d 48-.Yirtqich qushlar


Yirtqich qushlar asosan umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. Ularning tana tuzilishi va xatti-harakati oljani qidirib topish va ushlab olishga moslashgan. Xususan, uzun va otkir tirnoqlarining uchi ilmoqqa oxshash qayrilgan bolib, oljani ushlash va oidirishga moslashgan; qisqa baquwat va uchi pastga qayrilgan tumshugi esa oljasi ctini yulib olishga imkon beradi (94-rasm). Yirtqich qushlarning kozi otkir bolganidan oljasini uzoqdan payqab oladi. Yirtqichlar juft bolib yashaydi. Yirik qushlarning jufti butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Ular daraxtlarga va baland qoyalarga uya qurib, jish joja ochadi. Yirtqich qushlar kunduzgi yirtqichlar va yapaloqqushlar turkumlariga bolinadi.

Kunduzgi yirtqichlar turkumi. Orta Osiyo hududida kunduzgi yirtqichlardan qora kalxat, miqqiy, tasqara, jorchi, burgut, qarchigay va boshqalar uchraydi.

Qora kaixat vohalar, toqaylar va togiarda, xullas, daraxtlar bolgan hamma joyda uchraydi. Uchib borayotgan kalxatni ayri dumiga qarab oson bilib olish mumkin. Kalxat Markaziy Afrika va Janubiy Osiyoda qishiaydi, mart oylarida uchib kelib, daraxtlarning shoxiga in quradi. Kalxat juda foydali qush bolib, pincha baqalar, kemiruvchilar, har xii hasharotlar, shuningdck, qushxonalarning tashlandiqlari va laksalar bilan oziqlanadi; mayda qushlarni ham tutib yeydi. U havoda baland uchib, olja axtaradi.

Tasqara - olkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi. Tanasining uzunligi 1,5 m ga, qanotlarini yozganda kengligi 3 m gacha yetadi; uning ogirligi 6-12 kg, boshi va boynidagi patlari juda siyrak boladi. Tasqarani uchganida keng va uzun qanollaridagi oqish pallarini panjasimon yozilishiga qarab bilish mumkin. U havoda uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi, lekin yerda besonaqay qadam tashlaydi. Tasqara hayvonlarning olaksasi bilan oziqlanadi. Sayhonlik ustida soatlab uchib, olaksa izlaydi. Tasqaraning timoqlari kuchsiz bolganidan tirik hayvonlarga hujum qilolmaydi. Lekin juda kuchli, uchi qayrilgan tumshugi bilan hayvonlar terisini yirta oladi.

Kopchilik kunduzgi yirtqichlar zararkunanda kemiruvchiiar va hasharotlarni qirib, qishloq xojaligiga foyda keltiradi. Boshqalari esa kopincha kasal va qari hayvonlarni yoq qilib, boshqa hayvonlarning kasallanishi oldini oladi; hayvonlar naslini soglomlashtirishga yordam beradi.

Yapaloqqushlar turkumi. Yapaloqqushlar - tunda hayot kechirishga moslashgan yirtqichlar. Ularga faqat qorongi tashgandan song ov qiladigan yapaloqqushlar ukki, boyogli, boyqushlar kiradi. Yapaloqqushlar tumshugining uchi qayrilgan, timogi otkir bolib, tirik oljani tutishga imkon beradi. Ularning kozlari katta, koz qorachigi keng ochiladi. Shuning uchiui gira-shira yoruglikda ham mayda hayvonlarni kora oladi. Sezgir quloqlari esa tunda shitirlagan ovozni ham ilgab oladi. Patlari govak va yumshoq bolganidan uchganida ovoz chiqmaydi. Tungi yirtqichlarning yuzi yapaloq yuraksimon bolganidan yapaloqqushlar turkumiga kiritilgan.



Ukki  yapaloqqushlar orasida eng yirigi. Boshining ustida quloqqa oxshash ikki top pati dikkayib turadi. Ukki koproq turli kemiruvchilar bilan oziqlanadi; bazan orgimchaklar va ayrim qushlarni ham tutib yeydi.

Boyogli - ukkiga nisbatan ancha kichik. Kechqurunlari simyogoch yoki daraxtlarning qurigan shoxida otirib olib, olja poylaydi. Bu qush osimliklarga ziyon keltiradigan qongiz, chigirtka va kemiruvchilarni qirib, juda katta foyda keltiradi.

Qushlarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. Qushlar zararkuranda. kasallik tarqatuvchi hasharotlar va kemiruvchilarni qirib, tabiatda ular sonini cheklab turadi. Qushlarning ozi ham kopchilik hayvonlar uchun oziq boladi. Ular meva va uruglar bilan oziqlanib, osimliklarning tarqalishiga yordam beradi. Nektar bilan oziqlanadigan qushlar esa gullarni changlatadi, Yovvoyi qushlardan kaklik, qur, qirgovul, ordak, goz, bedana, kaptar va boshqa qushlar goshti uchun sanoat miqyosida yoki sport usulida ovlanadi. Dengiz ordagi - gaaganing uyasiga toshaydigan pari yengil sanoatda foydalanish uchun yigtb olinadi. Qushlar axlati esa azot va fosforli moddalarga boy ogit hisoblanadi. Sayroqi qushlarning ovozi esa kishining kayfiyatini kotaradi.

Qushlarni muhofaza qilish ularni bezovta qilmaslik va uyasini buzmaslikdan iborat. Qushlarni dalalarga jalb etish uchun dalalar chetida daraxtlar ekiladi; ular uchun uyalar quriladi. Yirlqich qushlar uchun dam oladigan baland ustunlar ornatiladi. Qor kop yoggan qish kunlari chuinchuq, chittak, torgay kabi mayda qushlar uchun butalar va daraxt shoxlari orasiga donxoraklar ornatilib, don-dunlar sepib qoyiladi.

Qushlar - tanasi pat bilan qoplangan, issiqqonli hayvonlar. Ularning nizilishi va hatti-harakati uchishga moslashgan. Tanasi suyri shaklida; oldingi oyoqlari qanotga. Jaglari muguz tumshuqqa aylangar; barcha skelet suyaklari yengil va pishiq. Qushlarning yuragi tort kamerali, arteriya va vena qoni ajralgan. Yer yuzida 9000 ga yaqin turi malum.Yirtqich qushlarning tuzilishi ancha yirik oljani qidirib topish va tutib olishga moslashgan: kozlari otkir, tirnoqlari va tumshugining uchi qayrilgan. Yirtqich qushlar kunduzgi yirtqichlar va yapaloqqushlarga ajratiladi.

Lzs`SC3 bF 