 10-. Qad-qomatning shakllanishi
? Umurtqa pogonasining ahamiyati
Har bir odam tanasini ozi odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deb ataladi. Qad-qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa pogonasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holda boyin va bel qismida umurtqa pogonasi biroz oldinga, kokrak va dumgaza qismida biroz orqaga egilgan boiadi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha boigan bolalarda boimaydi. Bolaning tik turishi, yurishi, boshni tik tutishi natijasida asta-sekin bu egilishlar hosil boladi.
Qad-qomatning notogri shakllanishi bir necha xil boladi: egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skoliotik qad-qomat (23- rasm).
Qad-qomatining buzilishidan faqat odamning tashqi korini-shi ozgarmasdan, balki u ichki organlar (opka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar)ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy tasir korsatadi. Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi va hokazo.
Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish kerak:
 bolani yoshligidan tekis va biroz qattiqroq toshakda yotishga orgatish lozim, yostiq pastroq bolishi kerak. Toshakning qalin va yumshoq bolishi, yumshoq prujinali karavot, baland yostiq bolaning umurtqa pogonasi qiyshayib qolishiga sabab boiadi;
 kichik yoshdagi bolalar, boshlangich sinf oquvchilari uzoq vaqt bir joyda otirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, ogir buyumlarni kotarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qolida ish bajarmasligi kerak. Bularning barchasi bolaning umurtqa pogonasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomati buzilishiga sabab boiadi (24-rasm);
 bolalar va oquvchilar boylariga mos parta, stol-stulda otirishi kerak (maktabda, uyda dars tayyorlaganda, ovqatlanganda);
oquvchilar parta, stol-stulda otirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishlari zarur: otirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul (parta) suyanchigiga suyanib tursin. Oyoqlari tizza bogimida togri burchak hosil qilib bukilsin. Oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin. Kokrak bilan parta qirrasi orasida 10 sm ga yaqin masofa bolsin.
Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shu-ning uchun ana shu yoshgacha boigan bolalar yuqorida korsatilgan qoidalarga amal qilsalar, ularning qad-qomati togri, chiroyli bolib shakllanadi.
Yassioyoqlik. Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch-harakatlanish sistemasining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatlariga kora tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan.
Togri rivojlangan oyoq kaftining koproq qismi oyiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida boiadi. Uning bunday tuzilishi tana massasining oyoqning tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini taminlaydi.
Yassioyoqlikda tovon-kaft. yuzasi (gumbaz qismi) kengayib, oyiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, bazida esa oyoq yuzasining butun sathini gumbaz qism egallab, u tekis bolib qoladi (25-rasm). Natijada tovon-kaftning ressorlik vazifasi buziladi.
Bunday odam uzoq vaqt tik turganda, koproq yurganda, yugurganda, ogir yuk kotarganda oyogining tovon-kaft va boldir muskullarida ogriq paydo boladi.
Yassioyoqlik umurtqa pogonasi va chanoq suyaklarining egrilanishiga va qad-qomatning buzilishiga ham sabab boladi.
Yassioyoqlik tugma va hayotda orttirilgan


Yassioyoqlikning tugilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat:
- bolani juda yoshligidan (8 - 10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq vaqt oyogida tik turgizish;
- yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyabzal kiygizish;
- oquvchilarning kun boyi poshnasiz sport poyabzalida yurishi (sport poyabzalini faqat mashgulot vaqtida kiyish kerak);
- poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bolgan poyabzallarni kiyish;
- ogir yuk kotarish ham yassioyoqlikni yuzaga kelishiga sabab boladi.
Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikning oldini olishga etibor berish kerak.

\xYaSC% >  