@ 4- . Organizm va tashqi muhit
? Oral fojiasi, magnit boronlari
Tirik organizm malum bir joyda yashar ekan, unga ocsha joy-ning harorati, namligi, atmosfera bosimi, yoragligi, radiatsiyasi, havosi va boshqa omillari tasir qilib turadi; har bir hayvon uzoq yillardan beri malum bir joyda yashab kelganligi tufayli uning organizmi oshanga xos sharoitni talab qiladi. Mashhur fiziolog olim I. M. Sechenov bu borada: 201EBiron tirik organizm tashqi muhitsiz yashay olmaydi, degan edi.
Tashqi muhit omillari organizmga sezgi organlari (teri, eshitish, korish, hid bilish, tam bilish) orqali tasir etib, markaziy nerv sistemasida bu tasirlar analiz va sintez qilinadi. Undan keyin tasir barcha toqima va organlarga berilib, ulardagi fiziologik jarayonlar muayyan sharoitga moslashadi.
Yuksak darajada rivojlangan hayvonlar organizmida tashqi muhitning noqulay tasiriga qarshi toqima va organlaming fiziologik faoliyati doimiy bolishini taminlovchi moslanishlar vujudga kelgan. Bunday barqaror korsatkichlarga: tana haroratining doimiyligi, qon va toqima suyuqligining osmotik bosimi, ular tarkibidagi kaliy, natriy, kalsiy, xlor ionlarining va qonda qand miqdorining doimiyligi kabilar kiradi.
Tashqi muhitning iqlim sharoitidan tashqari, odam organiz-miga havo, suv, tuproq hamda oziq mahsulotlari tarkibidagi kimyoviy moddalar ham tasir korsatadi. Turgunlik yillarida qishloq xojaligida kimyoviy moddalar haddan tashqari kop qollanilishi tuproq va suvning kimyoviy tarkibi buzilishiga olib keldi. Bu esa, oz navbatida, poliz va sabzavot mahsulotlarining, hatto chorva mollari mahsulotlarining ham sifati buzilishiga sabab boldi. Bundan tashqari, har xil ishlab chiqarish korxonalaridan, transport vositalaridan ajraladigan zaharli chiqindilar ham tashqi muhitni ifloslantiradi.
Orol fojiasi. Markaziy Osiyo mintaqasida sodir bolayotgan eng yirik ekologik fojia  Orol dengizining quriy boshlashidir. 60-yillar boshidan boshlab Amudaryo bilan Sirdaryoning suvini paxta va boshqa ekinlarga hisobsiz sarflayverish tufayli Orol dengiziga bu daryolar suvining kelishi keskin kamayib ketdi. Oqibatda dengiz quriy boshladi, hozirgi vaqtda uning yarmidan kop qismi qurishi suv tarkibida zararli kimyoviy moddalar miqdorining kopayishiga olib kelmoqda. Bu esa odam sogligiga zararlidir. Bunday noqulay holatlarni bartaraf etish boyicha hukumat va jamoatchilik tomonidan malum chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Magnit boroni. Keyingi yillarda tibbiyotda ekologiyaga bogiiq muammolarni chuqur organish natijasida malum boldiki, yer sathida vaqt-vaqti bilan sodir bolib turadigan magnit boronlari odam organizmiga salbiy tasir korsatar ekan. Magnit boronining tasiri, ayniqsa, asab, yurak-qon tomir, tayanch-harakatlanish organlari xastalangan odamlarda koproq seziladi. Bunday odamlar aholining 17 - 25 % ini tashkil etadi.
Magnit boroni sodir boladigan kunlar matbuotda, radio va zangori ekran orqali aholiga oldinroq malum qilinadi. Bu kunlarda yuqoridagi xastaliklari boigan odamlar quyidagi qoidalarga rioya qilishlari zarur. Chunonchi, kop yurmaslik, jismoniy mashqlar bilan shugullanmaslik, asabiylashishdan saqlanish, issiq hammomda chomilmaslik hamda mavjud xastalikni davolash uchun shifokor tomonidan oldindan buyurilgan asabni tinchlantiruvchi dorilarni qabul qilish zarur.
Yuqorida aytilganlardan korinib turibdiki, tashqi muhit odam organizmining embrional rivojlanish davridan boshlab butun umri davomida uning salomatligiga, ish faoliyatiga uzluksiz tasir korsatib turadi. Shuning uchun tashqi muhitni toza saqlash va uning tasirini etiborga olish har bir kishining muqaddas burchidir.


RSdaSC% p=  