8 44-.Qushlarning kopayishi, rivojlanishi va kelib chiqishi


Kopayish davri. Qishki sovuq kunlar otib, havo isiy boshlashi bilan qushlar kopayishga tayyorgarlik kora boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari vesa bahorning ortalarida kopayishga kirishadi. Qushlarning kopayish davri tuxumdan chiqadigan jojalar uchun oziqning mo1-kol bolishiga bogliq.

Juft hosil qilishi. Kopchilik qushlarning erkagi va urgochisi kopayish davrida juft hosil qiladi. Maydaroq qushlar, masalan kopchtlik chumchuqsimonlar va musichalarning jufti faqat bir mavsum, yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar, qarqaralar) jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Bir qancha qushlar bitta erkak va bir necha urgochilardan iborat gala hosil qiladi. Ayrim tovuqsimonlar (qurlar, karqurlar) vaqtinchalik juft hosil qiladi. Qushlar jufti saralanib tanlanadi. Erkak qushlar juftlanish oldidan sayraydi yoki raqsga tushayotgandek harakatlar qilib, urgochisini taklif etadi. Karqurlar va qurlarning xorozlari ochiq maydonda ozaro bahs qilish uchun toplanishadi. Ular qanotlari va duinini yoyib, ozini korsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular ortasida qisqa muddatli jang ham bolib otadi.

Uya qurishi. Kopchilik qushlar tuxum qoyish uchun uya quradi (87-rasm). Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, gongqargalar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi. Qizilishton va chittak kabi ormon qushlari daraxtlarning kovagida, ordak va turnalar yerda uya quradi. Qishloq qaldirgochlari uylarning bogoti ostidagi yogoch tosinlar ustiga yoki devorga yumaloqlangan loyni solagi bilan yopishtirib uya quradi. Ayrirn qushlar, masalan, kakku, kayra uya qurmaydi. Kakku tuxumini boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketadi. Kayra yalongoch qoyaga tuxum qoyib, uni bosib yotadi.





Tuxumning tuzilishi. Qushlarning tuxumi yirik boladi (88-rasm). Tuxum markazida suyuq sariqlik bor, sariqlikni suyuq oqsil orab turadi. Sariqlik ikki tomondagi kanopcha yordamida tuxum pochogiga osilib turadi. Murtak sariqlik sirtida joylashgan. Qush tuxum bosib yotganida tuxumlari bir meyorda isishi uchun ularni oyogi bilan dam-badam aylantirib turadi. Tuxum aylanganida sariqlik ham aylanganidan, murtak doimo sariqlik ustida, yani qush tanasi yaqinida turadi.





Joja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar. Qirgovul, bedana, ordak, goz va tovuqlarning tuxumdan chiqqan jojalarining tanasi par bilan qoplangan va kozi ochiq boladi; jojalar kop otmay onasi orqasidan yugurib ketadi. Ular joja ochadigan qushlar deyiladi. Kaptar, qaldirgoch, chumchuq, qarga, musicha, laylak hamda barcha yirtqich qushlarning tuxumdan chiqqan jojalarining kozi yumuq, quloq teshigi yopiq; yalongoch tanasi siyrak mayin parlar bilan qoplangan boladi. Ularni ota-ona qushlar boqadi. Bunday qushlar jish bola ochadigan qushlar deyiladi.

Nasliga gamxorlik qilish. Qushlarning nasliga gamxorlik qilishi tuxum bosish, jojalami boqish, isitish va ulami himoya qilishdan iborat. Ona qushlar biron xavf tugilganida dushmaniga tashlanib, jojalarini himoya qiladi. Birgalikda uya quradigan qushlar, masalan, chugurchuqlar dushmanini sezganida ovozining boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi. Joja ochadigan qushlarning urgochisi xavf tugilganida tovush bilan jojalarini ogohlantiradi; jojalari darhol bekinib oladi. Ona qush esa dushmanga tashlanadi. Yorga tuyaloqning urgochisi yirtqich hayvonning etiborini oziga tortish va jojalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura boshlaydi. Qushlar oziq boiadigan narsa topganida ham ovoz chiqarib, jojalarini chaqirib oladi. Qushlarning kelib chiqishi. Qushlar qadimgi sudralib yuruvchilardan kelib chiqqan. Ularning eng qadimgi ajdodi - arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan (89-rasmlar). Jaglari, tishlari va 20 ta umurtqadan iborat uzun dumining bolishi bilan arxeopteiiks sudralib yuruvchilarga; tanasining pat bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi bilan esa qushlarga oxshaydi. Arxeopteriks oyoqlaridagi barmoqlaridan bin orqada, qolgan uchtasi oldinga qaragan bolishi uning daraxtda yashaganligini korsatadi.





Qushlarning (uzilishida ham sudralib yuruvchilarga oxshash bir qancha belgilar mavjud. Xususan, qushlar iligi va barmoqlarida tangachalar saqlanib qolgan, terisi quruq, ter bezlari rivojlanmagan; sudralib yuruvchilar singari yirik tuxum qoyib kopayadi. 

Qushlarning kopayishi juft hosil qilish, uya qurish, tuxum bosish, bola ochish va bola boqish davrlarini oz ichiga oladi. Qushlar yirik va qalin pochoqli tuxum qoyadi. Tuxumni kopincha urgochisi. bazan urgochisi va erkagi navbatlashib bosadi. Tuxumdan chiqqan jojalarining tuzilishiga binoan qushlar joja ochadigan va jish bola ochadigan qushlarga bolinadi. Jish bola ochadigan qushlar murakkab uya quradi, bolalarini boqadi. Ularning bolalari patsiz, kozi yumuq bolib tugiladi. Qushlar qadimgi sudralib yuruvchilarning havo muhitiga moslashishi tufayli kelib chiqqan. Eng qadimgi qush - arxeopieriksning qazilma qoldiqlari topilgan.

gVp`SC3 | 