; 5- . Tayanch-harakatlanish sistemasining tuzilishi
? Suyaklar sistemasi, suyaklarning shakllari
Tayanch harakatlanish sistemasi skelet va muskullar sistema-sidan iborat.
Odam skeletining fimksiyasi  kop qirrali. Eng muhimi gavdada u tayanch va himoya funksiyasini bajaradi. Skeletning tayanch ftmksiyasi tufayli odam oz qomatini togri tutadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasi himoya qilish funksiyasini ham otaydi. Masalan, bosh miya kalla suyagining miya qutisi ichida, orqa miya umurtqa pogonasining kanalida; opkalar, traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari kokrak qafasida joylash-ganligi tufayli tashqi muhitning noqulay tasiridan himoyalangan.
Suyaklarning komik qismida qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral tuzlar deposi (toplanadigan joy) bolib xizmat qiladi. Odam skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan boiib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir (8- rasm).
Tuzilishiga kora, suyaklar naysimon, yassi, govak va galvir-simon boladi.
Naysimon suyaklar, oz navbatida, ikki xil boladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qol va oyoqning kaft va barmoq suyaklari).

Govak suyaklar ham ikki xil: uzun govak (qovurga, tosh, omrov), kalta govak (umurtqa, kaftusti suyaklari) boladi.
Yassi suyaklar  bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va chanoq su-yaklaridir.
Galvirsimon suyaklar yuqorigi jag, peshana, bosh suya-gining pastki asos qismidagi ponasimon va galvirsimon suyaklar. Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir necha qismga bolib organiladi: bosh, gavda, qoi va oyoq suyaklari.
Bosh suyagi 23 ta suyakning birikishidan tashkil topgan bolib ikki qismdan iborat: miya qutisi va yuz suyaklari (9- rasm.)
Gavda skeleti. Odamning gavda skeleti ikki qismdan iborat: umurtqa pogonasi va kokrak qafasi.
Umurtqa pogonasi 3334 umurtqaning birikishidan hosil bolib, uzunligi odamning boyiga qarab 7090 sm gacha boladi. Umurtqa pogonasi odam skeletining markaziy qismi bolib, unga barcha suyaklar birikib turadi va u tananing asosiy tayanchi bolib xizmat qiladi. Umurtqa pogonasi 5 qismdan iborat: boyin  7, kokrak  12, bel  5, dumgaza  5 va dum  45 ta umurtqadan tashkil topgan (10-rasm).

Kokrak qafasi suyaklariga 12 ta kokrak umurtqasi, 12 juft qovurgalar va tosh suyagi kiradi (11-rasm). Bularning bir-biri bilan birikishi natijasida kokrak qafasi hosil bolib, unda odam hayoti uchun muhim bolgan ichki organlar joylashadi.
Qovurgalarning 12 jufti ham orqa tomondan kokrak umurtqalariga birikadi. Ulardan 7 jufti haqiqiy  chin qovurgalar deyilib, old tomondan tosh suyagiga birikadi. 3 jufti soxta qovurga deyilib, ular ozaro va ettinchi qovurganing togayiga birikadi. Pastki 2 juft qovurga esa yetim qovurgalar deyilib, qorin muskullari orasida yotadi.
Tosh suyagi uch qismdan: yuqorigi - dasta, orta - tana qismi va pastki - qilichsimon osimtadan iborat.
.

Qol suyaklari. Qol suyaklari ikki qismga: yelka kamari suyaklari va qolning erkin suyaklariga bolinadi
Yelka kamari suyaklariga kurak va omrov suyaklari kiradi.
Qolning erkin suyaklariga yelka, bilak-tirsak, kaftusti, kaft va panja suyaklari kiradi.
Oyoq suyaklari. Oyoq suyaklari ikki guruhga: oyoq kamari (chanoq) va oyoqning erkin suyaklariga bolinadi.
Oyoq kamari ikki tomondan nomsiz suyaklardan, orqa tomondan dumgaza va dum umurtqa suyaklaridan tashkil topgan.
Oyoqning erkin suyaklariga son, boldir, tizza qopqogi va oyoq panjasining suyaklari kiradi
Suyaklarning birikishi. Odam tanasidagi 206 ta suyakning hammasi bir-biri bilan ikki xil: harakatsiz va harakatli birikadi.
Suyaklarning harakatsiz (oraliqsiz, uzluksiz) birikishiga bosh, umurtqa va chanoq suyaklarining bir-biri bilan tutashuvi misol boladi. Ular boylamlar, togaylar, suyak choklari yordamida bir-biriga birikadi. Bosh suyagi peshana, tepa, chakka, ensa kabi alohida suyaklardan iborat bolib, bola osgan sari ular chok yordamida bir-biriga birikib, yaxlit bosh suyagini hosil qiladi. Bu suyaklar bir-biriga uzluksiz  zich birikkanligi uchun ular harakatsiz boladi.
Harakatli, yani bogim hosil qilib birikishga qol va oyoqlarning bogimlari kiradi. U yelka, tirsak, kaftusti, son-chanoq, tizza, boldir-tovon hamda qol va oyoq panja suyaklarining bir-biri bilan bogim hosil qilib birikishi bunga misol boladi. Bogim hosil qilib birikuvchi ikkita suyakdan birining uchi qavariq, silliq, ikkinchisining uchi esa botiqroq boladi. Bogim uch qismdan: bogim xaltachasi, suyaklarning bogim yuzasi va bogim boshligidan iborat

KHX`SC% M  