 43-.Qushlarning ichki tuzilishi va sezgi organlari


Hazm qilish sistemasi. Qushlar oziqni tumshugi bilan choqilaydi. Tumshugining tuzilishi oziq xiliga va oziqlanish usuliga bogliq. Tishlari bolmaganligi uchun qushlar oziqni butunligicha yutadi. Birmuncha yirikroq oziqni tumshugi bilan choqilab, uzib olib yutadi. Donxor qushlar (masalan, kaptar)larda qizilongachning keyingi qismi kengayib, zaxira oziq saqlanadigan organ - jigildonga aylangan (84-rasm). Qushlarning oshqozoni ikki bolimdan iborat. Oldingi bezli bolimidan ajralib chiqayotgan oshqozon shirasi tasirida oziq yumshaydi. Oshqozonning muskulli ikkinchi bolmasida oziq maydalanadi. Qushlar yutadigan mayda toshlar oziqni maydalashga yordam beradi.

Qushlar tanasida haroratning doimiy bolishi va ularning uchishi juda katta energiya talab qiladi. Shuning uchun qushlar tez-tez oziqlanib turadi; hayotining kop qismini oziq topish uchun sarflaydi. Oziq ularning ichagida tez hazm boladi.

Qushlar ichagi kloakaga ochiladi. Kloakaga jinsiy organlarning chiqarish yoli va siydik yoli ham ochiladi. Kloakada siydik axlat bilan aralashib tashqariga chiqariladi.



Nafas olish sistemasi. Qushlar ancha murakkab tuzilgan opka orqali nafas oladi. Nafas olishda havo pufaklari ham ishtirok etadi (84-rasm). Pufaklar ichki organlar orasida joylashgan va opka bilan boglangan. Qushlar yerda kokrak qafasining kengayib-torayishi tufayli nafas oladi. Uchayotgan qush qanotlarining kotarilib-tushirilishi bilan pufaklar ham kengayib-torayadi. Uchayotgan qush opkasida gaz almashinuvi ikki marta: havo opkaga kirganida va pufaklardan chiqayotgan havo opka orqali otganda sodir boladi. Qush qancha kop marta qanot qoqsa, opka orqali havo aylanishi shuncha tez boradi. Shuning uchun uchayotgan qushning nafasi bogilmasdan, aksincha, tezlashadi. Kaptar bir minutda tinch turganida 26 marta, uchganida esa 400 marta nafas oladi. Bundan tashqari, havo pufakchalariga kiradigan havo qushlar tanasini sovitib turadi.

Qon aylanish sistemasi ikkita qon aylanish doirasidan iborat. Yuragi tort kamerali: ikkita yurak bolmasi va ikkita qorinchadan iborat (85-rasm). Shuning uchun arteriya va vena qoni tamoman ajralgan bolib, yurakdan tanaga kislorodga boy arteriya qoni keladi. Qushlar yuragining ishlashi ularning harakatlanishi bilan bogliq. Masalan, kaptarning yuragi tinch turganida 165 marta, uchganida esa 550 marta qisqaradi. Moddalar almashinuvi jarayoni qushlar organizmida juda tez kechganidan, ularning - tana harorati ortacha 42C ni, ayrim qushlarniki hatto 44,50C ni tashkil etadi.

Sezgi organlari. Qushlarning kozi juda yaxshi rivojlangan. Ayrim qushlarning kozi odamnikidan 100 marta otkirroq boladi. Ular rangni ham yaxshi ajrata oladi. Qushlar yaxshi eshitiladi, lekin hidni yaxshi ajrata olmaydi.



Nerv sistemasi. Qushlarning bosh miyasi ancha yirik va murakkab tuzilgan (86-rasm). Ularning xilma-xil xatti-harakatlari bosh miyaning, ayniqsa, oldingi yarimsharlarning kuchli rivojlanganligi bilan bogliq. Qushlarning miyachasi postlogida burmalar kop boladi. Ularning xilma-xil murakkab harakatlari miyacha bilan bogliq. Lekin ularning kopchilik xatti-harakatlari (urchish, uya qurish, tuxum bosish, bola boqish) tugma instinkt hisoblanadi.




Qushlarning hayoti davomida ham turli xil sharlli reflekslar hosil bolib turadi. Masalan, tuxumdan chiqqan jojalar dastlab kozga koringan hamma narsani choqib koradi. Keyinchalik ular yeb boladigan va yeb bolmaydigan narsalarni farq qilishni organadi; oz egasini taniydigan, uning ovoziga etibor beradigan bolib qoladi. Qushlarning havoda chamalab yol topish xususiyati ham yaxshi rivojlangan. Bu xususiyat qushlarning uchib ketishi va uchib kelishida katta ahamiyatga ega.

Qushlar turli tovushlar yordamida ozaro aloqa qiladi. Ular sayrash bilan birga notinchlik, qorqinch, chaqiriq kabi holatlami bildiruvchi tovushlar chiqarib, oz tori individlari bilan ozaro raunosabatda boladi. Qarga, mayna, qorayaloq va ayniqsa totilar ayrim sozlar va hatto iboralarai eslab qolib, lakrorlashi mumkin.



Qushlar tumshugi va hazm qilish organlarining tuzilishi oziqlanish taraga bogliq. Qushlar oshqozoni oldingi - bezli va keyingi - muskulli bolmalardan iborat. Ichagi kloakaga ochiladi. Nafas olishda opka bilan birga havo pufaklari nam ishtirok etadi. Uchayotgan qush bir maria olingan havodan ikki marta nafas oladi. Qushlarning yuragi tort kamerali, arteriya va vena qoni ajralgan; yurakdan organlarga arteriya qoni oqadi. Moddalar almashinuvi juda tez kechganidan tana harorati doimiy boladi. Bosh miya yarim sharlari yirik. Qushlarning reflekslari xilma-xil bolib, shartli reflekslar oson hosil boladi. Ulr har xil tovushlar yordamida ozaro aloqa qiladi.

J^[`SC3  