7-. Hayvonlar dunyosi


Hayvonlarning tuzilishi, hayoti, xilma-xilligi, individual va tarixiy rivojlanishi, Yer yuzida tarqalishi kabi qonuniyatlarini qiziqarli zoologiya fanidan organib olgansiz.

Hayvonlar va o'simliklar umumiy kelib chiqishga ega boigan tirik organizmlar hisoblanadi. Buning dalili sifatida ularning tuzilishi va hayot kechirishlaridagi bir necha o'xshashliklami ko'rsatish mumkin.

Hayvonlar o'simlik va zamburug'larga o'xshash hujayraviy tuzilishga ega. Kimyoviy tarkibi va boshqa ko'pgina xususiyatlarda (moddalar almashinuvi, irsiyat va o'zgaruvchanlik, qo'zg'aluvchanlik) umumiylik mavjud. Shu bilan birga hayvonlarning o'simliklardan farq qiluvchi bir necha xususiyatlari ham ma'lum. Ulardan eng muhimi oziqlanish xarakteridir. Ko'pchilik o'simlik avtotrof organizmlar hisoblanadi. Hayvonlar esa geterotroflardir.

Ba'zi hayvonlar faol harakatlanish xususiyati bilan ham ajralib turadi. o'simliklar harakati esa odatda ko'zga tashlanmaydi.

Hayvonlar hujayrasi o'simliklardagi kabi sellyulozali qobiq va vakuolalarga ega emas. Ushbu xususiyatni ham barcha hayvonlarga taalluqli deb bo'lmaydi. O'simlik va hayvonlar o'rtasidagi nisbiy farqlar ularning ajdodlari umumiy ekanligini bildiradi. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyatini o'simliklar hayotida ko'rish mumkin. Guili o'simliklarning changlanishi yoki urug' va mevalarning tarqalishida hayvonlar katta rol o'ynaydi. Hayvonlar har xil ozuqa zanjirlari tarkibida ishtirok etib, o'simliklar biian oziqlanuvchi turlar boshqa yirtqich hayvonlar uchun ozuqa sifatida xizmat qiladi. Hayvonlartuproq hosil qilish jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Chuvalchanglar, chumolilar va boshqa mayda hayvonlar tuproq tuzilmasini shakllanishida, uning unumdorligini oshirishda hamda tuproqning suv va havo bilan ta'minlanishida ishtirok ctadi. o'simlik qoldig'i va hayvon jasadlarini parchalovchi oiganizmlar muhim sanitar ahamiyatga ega. Suvda yashovchi ko'pchilik hayvonlar suvni tozalovchi  biofiltr oiganizmlardir.

Hayvonlar insonning ko'p qirrali xo'jalik faoliyatida katta o'rin egallaydi. Yovvoyi va uy hayvonlari insonning har xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda muhim omiJ hisoblanadi. Yovvoyi hayvonlarning turlari uy hayvon zotlarini yaxshilash uchun xizmal qiluvchi genofondni saqlaydi. Ko'pgina yirtqich hayvonlar qishloq va o'rmon xo'jaliklarida turli zararkunandalarni yo'qolishda katta rol o'ynaydi.

Biroq hayvonlarning ayrimlari zararlidir. Masalan, o'simlik zararkunandalari qishloq xo'jaligiga katta ziyon keltiradi: ular oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yemiradi, jun, teri, yog'ochdan tayyorlangan materiallarni ishdan chiqaradi. Ko'pchilik hayvon turlari havfli kasalliklar (bezgak, qichima va boshqalarjni qo'zg'atuvchi va tarqatuvchi (chivinlar, burgalar va hokazo) sifatida ishtirok etadi.

Hayvonot dunyosi ikkiga ajratiladi:

1. Bir hujayralilar; 2. Ko'p hujayralilar.

Ko'p hujayralilarning xordalilar tipidan boshqa barcha tiplarining vakillari umurtqasiz hayvonlar hisoblanadi.

Bir hujayralilar tabiatda keng tarqalgan. Ko'pchilik sodda hayvonlar dengizlarda, chuchuk suv havzalarida, sernam tuproqlarda hamda boshqa organizmlarda yashashga moslashgan. Odatda sodda hayvonlar kichik boiadi. Tanasi sitoplazma va bir yoki bir necha yadrodan tashkil topgan. Sitoplazma yupqa tashqi membrana bilan o'ralgan (19-rasm).



Ko'p hujayrali hayvonlarda hayotiyjarayonlar maxsus organlar, to'qima va hujayralarda amalga oshirilsa, sodda hayvonlarda esa hujayralardagi organoidlar yordamida boradi. Ular soxta oyoqlar, xivchinlar yoki kiprikchalar yordamida harakatlanadi. Ko'pchilik sodda hayvonlar organik moddalar bilan oziqlanadi.

Avtotroflar csa fotosintez yo'li bilan oziqlanadi. Sodda hayvonlar hujayrasi bo'linish yo'li bilan ya'ni, jinssiz va jinsiy yoLIlar bilan ko'payadi. Tashqi muhitning har xil ta'sirlariga sodda hayvonlarning beradigan javob reaksiyasi asosan harakatlanish orqali amalga oshi-rilib, u tefaisdeyiladi. Sodda hay-vonlarning muhim biologik xusiisi-yatlaridan biri noqulay sharoitga tushib qolganda sista hosil qilishidir.

Ko'p hujayrali hayvonlarning tanasi xilma-xil tuzilishdagi va turli vazifalami bajaradigan son-sanoqsiz hujayralardan tashkil topgan. Ular mustaqillikni yo'qotib yaxlit organizmning ayrim tarkibiy qismlari sifatida faoliyat ko'rsatadj. Ko'p hujayralilar murakkab individual rivojlanish bilan tavsiflanadi. Urug'langan tuxum hujayradan (partenogenezda urug'lanmagan tuxum hujayrasidan) voyaga ctgan organizm shakllanadi. Bunda urug'langan tuxum maydalanib, hosil bo'lgan hujayralarning ajralishi natijasida homila varaqalari va boshlang'ich organlar shakllanadi (IV-bo'limga qarang).
