= 55- . Bolaning osishi va rivojlanislii

Odam tugilganidan to 18 yoshga kirguncha bolalik va osmirlik davri hisoblanadi. Buning ozi bir necha davrga: chaqaloqlik davri (tugilganidan  1 oylikkacha); emadigan davri (ikki oylikdan  1 yoshgacha); maktabgacha tarbiya yoshi (2 - 6 yosh); kichik maktab yoshi (7 - 11 yosh); orta maktab yoshi (12 - 14 yosh); katta maktab yoshi (15 - 18 yosh) ga bolinadi. 12 - 18 yosh osmirlik davridir.
Chaqaloqlik davri. Bola bir oylik bolguncha chaqaloq hisoblanadi.
Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bolib, u har xil kasalliklarga tez chalinadi. Shuning uchun uni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimiz urfodatiga kora, chaqaloq 40 kunlik bolguncha chilla davri deb ataladi. Bu davrda ona va bola juda avaylab ehtiyot qilinadi. Buning natijasida ular har xil kasalliklardan muhofaza etiladi. Bolaning kindigi kesilgandan keyin uning orni bitgunicha (8 - 12 kun) jarohatni toza saqlash, unga mikrob tushishidan ehtiyot bolish zarur. Kindik yarasiga brilyant yashili surib turiladi.
Bolaning terisi juda yupqa, nozik bolganligi uchun uni nihoyatda toza saqlash kerak. Yorgaklari toza, dazmollangan bolishi, parvarish qiluvchi kishi qoiini sovunlab yuvib turishi va ogiz-burniga toit qavatli doka niqob tutishi kerak.
Chaqaloqning hazm organlari juda nozik bolganligi sababli uni ovqatlantirish qoidalariga alohida etibor berish kerak. U onasini emib osa boshlaydi. Ona suti bolmasa yoki yetishmasa, suniy sut aralashmalari beriladi. Bolani har 3 soatda (bir kecha-kunduzda 7 marta, kechasi 6 soat tanaffus qilinadi) emizish kerak.
Emadigan davri. Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bolgan davrni oz ichiga oladi.
Bola osa borishi bilan asta-sekin uning sezgi organlari, nerv sistemasi, tayanch-harakatlanish sistemasi rivojlana boradi. Bir oylik bolada korish organining faoliyatini yaqqol kuzatish mumkin, yani u oyinchoq qimirlagan tomonga koz soqqasini harakatlantiradi. Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi, kuladi, qollari bilan oyinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi. Besh oylik bola oziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi, qiyqiradi; 7 oylikda bemalol otiradi, emaklaydi, 8 oylikda buyumlarni ushlab ornidan tura boshlaydi; 11 oylikda oddiy sozlarni ayta boshlaydi va qolidan yetaklasa yuradi; 12 oylikda ozi yura boshlaydi va 10 - 12 ta sozni ayta oladi.
Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi. Sut tishlari 6 - 7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga tolganida 8 ta sut tishi bolishi kerak. Bola boshining ensava tepa suyaklari ortasida kichik liqildoq (bosh joy), peshana va tepa suyaklari ortasida katta liqildoq boladi. Bolaning boshini avaylab ushlash, biron narsaga urilishidan ehtiyot qilish kerak (84-rasm).
D vitamini yetishmasa, bola suyaklarining shakllanishi buziladi, liqildoqning bitishi va sut tishlarining chiqishi kechikadi.
Suyaklar yumshab egiluvchan bolib qoladi.
Chaqaloqning umurtqa pogonasi tekis boladi, yani unda fiziologik egriliklar bolmaydi. U 8 - 10 haftalik bolganda, boshini tikka tuta boshlaydi va umurtqa pogonasining boyin qismida oldinga egilish hosil boladi. Bola 5 oyligida otira boshlaydi va uning umurtqa pogonasi kokrak qismida orqaga egilma hosil boladi. Bir yoshga kirgan bola yura boshlaydi va uning bel umurtqasida oldinga tomon egilma hosil boladi (85-rasm).
 Maktabgacha tarbiya yoshi davri. Bola 2 yoshligida jismoniy va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi, tanasining ogirligi har oyda 200 - 250 g dan ortib boradi, boyi 1 sm dan osadi. Uch yoshli bola tanasining massasi 1 yilda 2 - 2,8 kg, boyi 7-8 sm ga ortadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3-yosh oxirida soz boyligi 1000 - 1200 taga yetadi. 2-3 yoshdagi bolalarning xarakterli xususiyati shundaki, ular juda harakatchan, tinib-tinchimas boladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda shikastlanish, har xil kimyoviy moddalar, kattalar istemol qiladigan dorilar bilan zaharlanish hollari tez-tez uchrab turadi. Shu tufayli bu yoshda ularni bir daqiqa ham qarovsiz qoldirmaslik kerak.
4-5 yoshli bolalarning ogirligi har yili 1,5-2 kg ga ortadi, boyining osishi 4-6 sm ni tashkil etadi; 6-7 yoshda boyining osishi tezlashib, bir yilda 8-10 sm ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi.
Maktab yoshi davri. Malumki, har bir odam umrining on ikki yilini maktab, akademik litsey, kollejda otkazadi. Bu davrda bola va osmir organizmi uzluksiz osadi va rivojlanadi. Shu bilan birga, u tashqi muhitning turli tasirlariga juda beriluvchan boladi. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning yashash, oqish va tarbiyalanish sharoiti ularning normal osishi va rivojlanishiga, sogligiga salmoqli tasir korsatadi. Binobarin, bu sharoitning qulay yoki noqulay tashkil qilinishiga kora, bolalar va osmirlarning osishi va rivojlanishi normal yoki nonormal bolishi mumkin.
Akseleratsiya. Songgi yillarda odam organizmi jismoniy va fiziologik rivojlanishining tezlashuvi kuzatilmoqda. Masalan, boyning ortacha uzunligi songgi 100 yil davomida chaqaloqlarda 5 sm, osmirlarda 10 - 15 sm, orta yoshdagi erkaklarda 6 - 8 sm ga ortgan; bolalarning psixik rivojlanishi va balogat yoshiga yetishi ham tezlashgan. Akseleratsiya deb ataladigan bu jarayon odamlar oilaviy sharoitining yaxshilanishi, yaxshi ovqatlanish, yorug kunning uzayishi bilan bogliq.


sjl`SC% S 