
 45-.Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslanishi


Hayot tarzining yil fasllariga qarab ozgarishiga binoan qushlarni otroq, kochib yuruvchi va uchib ketuvchi guruhlarga bolish mumkin.

Otroq qushlar. Yil davomida bir joyda yashaydigan chittak, musicha, kok kaptar, kaklik, sofitorgay, qirgovul, chumchuq, mayna otroq qushlar deyiladi. Ayrim qushlar yozda bir oz oziq gamlaydi. Chittaklar yoz oxirida urag va hasharotlami daraxt postlogi yoriqlariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga yashirib qoyadi. Oziq taqchil boladigan qish yoki erta bahorda ana shu oziqni topib yeydi.

Kochib yuruvchi qushlar. Yil fasllariga qarab joyini ozgartirib luradigan qushlar kochib yurivchi qushlar deyiladi. Gongqarga, olaqarga, zogcha va qorayaloqlar sovuq tusha boshlashi bilan gala bolib qor kam, oziq molroq bolgan joylarga uchib ketadi.

Uchib ketuvchi qushlar. Bunday qushlar kuzda birmuncha sovuq yoki motadil iqlimli joylardan issiq mainlakatlarga uchib ketadi va osha joylarda qishlaydi (90-rasm). Uchishdan oldin ular gala hosil qiladi.


Qushlar har xil paylda uchib ketadi. Qaldirgoch, bulbul, zargaldoq va laylaklar ancha barvaqt, yani yoz oxirlarida yoki erta kuzda, hali uya qurgan joyda havo iliq va oziq mol bolishiga qaramasdan uchib ketadi. Ordak, goz va oqqush kech kuzda, yashash joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolmay qolganidan song uchib keta boshlaydi. Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yoldan uchib boradi; osha yoldan oz vataniga qaytadi.

Qushlarning uchib ketish sabablari. Qushlarning uchib ketishi ularning yashash joyidagi iqlimning mavsumiy ozgarishiga moslashishdan iborat. Shimoliy va orta mintaqalarda yashaydigan qushlar yilning eng qulay issiq davrida uya qurib, joja ochadi va uni boqib, voyaga yetkazadi. Ular yilning noqulay, oziq kam boladigan qish mavsumi boshlanishidan oldinroq qishlov joylariga uchib ketadi. Qushlarning bahorda oz vatanlariga uchib kelishi kopayish instinkti bilan bogliq. Kuzda kunlarning qisqarishi qushlarning qishlov joyiga uchib ketishi uchun signal boladi. Qushlarning uchib ketishi va uchib kelishi tugma instinkt hisoblanadi.

Qushlarning uchib ketish yolini aniqlash. Qishlov joyiga uchib ketayotgan qushlarning yol topishida quyoshga qarab moljal olish qisman ahamiyatga ega. Chunki kopchilik qushlar kunduzi oziqlanib, kechasi uchadi. Tajribalarda ularning yulduzlarga qarab yol topishi aniqlangan. Ayrim qushlar Yer magnit maydonining ozgarishini qabul qilishi ham mumkin.

Qushlarni halqalash. Qishlov joyi, uchib ketish yoli, tarqalishi va umr korishini aniqlash maqsadida qushlar halqalanadi. Buning uchun qushning oyogiga halqalash markazining manzili yozilgan yengil halqa kiydiriladi va yana uchirib yuboriladi. Halqalangan qushni tutib olgan kishi halqani yechib olib, uni xat orqali korsatilgan manziiga yuborishi kerak. Halqalash tufayli Orta Osiyo laylaklarining Shimoliy Hindistonda, Yevropa laylaklarining Janubi-Sharqiy tropik Afrikada; bulbullarning tropik Afrikada, qaldirgochlarning Afrika va Hindistonda qishlashi aniqlangan.

Hayot tarzining yil fasllariga qarab ozgarishiga binoan qushlar otroq, kochib yuruvchi va uchib ketuvchi guruhlarga ajratiladi. Kun uzunligining qisqarishi qushlarning kuzda qishlov joylariga uchib ketishi; kopayish instinkti esa ularning bahorda oz vataniga uchib kelishi uchun signal boladi. Qushlarning uchib ketishi iqlimning mavsumiy ozgarishi tasiriga uzoq davr davomida moslanishidan iborat. Qushlarning uchib otish yollari va qishlov joylari ularni halqalash orqali organiladi.

rwaaSC3  