 46-.Qushlarning xilma-xilligi: voha va chol qushlari


Voha qushlari. Shahar va qishloqlarimizdagi bog va xiyobonlar. dalalar va otloqlarda xilma-xil qushlar orasida chumchuqsimonlar kopchilikni tashkil etadi.

Chumchuqsimonlar turkumi. Bu turkumga qaldirgoch, gongqarga, chugurchuq, bulbul, chumchuq va boshqa qushlar kiradi. Ularning erkagi yirik va rangli bolishi, ovozi va boshidagi tojga oxshash patlari bilan urgochilaridan ajralib turadi. Chumchuqsimonlar barcha qushlar turining deyarli yarmini z ichiga oladi (91-rasm).



Qaldirgoch tanasining orqasi kokimlir-qora, qorin tomoni oq. peshona va boyini qizgish-qongir; qanotlari ingichka va uzun; uzun dumi ikkiga ajralgan boladi, Uning oyoqlari kalta va kuchsiz rivojlangan: yassi va qisqa tumshugi juda keng ochiladi. Qaldirgoch tumshugi yordamida havoda uchayoigan hasharotlarni tutadi.

Qaldirgoch ayvon peshtoqi yoki shift ostidagi tosinlarga, bazan devorga ham solagi bilan aralashtirilgan loydan uya quradi. Uyaga 4 - 6 ta tuxum qoyib, urgochisi bosadi. Bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi. Qaldirgochlar deyarli butun kunni havoda otkazadi. Oljasini ham havoda tutadi. Uchib ketayotgan qaldirgoch suv yuzasiga tegib otib, chomiladi va suv ichadi.

Chumchuqsimonlardan eng yirik turlari gongqarga, zogcha va olaqarga hisoblanadi. Gongqarga qishlash uchun shimoliy hududlardan olkamizga uchib keladi; mart oylarida esa uchib ketadi. Qish kezlari gongqargalar zogchalar bilan birga katta gala hosil qiladi. Bunday gala baland daraxtlarning shoxida lunaydi.

Chumchuqsimonlarning kopchilik turlari - hamma narsalarni yeydigan parrandalar, masalan, chugurchiqlar kopincha dalalardagi hasharotlarni terib yeydi, ammo pishiqchilik davrida rezavor mevalami choqiydi. Kopchilik donxor qushlar bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi. Chumchuqsimon qushlardan ayniqsa hasharotxorlar qisliloq xojaligiga katta foyda keltiradi. Ular juda kop miqdorda zararkunanda basharotlarni qiradi. Qaldirgochning bitta oilasi yoz mavsumida 1 mlnga yaqin hasharotlarni qiradi. Ayrim chumchuqsimonlar (masalan, chumchuqlar, chugurchuqlar) pishiqchilik davrida meva va donlarni yeb, birmuncha ziyon keltiradi.

Kaptarsimonlar turkumi. Shahar va qishloqlarimiz kochalari va xiyobonlarida kok kaptar va musicha kop uchraydi. Kok kaptar tokilgan donlar, yovvoyi otlarning urugini terib yeydi; jarliklar, qoyalar, tashlandiq imorat va baland binolarning chordoqlariga uya quradi. Kok kaptar xonaki kaptar zotlarining nasl boshi hisoblanadi.

Musichalar kopincha oziq axtarib odamlar yashaydigan uylarga ham kirib qoladi. Ular har xil don, sabzavot va mevalarning uruglari bilan oziqlanadi; juft bolib yashaydi; yil davomida 5 marta bola ochadi.

Chol qushlari. Ochiq dasht va chollarda pan a joy topish qiyin. Bu joylarda yashaydigan qushlar yerdan oziq qidiradi; yerga tuxum qoyib, bola ochadi. Chol qushlarining oyoqlari va boyni uzun va baquvvat, patlari yer rangida boladi. Bu hol ularga dushmanlaridan oson qochib qutilishiga va ularni uzoqdan payqashga yordam beradi.




Tuvaloqlar turkumi. Tuvaloqlar - yirik, tez yuguradigan qushlar, Ozbekistonda uchraydigan yorga tuvaloqning patlari yer rangida bolganidan uzoqdan kozga tashlanmaydi. U yovvoyi osimliklar bargi, novdasi, uruglari, yer osti tuganaklari, har xil hasharotlar, kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi; juft bolib yashaydi. Urgochisi tuproq ustidagi chuqurchaga bir nechta tuxum qoyib bosib yotadi. Yorga tuvaloq (92-rasm) noyob qush sifatida Ozbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

Tuyaqushsimonlar turkumi. Tuyaqushlar  eng yirik qushlar bolib, qanotlan uchishga moslashmagan; patlari yelpigich hosil qilmaydi; toj suyagi ham bolmaydi. Shuning uchun ular uchmaydi, ammo kuchli va uzun oyoqlari yordamida tez yuguradi. Oyoqlari ikki barmoqli. Tovoni qalin teri bilan qoplanganidan issiq qumda ham oyoqlari qizib ketmaydi. Tuyaqushlar yovvoyi osimliklar urugi, yirik hasharotlar bilan oziqlanadi. Afrika tuyaqushining boyi 3 mga, vazni 100 kgga boradi. U soatiga 60-70 km tezlikda yugura oladi. Tuyaqushlar Afrika dashtlarida kichik gala bolib yashaydi. Erkak tuyaqush tumshugi bilan yemi kovlab uya yasaydi. Urgochisi uyaga 4-9 ta luxum qoyadi. Tuxumlarining vazni 1.5 kg ga yetadi. Tuxumlarni kunduzi urgochisi, kechasi erkagi bosib yotadi. Urgochisining patlari qongir-kulrang tusda bolganidan chol manzarasida uzoqdan kozga tashlanmaydi. Erkak tuyaqushning patlari qora bolib, dumi va qanotlarining uchida oq patlar bor. Tuyaqushlardan Afrikada Afrika tuyaqushi, Janubiy Amerikada nandu, Avstraliyada emu tarqalgan. Tuyaqushlar goshti va tuxumi uchun maxsus fermalarda kopaytiriladi.



Vohalarda chumchuqsimonlar qushlarning asosiy kopchiligini tashkil etadi. Kopchilik chumchuqsimonlarning erkagi rangdor boladi va yaxshi suyraydi. Qaldirgochlar keng ochiladigan tumshugi yordamida havodagi hasharotlarni tutadi. Ular havo muhitiga yaxshi moslashgan, deyarli yerga qonmaydi. Chol qushlari kulrang tusda, oyoqlari va boyni uzun hamda baquvvat boladi, oziqni tuproq yuzasidan topishga moslashgan. Ular dushmanlarini uzoqdan payqaydi. Chollarda tuvaloqlar va tuyaqushlar koproq uchraydi. Chol qushlari tuxumlarini tuproqdagi chuqurlarga qoyadi.

x\j`SC3   