 4- Xivchinlilar sinfi


Xivchinlilarni yashil evglcna misolida organamiz. XivchinUlar tanasi qattiq qobiq bilan qoplangan bir hujayraii hayvonlardir. Ularaing tipik vakili yashil evglina hisoblanadi (6-rasm).

Harakatlanishi va tuzilishi. Yashil evglena kolmak suvlarda va hovuzlarda hayot kechiradi. U juda mayda, amyobaga nisbatan 5-10 marta kichik hayvon. Tanasining shakli duksimon bolib, oldingi va keyingi tomoni ingichkalashgan. Xivchini vintga oxshash buralib, uni oldinga siljitadi. Evglena hujayrasi qattiq va qayishqoq yupqa qobiq bilan qoplanganiigi tufayli doimiy shaklga ega. Evglena sitoplazmasida bitta yirik yadro, qisqaruvchi vakuola va qizil dogga oxshash kozcha joylashgan.

Oziqlanishi. Evglena sitoplazmasida yashil tanachaiar shaklidagi xromatoforalar boladi. Ulardagi xlorofill pigmenti yordamida evglena fotosintez qiladi. Yoruglik tasirida uning xromatoforalarida organik moddalar hosil boladi. Bu moddalar evglenaning osishi, rivojlanishi va kopayishi uchun sarf boladi. Evglena qorongida hayvonlar singari tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Agar uzoq muddat qorongi joyda saqlansa, evglena xlorofili yemirilib, hujayrasi rangsizlanadi; endi u suvda erigan organik moddalarni tana yuzasi orqali shimib oziqlana boshlaydi. Evglenaning fotosintez qilish xususiyati osimliklar bilan hayvonlarning bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqanligini korsaladi.

Nafas olishi va ayirishi. Evglena ham amyoba singari suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Sitoplazmadagi ortiqcha suv va zararli almashinuv mahsulotlari qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqarib yiiboriladi.

Tasirlanishi. Evglena qizil dog kozchasi yordamida yoruglikni sezish xususiyatiga ega. Shuning uchun u suvning yorug tushib turgan tomoniga qarab harakat qiladi.

Kopayishi. Evglena amyoba singari ikkiga bolinish orqali jinssiz kopayadi (7-rasm). Bolinish boshlanisbi bilan eski xivchinning yonida ikkinchi yangi xivchin hosil boladi. Bolinish butun tana boylab shu ikki xivchin hamda yadro ortasidan otadi.
Sista hosil qilish. Noqulay sharoit tugilganda evglenaning xivchini tushib ketadi; tanasi qisqarib, yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan oralib sistaga aylanadi.

Volvoks - koloniya bolib yashovchi bir hujayrali hayvon. Iflos suvli hovuz va kollarda diametri 1 mm keladigan yashil sharga oxshash voivokslar uchraydi (8-rasm). Volvoks koloniyasi rningga yaqin noksimon ikki xivchinii hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar sharning sirtida joylashgan bolib, sitoplazmatik ipchalar yordamida ozaro boglangan. Sharning ichi quyuq dildiroq modda bilan tolgan.



Ayrim xivchinlilar parazit hayot kechiradi. Tripanosoma tropik Afrikadagi xalqlar qoni zardobida yashab, uyqu kasalligini paydo qiladi. Leyshmaniya Ozbekistonning janubidagi ayrim hududlarda va tropik mamlakatlarda odam yuzi va bazan qol terisida uzoq vaqt tuzahnaydigan yara hosil qiladi.

Xivchinlitar hujayrasi yupqa qobiq bilan qoplangan; tana shakli doimiy; xivchinlar yordamida harakatlanadi. Evglena va volvoks hujayrasida yashil rang berovchi xromatoforalari bor; ular yordamida fotosinlez qiladi; qorongida yashil rangini yoqotib, hayvonlar singari oziqlanadi. Tripanosoma odam qonida, leyshmaniya Eerisida parazitlik qiladi.

yvCaSC3 F  