62-. Mikroorganizmlar seleksiyasi


Mikroorganizmlar turli-tuman texnologik jarayonlarda jadal qo'llanilmoqda. Prokariotlar va eukariotlar hayot faoliyatining mahsulotlari xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida yildan-yilga ko'paymoqda. Non pishirishda, pivo, vino, turli tuman sut mahsulotlarini tayyorlashda mikroorganizmlar, zamburug'lar va bakteriyalarning fermentativ faoliyatidan foydalaniladi. Shu munosabat bilan sanoat mikrobiologiyasi keng rivojlanmoqda va inson uchun zarur bo'lgan, moddalarni ko'p miqdorda ishlab chiqaradigan mikroorganizmlarning yangi shtammlari seleksiyasi jadal o'smoqda. Bunday shtammlar antibiotiklar, ferment va vitamin preparatlari va ozuqabop oqsillarni ishlab chiqishda katta ahamiyat kasb etadi.

Masalan. mikroorganizmlardan B2, B13 vitaminlarini olishda foydalaniladi. Yog'och qipiqlari yoki parafinda o'sadigan achitqi zamburug'laridan oziqabop oqsillar olinadi. Zamburug'lar tarkibida 60% gacha oqsil moddasi to'planadi. Oqsilga boy bu preparatni chorvachilikda qo'llash natijasida yiliga qo'shimcha ravishda 1 million tonnagacha go'sht yetislitirish mumkin. Mikroorganizmlar yordamida zaruriy aminokislotalarni ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga ega. Ozuqa tarkibida bunday moddalarning yetishmasligi organizmlarning o'sishini keskin sekinlashtiradi. Hayvonlarning an'anaviy ozuqasi tarkibida zaruriy aminokislotalar kam bo'ladi. Mikrobiologik yo'l bilan olingan lizin aminokislotasidan 1 tonnasi qo'shilsa, o'nlab tonna hayvonlar ozuqasini tejab qolish mumkin. Inson uchun zarur bo'lgan mahsulotlarni tirik hujayralardan yoki ular yordamida olish texnologiyasi biotexnologjya deb ataladi.

Biotexnologiya favqulodda tez rivojlanayotgan fanlar qatoriga kiradi. Keyingi 30 yil ichida bir qator turli xil bakteriyalar, zamburug'lardan foydalanishga asoslangan butunlay yangi ishlab chiqarish korxonalari paydo bo'ldi. Mikroorganizmlar metallurgiya sohasida ham faoliyat ko'rsatadi. Rudalardan metallarni ajratib olishda qo'llaniladigan odatdagi texnologiyalar tarkibi jihatdan murakkab bo'lgan yoki siyqa rudalardan keng foydalanishga imkon bermaydi; ularni qayta ishlash natijasida juda ko'p chiqindilar hosil boradi, atmosferaga zaharli gazlar ajralib chiqadi. Metallar biotexnologiyasi bakteriyalarning minerallarni oksidlash va metallarni eruvchan birikmalarga aylantirish xususiyatiga asoslangan.

Olimlar bakteriya hujayrasiga ma'lum genlarni, shu jumladan odam genini ham kiritish usullarini ishlab chiqdilar. Bu usullar gen muhandisligi deb ataladi. Bakteriya hujayrasi o'ziga yot (begona) bo'lgan gcn asosida ko'p miqdorda oqsillarni sintez qiladi. Hozirgi kunda shu yo'1 bilan viruslar ko'payishini to'xtatuvchi interferon oqsilini, qonda glyukozaning miqdorini nazorat qiluvchi insulin oqsilini olishmoqda.

Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli bir qator sanoat tarmoqlarini: oziq-ovqat, konserva, sut mahsulotlarini qayta ishlash, antibiotik va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda.

Olimlarimiz A.M.Muzaffarov, M.I.Mavloniy, S.Asqarova, A.Xolmurodov va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar. A.Muzaffarov va uning shogirdlari xlorella suv o'tidan chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda va bir qator suv o'tlaridan ifloslangan suv havzalarini tozalashda keng miqyosda foydalanishni yo'lga qo'ydilar.

M.Mavloniy bir qator achitqi zamburug'larini o'rganib, ularni novvoychilik, chorvachilik va boshqa sohalar uchun achitqilar tayorlash texnologiyalarini yaratdi. 
