	 9- . Muskullarning ishlashi
? Muskul ishining turlari, rivojlanishida harakatning roli
Odam tanasining harakatlari malum muskullar gurahining ishlashi natijasida bajariladi. Muskullar maxsus nerv hujayralari va ularning tolalari bilan tutashgan. Muskullarni harakatga keltiruvchi nerv hujayralari, yani motoneyronlarning har bin oz tolalari orqali onlab va yuzlab muskul tolalari bilan tutashadi. Ular muskul tolasiga tasir etib, uni qozgatadi, natijada muskul qisqaradi. Qisqargan muskul harakatlanadi va ish bajaradi.
Skelet muskullarining ishi ikki xil bo-ladi: statik va dinamik. Muskulning statik ishi natijasida odam tanasi va uning ayrim qismlari malum vaqt davomida zarur bolgan vaziyatni saqlaydi. Masalan, tik turish, qolni oldinga yoki yuqoriga kotarib turish, startoldi holati kabilar. Muskulning statik ishi tanani harakatga keltirmaydi, balki uning yuqorida korsatilgan zarur vaziyatlarda malum vaqt saqlanishini taminlaydi (20-rasm).



Muskulning dinamik ishi natijasida odam tanasi va uning ayrim qismlari har xil harakat-larni bajaradi. Masalan, yurish, yugurish, sakrash, gapirish va hokazo (21, 22-rasmlar).
Muskullarning charchashi. Malum vaqt davomida ish ba-jarish natijasida muskullar charchaydi. Muskullar charchashining sababi quyidagilardan iborat:
? birinchidan, uzoq vaqt davomida qozgalish natijasida miyaning muskul ishini boshqaradigan nerv hujayralari charchaydi, ularda qozgalish jarayoni pasayadi, hujayralar tormozlanish holatiga otadi;
? ikkinchidan, uzoq vaqt davom etadigan jismoniy ish natijasida muskul tolalaridagi oziq zaxirasi tugab, muskulning ishi uchun zarur bolgan energiya tugaydi;
? uchinchidan, qisqa vaqt davomida, ammo katta tezlikda bajarilgan ish jarayonida organizmda kislorod yetishmay qoladi.
Charchash yuzaga kelganda, asta-sekin muskul tolalarining qisqarish kuchi kamaya boshlaydi va ular bora-bora boshashib, qisqara olmay qoladi. Buning natijasida harakat asta-sekin susayib, keyin toxtaydi. Bazida charchagan muskul tolalari qisqarib, boshasha olmay qoladi, bu holat muskullarning kontrakturasi deb ataladi. Ayniqsa, tez yugurgan vaqtda boldir muskullarida shunday holat yuzaga keladi.
Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shugullanuvchi odam organizmi yaxshi chiniqqan boladi. Shuning uchun ularning muskullari tez charchamaydi.
Muskullarning yaxshi rivojlanishi, tolalari va paylarining baquwat, mustahkam bolishi, oz navbatida, suyaklarning yaxshi rivojlanishiga, ularning mustahkam bolishiga imkon beradi.


NTMbSC% E  