' 8-.Yassi chuvalchanglar tipi: kiprikli chuvalchanglar sinfi


Kiprikli chuvalchanglarning gavdasi bargsimon shaklda bolib, mayda kipriklar bilan qoplangan. Ular dengiz va chuchuk suvlarda erkin yashaydi. Oq planariya - kiprikli chuvalchanglarning tipik vakili hisoblanadi.

Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Oq planariya daryo va kollarning tubida hayot kechiradi. Ozbekistonda uni ayrim kichikroq soylarning tubida yotgan tosh, barg va choplarning ostidan topish mumkin.

Oq planariya tanasining uzunligi 2-3 sm, oqish yoki kulrang tusda. Tanasining bir oz kengaygan oldingi tomoni ikki yonida kalta osimtalarga oxshash ikkita sezgi paypaslagichlari va ikkita qora nuqta shaklidagi kozchalari joylashgan; keyingi tomoni konussimon toraygan, uchki tomoni tomtoq boladi (16-rasm, A). Tanasi sirti bir qavat kiprikli epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Planariya kipriklar yordamida sekin sirpanib harakat qiladi; bazan suv yuzasiga kotarilib suzadi.

n simmetriyasi. Agar oq planariyaning tanasi boylab xayolan togri chiziq otkaziladigan bolsa, uning organlari shu chiziqning ikki tomonida bir xil miqdorda joylashadi, yani tananing har ikki qismi teng boladi. Tana organlarining ana shunday joylashishi ikki tomonlama simmetriya deyiladi.

Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi. Planariyaning ogiz teshigi qorin tomonida joylashgan. Ogiz qisqa halqum bilan tutashgan. Halqumdan uch shoxli ichak boshlanadi (16-rasm). Ulardan biri tananing oldingi tomoniga, ikkitasi keyingi tomoniga yonalgan. Har qaysi ichak shoxlari oz navbatida juda kop, uchi berk yon shoxchalar hosil qiladi. Ogiz teshigi, halqumi va ichagi hazm qilish sistemasini hosil qiladi. Planariyaning orqa ichagi va orqa chiqaruv teshigi bolmaydi.

A - hazm qilish sistemasi;  - ayirish sistemasi; D - ayirish naychalari hujayralarining tuzilishi; E - nerv sistemasi; F - jinsiy sistemasi: 1 - halqum; 2 - ichak shoxchalari; 3 - ayirish naychalari; 4 - ayirish naychalarining uchidagi hujayralari; 5 - ayirish naychalarining alohida hujayrasi; 6 - nerv tuguni; 7 - nerv stvoli; 8 - tuxumdon; 9 - urugdon; 10 - tuxum yoli; 11 - qoshilish organi; 12 - jinsiy teshik.

Planariya - yirtqich hayvon. U mayda suv hayvonlari - chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar va hasharotlarning lichinkalari bilan oziqlanadi. Oljani tanasi bilan qoplab olib, soradi. Oziq ichagida hazm boladi. Ichak shoxchalari orqali oziq tanaga tarqaladi. Oziqning hazm bolmagan qismi ogiz teshigi orqali chiqarib yuboriladi.

Ayirish sistemasi. Tanasining govak toqimasida juda kop uchi berk naychalar joylashgan (16-rasm, B-D). Bu naychalar tananing ikki yonidagi yirikroq ikkita naychaga kelib tutashadi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil boladigan zararli moddalar tanadagi ortiqcha suv bilan birga mayda naychalarning ichiga sizib otadi va ikki yon tomonda joylashgan yirik naylar orqali chiqarib yuboriladi.

Nerv sistemasi. Planariyaning nerv hujayralari tananing oldingi tomonida toplanib, ikkita nerv tugunini hosil qiladi (16-rasm, E). Nerv tugunlaridan tananing keyingi tomoniga ikkita yirik nervlar chiqadi. Nerv tugunlaridan tananing hamma qismiga nervlar ketadi. Nerv hujayralari va nerv tolalari birgalikda nerv sistemasini hosil qiladi.

Sezgi organlari. Planariya terisi orqali har xil tasirlarni sezadi. Agar unga biron narsa tegib ketsa, tanasini birdaniga qisqartirib oladi. Paypaslagichlari, terisi va kozchalari pianariyaning sezgi organlari boladi.

Jinsiy sistemasi va kopayishi. Tanasining oidingi qismida ikkita urgochilik jinsiy organi - tuxumdonlar; ulardan keyinroqda pufakka oxshash erkaklik jinsiy organi - urug donlar joylashgan (16-rasm, F). Bu organlar jinsiy sistemani tashkil etadi. Tuxumdonlarda tuxumlar, urugdonlarda esa urug hujayralari - spermatozoidlar hosil boladi. Uruglangan tuxumlar top-top bolib pilla ichiga qoyiladi. Tuxumdan chiqqan yosh planariyalar pilla devorini yorib suvga chiqadi.

Shunday qilib, planariya tanasidan bir vaqtning ozida tuxum va urug hujayralar rivojlanadi. Planariya va unga oxshash ikki xil jinsga ega bolgan hayvonlar germafrodit deyiladi.

Regeneratsiyasi. Planariyada regeneratsiya xususiyati juda yaxshi rivojlangan. Noqulay sharoit tugilganda (harorat oshganda, kislorod yetishmasa) planariya mayda bolaklarga bolinib ketib, qulay sharoit tugilganida yana har bir bolakdan alohida organizm rivojlanishi mumkin.

Kiprikli chuvalchanglar - ikki yonlama simmetriyali, erkin yashovchi yassi chuvalchangdir.Tanasi bir qavat joylashgan kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ularning hazm qilish, ayirish, jinsiy, nerv sistemalari va sezgi organlari ilk bor paydo bolgan.

js^`SC3   