 6- Gidroid poliplar sinfi: chuchuk suv gidrasi


Tashqi tuzilishi. Gidra tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmaydigan chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Uni akvariumlarda ham uchratish mumkin. Tanasining uzunligi 5-7 mm, silindrsimon shaklda. Tanasining ostki tomoni tovon deb ataladi. Tovonning qarama-qarshi tomonida paypaslagichlar bilan oralgan ogiz teshigi bor. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi.

Suv tubidagi narsalarga yopishib olib hayot kechiradigan boshliqichlilar polip deb ataladi.


Tana simmetriyasi. Sirametriya -tana qismlarini bitta oq atrofida ozaro mutanosib joylashuvidan iborat (11-rasm). Gidraning tovonidan ogiz teshigi tomonga bitta xayoliy chiziq olkazilsa, uning tanasini shu chiziqdan paypaslagichlarga ketuvchi nurlar boylab bir necha teng bolaklarga bolish mumkin. Hayvonlar tanasini bitta oq chiziqdan chiquvchi nurlar boylab ozaro mos keladigan teng qismlardan iborat bolishi radial, yani nurti simmetriya deyiladi.

Tanasi hujayralari. Gidra tan as i devori ikki qavat boylab joylashgan hujayralardan tashkil topgan. Tashqi - ektoderma va ichki - endoderma qavatlari yupqa parda bilan ajralgan. Tana,devori keng ichki tana boshligni orab turadi. Bu boshliq ichak vazifasini ham bajaradi (12-rasm).

Tashqi qavat asosan teri-muskul hujayralaridan iborat. Bu hujayralarning tana devoriga botib kirib kengaygan tomonida muskul tolalari boladi. Muskullarning qisqarishi tufayli gidra umbaloq oshib yoki odimlab harakatlanadi.

Ektoderma hujayralari orasida kuydirish xususiyatiga ega bolgan otuvchi hujayralar ham boladi (13-rasm). Bunday hujayralar ayraqsa paypaslagichlarda juda p. Otuvchi hujayraning mayda sezuvchi tukchasi va otuvchi kapsulasi boladi. Kapsulada naysimon ingichka otiluvchi tola joylashgan. Hayvonlar (dafniya, siklop, baliq chavoqlari) otuvchi hujayra tukchasiga tegib ketsa, kapsuladagi tola otilib chiqib, ular terisiga sanchiladi. Kapsuladan oqib keladigan zaharli suyuqlik hayvon tanasiga otib, uni falajlaydi.
Tasirlanishi va refleks hosil qilishi. Ektodermada uzun osimtali yulduzsimon nerv hujayralari tarqoq joylashgan. Ularning osimtalari tutashib, nerv torini hosil qiladi. Nerv hujayralari yordamida gidra tashqi muhil tasirini sezadi va tanasini yigib oladi. Gidraning tasirlanishga javob berish xususiyati refleks deb ataladi.

Endoderma hujayralari, oziqlanishi. Endoderma qavati soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bolgan yirik xivchinli va bezli hujayralardan iborat. Hujayralar hazm shirasi ishlab chiqarish va hazm qilish vazifasini bajaradi. Gidraning ozigi ham bir hujayralilar singari hujayra ichida hazm boladi. Gidra tutilgan oljani paypaslagichlariga yopishtirib, ogziga olib boradi. Oziq tana boshligiga tushib, hazm suyuqligi tasirida maydalanadi. Xivchinlar oziqni hujayralarga haydaydi. Hujayralar soxta oyoqlari yordamida oziqni qararab olib, hazm qiladi.

Regeneratsiya. Ektoderma hujayralari orasida yirik yadroli mayda oraliq hujayralar boladi. Gidra tanasi jarohatlanganda bu hujayralar tez osa boshlaydi va shikastlangan hujayralar ornini to'ldiradi. Tananing jarohatlangan yoki yoqotilgan qismining tiklanishi regeneratsiva deyiladii Gidra tanasi 200 bolakka ajratilganda ham har qaysi bolakdan biicadan gidra tiklanishi aniqlangan.

Jinssiz kopayishi. Oziq yetarli bolgan iliq bahor va yoz mavsumida gidra tanasi sirtida bir nechta kurtaklar paydo boladi. Paypaslagichlar va ogiz teshigi paydo bolishi bilan kurtaklar yosh gidralarga aylanadi . Ular ona organizmidan ajralib, mustaqil yashay boshlaydi.

Jinsiy kopayish. Kuzda noqulay sharoit tugilishidan oldin gidra tanasining sirtida kichik bortmachalar paydo boiadi. Bortmachalarda bittadan yirik tuxum hujayra yoki kop miqdorda urug hujayralar  spermatozoidlar yetiladi 
Gidra tuxum hujayrasining soxta oyoqlari boladi. Spermatozoidlar esa mayda, tez harakatlanadigan kichik hujayralardan iborat. Ular suv orqali borib, tuxum hujayrani uruglantiradi. Uruglangan tuxum hujayra zigota deb ataladi. Zigotaning sirti qalm qobiq bilan qoplanadi. Gidra qishda nobud boladi, zigota esa qishlab qoladi. Bahorda zigotadan yosh gidra hosil boladi. Tuxum posti yorilishi bilan yosh gidra suvga chiqadi va oz hayotini davom etliradi.



Gidra - tanasi nurli simmetriyaga ega bolgan otroq yaovchi hayvon. Tana devori ikki qavat bolib joylashgan hujayralardan iborat. Ektodennasida teri-muskul, otuvchi, nerv, oraliq hujayralar; endodermasida xivchinli va bezli hujayralar bor. Teri-muskul hujayralar - harakatlanish; otuvchi hujayralar -oziqni falajlash; oraliq hujayralar - regeneratsiya; nerv hujayralar - tasirlanish ichki xivchinli va bezli hujayralar hazm qilish vazifasini bajaradi. Gidra kurtaklanish orqali jinssiz va uruglanish orqali jinsiy kopayadi.

`MAaSC3 c  