w 50-.Itning tashqi tuzilishi, skeleti va muskullari


Tashqi tuzilishi. Sutemizuvchilarning oyoqlari odatda ancha baquvvat va uzun bolib, tanasi ostida joylashgan. Shuning uchun ularning tanasi yerdan dast kotarilib turadi. It yurganida barmoqlariga tayanadi. Boshi harakatchan boyin orqali tanasiga birikkan. Sutemizuvchilarda uchinchi qovoq rivojlanmagan; sutemizuvchilarning tashqi qulogi va quloq suprasi rivojlangan. Itlarning quloq suprasi harakatchan boladi.

Jun qoplami. Sutemizuvchlarning terisi jun bilan qoplangan boladi. Jun qoplami ikki qavatdan iborat. Sirtqi qavati uzun va qayishqoq, lekin dagal qiltiqlardan, ostki qavati esa mayin va kalta tuklardan tashkil topgan. Mayin tuklar orasida havo kop boladi, ular hayvon tanasidagi haroratni yaxshi saqlaydi. Dagal qiltiqlar tuklar bilan birga terini himoya qilib turadi. Sutemizuvchilar tanasida tuygu vazifasini bajaradigan yirik va uzun qillar ham bor.

Kopchilik sutemizuvchilarning terisida ter bezlari bor. Bezlar issiq havoda tana haroratini doimiy saqlash va qoshimcha ajratish organi vazifasini bajaradi. Issiq havoda bezlar orqali ajralib chiqadigan ter hayvon tanasini sovitishi biian birga organizmdan ortiqcha tuzlarni chiqarib yuboradi. Itlarning terisida ter bezlari bolmaganidan ularning tanasi nafas olishi tufayli soviydi. Shuning uchun ulr issiq havoda ogzini ochib, tez-tez nafas oladi.

Suteinizuvchilarning barmoqlari uchida muguz tirnoqlari yoki tuyoqlari boladi. Bazi hayvonlar (qoramollar, karkidonlar, antilopalar)ning boshidagi shoxlari ham muguzdan iborat.

Skeleti. Sutemizuvchilar skeleti bosh, umurtqa pogonasi, kokrak qafasi, oldingi va orqa oyoqlar hamda ular kamarlari skeletlaridan iborat (96-rasm).





Sutemizuvchi larning bosh miyasi ancha kuchli rivojlanganligi tufayli miya qutisi ham boshqa umurtqali hayvonlamikiga nisbatan yirik boladi. Umurtqa pogonasi boyin, kokrak, bel. dumgaza va dum bolimlariga ajratiladi, Boyin 7 ta umurtqadan iborat. Kokrak umurtqalari 12 - 15 ta bolib, qovurgalar va tosh suyagi bilan birgalikda kokrak qafasini hosil qiladi. Bel 2 - 9 (itlarda 6) ta umurtqadan iborat. Bel umurtqalari ozaro harakatchan qoshilganligi tufayli hayvonlarning tanasi beldan bukilishi mumkin. Dumgaza bolimidagi 3 - 4 ta umurtqa chanoq suyagi bilan qoshilib ketgan. Dum umurtqalarining soni (uchtadan bir necha ontagacha) dumning uzunligiga bogliq.

Sutemizuvchilar oyoqlarining skeleti sudralib yuruvchilamikiga oxshash suyaklardan iborat. Oldingi oyoq kamari skeleti ikkita kurak va unga qoshilib osgan kokrak tirgak suyagi hamda ikkita omrov suyagidan iborat, uning omrov suyagi rivojlanmagan. Orqa oyoq kamari. Yani chanoq 3 juft suyakdan iborat.

Tishlari. Sutemizuvchilarning tishlari har xil tuzilgan, uning jaglari oldingi qismida ponasimon kurak tishlar, ulardan orqaroqda konussimon yirik qoziq tishlar, ogiz boshligining ikki yon tomonida yassi oziq tishlar joylashgan. Itlar va boshqa yirtqich hayvonlarning kurak tishlari birmuncha mayda, qoziq tishlar va ularning yonida joylashgan yirtqich tishlar kuchli rivojlangan (97-rasm). Tishlaraing har xil tuzilishi ularning vazifasi bilan bogliq. Tishlar jaglarning chuqurchasida joylashgan.


Muskullari. Sutemizuvchilarning muskullari juda kop va xilma- xil boladi. Kopchilik sutemizuvchilarning orqa muskullari, qol va oyoq hamda qol va oyoq kamarining muskullari kuchli rivojlangan. Itning pastki jagini harakatga keltiruvchi muskullar ham kuchli rivojlangan.

Sutemizuvchilarning oyoqlari tanasi ostida tik joylashgan; tanasini yerdan dast kotarib turadi. Tashqi quloq suprasi rivojlangan. Gavdasi jun bilan qoplangan. Kopincha ter bezlari, barmoqlari uchida muguz tirnoqlari bor. Sutemizuvchilar skeleli bosh, umurtqa pogonasi, kokrak qafasi. oyoqlar va ular kamaridan iborat. Boyin umurtqalari soni 7 ta boladi. Kopchilik sutemizuvchilarning tishlari ixtisoslashgan bolib, kurak, qoziq va oziq tishlardan iborat.

]SYaSC3 Kk 