
 55-.Yirtqich sutemizuvchilar turkumi


Borisimonlar oilasi. Bu oilaga bori, chiyabori, tulki, korsak va yenotsimon it kiradi (107-rasm). Ular hidni juda yaxshi sezadi; oljasini taqib qilib tutib oladi. Borilar yil boyi juft bolib yashaydi. Ular kunduzi biror pana joyga bekinib olib, kechasi ov qiladi. Borilar kuchli va chaqqon bolishi tufayli ozidan ham yirik hayvonlarni ovlashi mumkin. Borilar uy hayvonlariga ham hujum qiladi. Hayvonlarni yeyishdan kora gajib tashlab, nobud qiladi. Shuning uchun ular sonining oshib ketishiga yol qoymaslik zarur. Urgochi borilar 3-4 tadan 13 tagacha kozi yumuq jish bola tugadi. Bori bolalari 35 - 40 kun davomida onasini emadi, songra erkak va urgochilari keltirgan gosht parchalari va chalajon hayvonlar bilan oziqlana boshlaydi. Ular 15 yilgacha umr koradi.

Tulki chol va dashtlarda, tog va togoldi hududlarida, hallo qishloqlar va shaharlar atrofida ham yashaydi. Yozda tulkilar inda yashab, 4 - 5 ta kozi yumuq bola tugadi. Kuzda tulki oilasi tarqalib ketadi. Qishda yungi qalin va issiq bolganidan iniga kirmaydi. Tulkilar kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xojaligiga foyda keltiradi. Ular yoz va kuz fasllarida poliz mahsulotlari va mevalami ham yeyaveradi. Bazan uy parrandalariga ham hujum qiladi. Tulki moynasi uchun ovlanadi.




Mushuksimonlar oilasi (108-rasm). Mushuksimonlarning ilmoqqa oxshab egilgan va otkir tirnoqlari maxsus xaltachaga kirib turadi. Oljasini tirnoqlari yordamida tutib. tishlari bilan ushlab turadi. Kopchilik mushuksimonlar hidni yaxshi sezmaydi, lekin juda yaxshi eshitadi. Ular oljasini pana joyda poylab tutib oladi. Mushuksimonlar oilasiga yolbars, gepard, qoplon, silovsin, ilvirs, mushuklar kiradi. Yolbars Janubiy Osiyo va Uzoq Sharqda tarqalgan; tongiz, bugu kabi yirik hayvonlarni ovlaydi. Βzbekistonning daryo ozanlarida toqay mushugi, baland togli hududlarida ilvirs va silovsin uchraydi. Ularning soni juda kamayib ketganligi tufayli Ozbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.





Suvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqichiarning oyoqlari kalta, tanasi ingichka bolib, yoriqlarga kirishga moslashgan. Ozbekistonda suvsarlardan borsiq, suvsar, qunduz, olaqozan, latcha va norka uchraydi. Borsiq (qashqaldoq) tog ormonlari, toqay va dashtlarda yashaydi. Inlarini jarliklar va tepaiiklar yonbagriga quradi; kechasi ovga chiqadi. Turli hasharotlar, kemiruvchilar, shuningdek, tokilgan mevalar va osimliklarning yer osti tuganaklari bilan oziqlanadi.

Ayiqsimonlar oilasi. Ayiqlar - baquvvat va yirik hayvonlar (109-rasm). Ozbekiston toglarida qongir ayiq uchraydi. U osimliklar ildizi va nihollari bilan oziqlanadi, bazan hasharotlar va sugurlarni tutib yeydi, yozda esa mevalar bilan oziqlanadi. Ayiq oziq taqchil bolgan qish faslida uyquga ketadi. Arktika muzliklarida oq ayiq yashaydi. Uning ogirligi 800 kg keladi. Oq ayiq suvda yaxshi suzadi va shongiydi; asosan tulenlar va baliqlar bilan oziqlanadi.





Yirtqich sutemizuvchilar yirik hayvonlar bilan oziqlanishi tufayli qoziq tishlari baquvvat va otkir, kurak tishlari, aksincha, mayda, oziq tishlarining yuzasi esa i  \shash otkirlashgan boladi. Yuqori va pastki oziq tishlarining har qaysisidan bittasi juda kuchli rivojlangan bolib, yirtqich tishlar deyiladi. Yirtqichlarning qoziq tishlari oljani jarohatlash va uning terisini yirtish vazifasini bajaradi. Oziq tishlar yordamida oljasining etini qirqadi; yirtqich tishlari bilan suyaklarini gajiydi.

vSgaSC3 U 