u 58-.Primatlar turkumi. Sutemizuvchilarning ahamiyati


Primatlar, yani maymunlar - sut emizuvchilar orasida eng yuksak tuzilgan hayvonlar (primatlar sozi ham birinchilar manosini anglatadi). Bu turkumga 200 dan ortiq tur kiradi. Kopchibgi qalin tropik ormonlarda yashaydi. Barmoqlari uzun, ikkala oyoqlaridagi bosh barmogi boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qoyilgan. Barmoqlarning bunday joylashishi ularga shoxlarni mahkam ushlab turishga hamda mayda narsalarni tutib turishga imkon beradi. Ularning barmoqlarida boshqa hayvonlardagi singari changal emas, balki yassi tirnoqlar boladi. Oyoqlari yurish bilan birga ozigini ushlash, junlarini tozalash va tarash vazifasini ham bajaradi. Tanasining yuzi va qo1-oyoq kaftlarida jun bolmaydi.

Maymunlarning kozlari boshining oldingi tomonida joylashganligidan ular birdaniga ikki kozi orqali qaraydi. Shuning uchun ular buyumning hajmini, ungacha bolgan masofani va rangini boshqa hayvonlarga nisbatan juda yaxshi aniqlaydi. Kozning bu xususiyati shoxdan shoxga sakrab hayot kechiradigan maymunlar uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Maymunlarning barmoqlari, yungsiz kafti va tovoni asosiy tuygu azosi hisoblanadi.

Bosh miyasi boshqa sut emizuvchilarnikiga nisbatan ancha yirik. Bosh miya katta yarimsharlarida burmalarning kop bolishi tufayli fe1-atvori ham murakkab va xilma-xil boladi. Ular gala bolib yashaydi. Kuchli erkagi galada boshchilik qiladi.

Tropik Amerikada yashaydigan maymunlarning burun kataklari keng, dumi uzun bolganidan ular keng burunli maymunlar deyiladi. Ular dumlari bilan xuddi oyoqlari singari daraxt shoxlariga osilib turishi mumkin. Orgimchak maymun uzun oyoq va qollari yordamida daraxtlarga ilashib olganligidan unga shunday nom berilgan.

Afrikada va Janubiy Osiyoda yashaydigan tor burunli maymunlarning burun teshigi tor bolib. togay tosiq bilan ikkiga ajralgan; dumi daraxtda osilib yurishda ahamiyatga ega emas. Bir qancha turlarining dumi kalta yoki butunlay bolmaydi.

Primatlar orasida odamsimon maymunlar eng yirik va yuksak tuzilgan. Ularga Afrika qitasida yashaydigan gorilla va shimpanze, Kalimantan va Sumatra orollarida tarqalgan orangutan kiradi (115-rasm). Ularning dumi bolmaydi; oldingi oyoqlari hamda panjasining orqa tomoniga biroz tayangan holda orqa oyoqlarida harakat qiladi. Bosh miyasi kuchli rivojlanganligi tufayli turq-atvori ham juda murakkab boladi. Ularning xotirasi kuchli bolib, sodda mehnat qurollarini yasash va ulardan foydalanishni biladi. Shimpanze choplar yordamida asalarilar uyasiga kiradigan teshiklarni kengaytiradi; daraxtdan sindirib olingan novda yordamida tor teshiklardan hasharotlarni kovlab oladi, mayda choplar yordamida tishlarini tozalaydi, tovush va imo-ishoralar yordamida ozaro muloqot qiladi. Ular yuz muskullari yordamida ichki kechinmalarini, yani qorquv, hayajon, achchiglanishi yoki xursandligini ifodalay oladi. Bu jihatdan ular odamlarga oxshaydi.


Sutemizuvchilarning ahamiyati. Otxor sutemizuvchilar osimliklar va boshqa hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Ularning tezagi gongxor qongizlar, pashshalar, chuvalchanglar, zamburuglar va bakteriyalar uchun oziq boladi. Gong parchalanganida tuproq osimliklar uchun zarur oziq moddalarga boyiydi. Olmaxon, ormon kalamushlari, dala sichqonlari, tongizlar va boshqa sutemizuvchilar osimliklar urugining tarqalishiga yordam beradi.

Tuproqda yashovchi sutemizuvchilar (korsichqon, yumronqoziq) in qazib, tuproqni yumshatadi. Hasharotxorlar (korshapalak, tipratikan) zararkuranda va kasallik tarqatuvchi hasharotlarni qiradi. Yirtqichlar kasallangan hayvonlar va ular olaksasi bilan oziqlanganidan tabiiy sanitarlar hisoblanadi.

Sutemizuvchilar odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Yovvoyi sutemizuvchilar moynasi (ondatra, tulki) va goshti (saygoq) uchun ovlanadi. Sutemizuvchilardan kalamushlar, sichqonlar, yumronqoziqlar oziq-ovqat mahsulotlarini yeydi va kasallik tarqatib, ziyon keltiradi. Yirtqich sutemizuvchilar gijjalarni tarqatadi.

Inson uchun qimmatli bolgan, noyob yoki yoqolib borayotgan sut emizuvchilarni saqlab qolish maqsadida maxsus qoriqxonalar tashkil etiladi; ularning royxati Qizil kitobga kiritiladi. Ozbekiston qizil kitobiga sutemizuvchilarning 24 turi kiritilgan.

Primatlar - eng yuksak tuzilgan sutemizuvchilar. Ular daraxtda yashashga moilashgan: bosh barmoqiari boshqa barmoqiari qarshisida joylashgan. Tirnoqlari yassi, yuzi va kaftida jun bolmaydi. Kozlari yuzining oldingi qismida joylashganligi ularning moljal olishiga yordam beradi. Primatlarning bosh miyasi yirik, miya yarimsharlarining burmalari kop, fel-atvori ham murakkab boladi. Ular orasida odamsimon maymunlarning miyasi ayniqsa murakkab tuzilgan.

OxY`SC3  