" 51- . Muskul, pay va bogimlar orqali sezish (harakat analizatori)

201ETayanch-harakatlanish sistemasi mavzusida aytilganidek, odamning barcha harakatlari tananing kondalang yolli muskullari, paylar va bogimlar orqali amalga oshadi. Har bir muskulning qisqarishi va tananing malum bogimidan harakat otishi uchun bu toqimalarda mazkur qol yoki oyoqning fazodagi holati haqida sezish impulslari hosil boladi. Ular miyaning harakat markaziga otkaziladi. Harakat markazi bosh miya yarimsharlari postlogining oldingi markaziy pushtasida joylashgan.
Muskul, pay va bogimlarda retseptorlar bolib, ular proprio-retseptorlar deb ataladi. Muskul qisqarganda uning paylaridagi retseptorlar, muskul boshashganda esa uning tolasi orasidagi retseptorlar qozgaladi. Bu retseptorlarda paydo bolgan qozgalish sezuvchi nerv tolalari orqali bosh miyadagi harakat markaziga boradi. Qozgalish harakat markazida analiz va sintez qilingach, tananing u yoki bu qismida harakat bajariladi.
Muskul va paylardagi sezuvchanlikni I. M. Sechenov chuqur organgan. Odam yurganida u har bir qadamda oyogini qanday qoyish kerakligini kozi bilan qarab otirmaydi, chunki oyoq muskuli va paylardagi sezuvchanlik xususiyati orqali qadamlar oz-ozidan ishonch bilan tashlanaveradi. Qizigi shundaki, muskul va paylarning sezuvchanlik xususiyatini kishi bilmaydi va bu xususiyat, asosan, korish, eshitish organlarining funksiyasi deb oylaydi. Shuning uchun ham Sechenov muskul va paylardagi sezuvchanlikni qorongi yoki yashirin sezgi deb atagan. Bu sezuvchanlik uzoq vaqt mashq qilishi natijasida takomillashadi. Masalan, malakali basketbolchilar kozi boglangan holda ham topni savatga tushira oladi. Bu ularda nafaqat nozik harakatlarning, balki muskul, paylardagi sezuvchanlikning nihoyatda takomillashganligidan dalolat beradi. Proprioretseptiv analizatorni chiniqtirish natijasida yuqori malakali sportchilar, sirk artistlari kozini boglagan holda ham changi uchish, velosiped yoki mototsiklda yurish kabi xilma-xil murakkab harakatlarni bajaradi.
Muskul va bogirnlardagi sezuvchanlik bolaning osishi, rivojlanishi jarayonida takomillashadi. Masalan, malakali basketbolchilar kozi boglangan holda ham topni savatga tushira oladi.

Teri orqali sezish (teri analizatori). Terida uch xil: ogriqni, haroratni, siypalash va bosimni sezuvchi (taktil) retseptorlar bor (78- rasm). Ogriqni sezuvchi retseptorlarning soni taxminan 1 millionga yaqin. Ular himoya vazifasini otaydi, yani ogriq sezish tufayli odam ozini noqulay tasirdan chetga oladi, hi-moyalanadi. Mashhur fransuz faylasufi Volter 200 yil muqaddam 201Ehamma xavf-xatarda ogriq odamning eng ichonchli qoriqchisidir, u doim ehtiyot boling, hayo-tingizni avaylang va asrang, deb uqtiradi deb yozgan edi.
Teridagi ogriqni sezuvchi retseptorlarning qozgalishi sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miyadagi quyi nerv markazlariga, ulardan oraliq miyadagi postloqosti markaziga va nihoyat yarimsharlar postlogining orqa markaziy pushtasida joylashgan sezish markazlariga boradi. Markazdagi nerv hujayralarida tasir analiz va sintez qilinib, ogriqning tabiati aniqlanadi.
Teridagi haroratni sezuvchi retseptorlarning soni 300 ming atrofida bolib, ulardan 30 mingtasi sovuqni, qolganlari issiqni sezadi. Teri retseptorlarining muhim xossalaridan biri tashqi muhit tasirlariga moslashishdir. Masalan, qol issiqroq suvga botirilganda oldi-niga issiqlik kuchli sezilib, songra u bilinmay qoladi. Bunga harorat sezuvchi retseptoming moslashuvi yoki adaptatsiya deb ataladi. Retseptorlarning bu xossasi odam turli haroratda chiniqishiga imkon beradi. Qichishish. Ayrim hollarda teri qichiydi. Mutaxassislarning fikricha, qichishishni va ogriqni sezuvchi retseptorlar bir xil boladi. Chunki ogriqni kamaytiruvchi kimyoviy dorilar ogriqni ham, qichishishni ham kamaytiradi yoki yoqotadi.



mT`aSC% 2+ 