
 53-.Sutemizuvchilarning xilma-xilligi: tuxum qoyuvchilar, xaltalilar, yoldoshlilar


Sutemizuvchiiar tuzilishi, kopayishi va bolasining rivojlanish xususiyatlariga binoan tuxum qoyuvchilar, xaltalilar va yoldoshlilar guruhlariga ajratiladi.

Tuxum qoyuvchilar, yani kloakalilar tirik bola tugmasdan tuxum qoyib kopayadi. Sut bezlarining rivojlanganligi va tanasida jun yoki qillar bolishi bilan ular sutemizuvchilarga oxshaydi. Lekin ularning haqiqiy sutemizuvchilar uchun xos belgilari birmuncha kuchsiz rivojlangan. Chunonchi, bosh miyasi ancha sodda tuzilgan; sut bezlari sorgichlari rivojlanmagan; tana harorati nisbatan pastroq (260 dan 360 gacha) boladi. Shuning bilan birga ularning tuzilishida sudralib yuruvchilarga xos bir qancha xususiyatlar (masalan, kloakasining bolishi, tuxum qoyib kopayishi) mavjud. Tuxum qoyuvchi sutemizuvchilarga ordakburun va yexidna kiradi (103-rasm). Ular Avstraliya qitasi va uning yaqinidagi orollarda tarqalgan.



Ordakburunning ordaknikiga oxshash keng va uzun muguz tumshugi bor. Tanasi jun bilan qoplangan. U daryo qirgoqlaridagi uyasida yashaydi. Oyogining barmoqlari orasidagi suzgich pardasi yordamida yaxshi suzadi. Ordakburun tuxum qoyib, uni bosib yotadi. Lekin tuxumdan chiqqan bolalarini sut bilan boqadi, Sut bezlari sorgichlari bolmaganidan junining sirtiga oqib chiqadi; bolalari ana shu sutni yalab oziqlanadi.

Yexidna - korinishi tipratikanga oxshaydigan hayvon. Tanasi uzun qillar bilan qoplangan. Urgochisi bitta tuxum qoyib, uni qomidagi xaltasida olib yuradi. Uning bolasi ham onasining qorin tomonidan terisi ustiga oqib chiqqan sutni yalaydi.

Xaltalilar tuxum qoyuvchilarga nisbatan birmuncha murakkab tuzilgan. Ular tirik bola tugadi; kloakasi bolmaydi. Sorgichlari rivojlangan, tana harorati nisbalan yuqori (370C gacha), bachadoni rivojlanmagan yoki juda kuchsiz rivojlangan. Shuning uchun tugilgan bolalari juda kichik va zaif boladi. Masalan, boyi 2 m keladigan kenguru bolasining uzunligi bor-yogi 3 sm. Xaltalilarning urgochisi tugilgan bolasini ancha vaqt qornidagi xaltasida olib yuradi (104-rasm).




Xaltalilar Avstraliya qitasi va uning yaqinidagi orollarda, ayrim turlari esa Markaziy va Janubiy Amerikada yashaydi. Ulaniing 270 ga yaqin turi malum. Ulardan kenguru, koala, xaltali sichqon, xaltali bori kopchilikka malum. Kenguru uzun va kuchli orqa oyoqlarida sakrab harakatlanadi, oldingi oyoqlari yordamida otlar, shox-shabbalardan iborat ozigini ogziga soladi.

Voldoshlilar tuxum qoyuvchilar va xaltalilarga nisbatan ancha yuqori tuzilgan. Ularning homilasi urgochisi bachadonida rivojlanadi.

Yoldoshlilar mayda sichqonlardan tortib, juda yirik fillargacha bolgan xilma-xil sutemizuvchilar, shu jumladan deyarli barcha xonaki hayvonlarni oz ichiga oladi.



Sutemizuvchilar tuzilishi, kopayishi va rivojlanishiga binoan tuxum qoyuvchilar, xaltalilar, yoldoshlilarga bolinadi. Tuxum qoyuvchilar sutemizuvchilar bilan sudralib yuruvchilar ortasida oraliq holatni egllaydi. Ular sut bezlari va junining bolishi bilan sutemizuvchilarga: tuxum qoyib kopayishi va kloakasining bolishi bilan sudralib yuruvchilarga oxshaydi. Xaltalilar juda kichik va zaif bola tugadi; tugilgan bolasi onasi xaltasida. Ularning bachadoni kuchsiz rivojlangan yoki bolmaydi. Yoldoshlilar tuxum qoyuvchilar va xaltalilarga nisbatan ancha yuqori rivojlangan. Uruglangan tuxumi bachadonda rivojlanadi; homilasi yoldosh orqali ona organizmi bilan boglangun. 

e\haSC3  