. Shuning bilan birga hayvonlar hujayrasi posti yupqa bolishi, yashil rang beruvchi xloroplastlar bolmasligi bilan osimliklardan farq qiladi. Hayvonlar fotosintez qilolmaydi; osimliklar hosil qiladigan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ammo bir hujayrali hayvonlar orasida osimlik singari fotosintez qilish hususiyatiga ega bolgan turlari ham bor.

Kopchilik hayvonlarning maxsus harakatlanish organlari boladi, lekin otroq yashovchi va kopchilik parazit hayvonlar harakat qilmaydi. Osimliklar orasida esa xlamidomonada xivchinlar yordamida faol harakatlanishini bilasiz.

Toqimalar va organlar. Kop hujayrali hayvonlar organizmi har xil tuzilgan va turli vazifani bajaradigan hujayralardan iborat. Hujayralar yumaloq, kubsimon, duksimon, yulduzsimon, kiprikli va boshqa shaklda bolishi mumkun (2-rasm). Bir-biriga oxshash tuzilgan va bir xil vazifani bajaradigan hujayralar toqimalarni, toqimalar organlarni hosil qiladi. Bir hujayrali va tuban kop hujayrali hayvonlar organizmida toqimalar va organlar rivojlanmagan.

Hayvon organizmi epitetiy, biriktiruvchi, muskul va nerv toqimalaridan tashkil topgan. Epiteliy zich joylashgan yassi kubsimon yoki silindrsimon hujayralardan iborat. Epiteliy organizmni noqulay sharoitdan himoya qiladi hamda uning faoliyatini boshqaradigan moddalar ishlab chiqaradi. Teri sirti va ichak devorining ichki yuzasi epiteliy bilan qoplangan.

Biriktiruvchi toqima alohida hujayralar va organlar oraligini toldirib turadi. Bu toqimaning suyuq (qon), tigiz (suyak, togay) va govak (parenxima) xillari mavjud. Biriktiruvchi toqima organlarni ozaro boglash (pay), kislorod va oziq moddalarni tashish (qon), zaxira oziq moddalar toplash (parenxima), tayanch (suyak. togay) vazifasini bajaradi.

Muskul toqimasi qisqarish xususiyatiga ega bolgan muskul tolalardan tashkil topgan. Muskul toqimasi silliq va kondalang yolli muskullarga bolinadi. Muskullar harakatlanish vazifasini bajaradi.

Nerv toqimasi yulduzsimon nerv hujayralari va ular orasidagi oraliq moddadan iborat. Bosh miya orqa miya va ulardan ketadigan nerv tolalari nerv toqimasi hisoblanadi. Nerv toqimasi tashqi muhitdan va ichki organlardan keladigan tasirni qabul qilish, otkazish va ularga javob berish vazifasini bajaradi.

Organlar va organlar sistemasi. Organizmda toqimalar organlarni hosil qiladi. Har bir organ bir necha xil toqimalardan tashkil topadi, ammo bir xil vazifani bajarishga moslashgan boladi. Masalan: ichak biriktiruvchi, nerv, muskul, epiteliy toqimalaridan tashkil topgan bolib, ovqat hazm qilish vazifasini bajaradi. Organizmda ozaro boglangan va oxshash vazifani bajaradigan organlar birgalikda organlar sistemasini hosil qiladi. Masalan: ogiz boshligi, halqum, qizilongach, oshqozon, ichak birgalikda hazm qilish sistemasini hosil qiladi. Hayvonlar organizmida hazm qilish, harakatlanish, ayirish, nafas olish, jinsiy, nerv, sezgi organlari sistemasi mavjud.

Hayvonlar klassifikatsiyasi. Ozaro oxshashligi va qon-qarindoshligiga binoan hayvonlar bir necha sisteraalik guruhlarga ajratiladi. Hayvonlarni bu tarzda guruhlash klassifikatsiya deyiladi. Osimliklar singari bayvonlarda ham eng kichik sistematik birlik tur hisoblanadi. Bir turga mansub hayvonlarning tuzulishi va yashash sharoiti oxshash boladi.

Ozaro yaqin turlar urugga, uruglar oilaga, oilalar turkumga, turkumlar sinfga, sinflar esa tipga birlashtiriladi. Barcha tiplar birgalikda hayvonot olamini tashkil qiladi. Bundan tashqari, hayvonot olami hujayraviy tuzilishiga binoan bir hujayralilar va kop hujayralilarga; umurtqa pogonasining rivojlanganligiga qarab umurtqasizlar va umurtqalilar (xordalilar)ga ajratiladi. Umurtqasizlar 20 dan ortiq, umurtqalilar esa faqat bitta tipdan iborat.

Sistematik guruhlar lotin tilida nomlanadi. Turlar ikki nom (urug va tur nomi). turdan yuqori guruhlar esa bitta nom bilan ataladi. Hayvonlarni klassifikatsiyalash bilan sistematika fani shugullanadi.



Eslatma:

Hayvonlar osimliklardan hujayra qobigining yupqa bolishi, xloroplastlarning bolmasligi, tayyor organik moddalar bilan oziqlanishi va faol harakatlanishi bilan farq qiladi.

Hayvon organizmi epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv toqimalaridan iborat.

Hayvonlarda ovqat hazm qilish, tayanch-harakatlanish, ayirish, nafas olish, jinsiy, nerv sistemasi boladi.

Hayvonlar oxshashligi va ozaro qarindoshligiga binoan sistematik guruhlar: tur, urug, oila. turkum, sinf va tiplarga birlashtiriladi.

SrAaSC3 #  