14-. Yadro


Yadro  zamburug' o'simlik va hayvonlar hujayrasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Xujayra yadrosida DNK ya'ni, genlar bo'lib, ular ikki asosiy vazifani bajaradi: 1. Genetik axborotni saqlaydi va ko'paytiradi. 2. Hujayrada sodir bo'ladigan moddalar almashinuvi jarayonini idora qiladi. Hujayra yadrosiz uzoq yashay olmaydi va yadro ham hujayrasiz mustaqil yashash qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun sitoplazma bilan yadro o'zaro bog'liq bo'lgan tizimni tashkil qiladi. Odatda hujayralar bitta yadroga ega bo'ladi. Ba'zan 2-3 yadroga ega bo'lgan hujayralar ham uchrab turadi. Ko'p yadroli hujayralar (ayrim hollarda o'nlab yadrolar) borligi ham ma'lum. Yadroning shakli ko'pincha hujayra shakliga o'xshab ketadi. Ayrim hollarda noto'g'ri shaklga ega bo'lgan yadrolar ham uchraydi.

Yadro qo'sh membranali qobiq bilan o'ralgan. Tashqi, sitoplazma bilan tutashgan yadro membranasida ribosomalar joylashgan. Ichki tomondan yadro membaranasi silliq bo'ladi. Yadro qobig'i hujayra membrana tizimining bir qismi hisoblanadi. Tashqi yadro membranasining o'simtalari endoplazmatik to'r kanallari bilan qo'shilib, bir-biriga ulanib ketgan. Yadro bilan sitoplazma o'rtasidagi moddalar almashinuvi ikki xil yo'1 bilan amalga oshiriladi. Birinchidan, yadro qobig'ida juda ko'p teshikchalar mavjud bo'lib, ular orqali yadro va sitoplazma o'rtasida molekulalar almashinib turadi. Ikkinchidan, moddalar almashinuvi yadrodan sitoplazmaga va aksincha yadro qobig'ining o'simtalarini yoki botib kirgan qismni ajratish yo'li bilan ham amalga oshiriladi (26-rasm).

Yadro bilan sitoplazma o'rtasida faol modda almashinuv bo'lishiga qaramasdan, yadro qobig'i uning ichki qismini sitoplazmadan ajratib, ularning kimyoviy tarkibidagi farqni saqlab turadi. Bu yadro tizimining me'yorida ishlab turishi uchun zarurdir.

Hujayra yadrosi tarkibiga quyuq yadro shirasi, xromatin va bitta yoki bir necha yadrocha kiradi. Tirik hujayradagi yadro shirasi, yadro tuzilishidagi oraliqlarini to'ldirib turuvchi gelsimon massadan iborat. Yadro shirasi tarkibiga har xil oqsillar (shu jumladan fermentlar), erkin nukleotidlar, aminokislotalar hamda yadro va xromatin hayot faoliyati bilan bog'liq bo'lgan yadrodan sitoplazmaga chiqadigan mahsulotlar kiradi.



Xromatin (yunoncha xroma rang) yadroning shaklan yadrodan farq qiluvchi, ba'zi bir bo'yoqlar yordamida bo'yaladigan donador va to'rsimon tuzilishidir. Xromatin DNK va oqsildan iborat bo'lib, xromosomaning spirallashmagan va zichlashmagan qismlari hisoblanadi.

Xromosomaning spirallashgan qismlari genetik nuqtai-nazardan faolsiz. Xromatinga xos xususiyat  genetik axborotni nasldan-naslga o'tkazishni faqat xromosomalarning yoyilgan qismlari amalga oshiradi. Ularni yorug'lik mikroskopi yordamida ko'rib bo'lmaydi (27-rasm).

Bo'linayotgan hujayralanda barcha xromosomalar kuchli spirallashgan, qisqargan, ixcham shaklga va o'lchamga ega (bo'lgan holda uchraydi). Xromosomalar shakli birlamchi belbog' yoki sentromera deb ataluvchi qismga bog'liq bo'lib, hujayra boiinish (mitoz) vaqtida bo'linish urchug'ining ipiga yopishadi. Sentromera xromosomani ikki elkaga bo'ladi. Ular teng elkali va teng bo'lmagan yoki har xil uzunlikka ega boigan xromosomalardan iboratdir (28-rasm).

Xromosomalarni o'rganish quyidagilarni aniqlashga imkon yaratdi.

1. Har qanday o'simlik yoki hayvon organizmining somatik hujayrasidagi xromosomalar soni bir xil.

2. Har qanday organizmning jinsiy hujayrasi hamma vaqt somatik hujayraga nisbatan ikki barobar kam xromosomaga ega.

3. Bir turga mansub barcha organizmlarning hujayrasidagi xromosomalar soni bir xilda bo'ladi.



Hujayradagi xromosomalar soni turning tuzilish darajasiga bog'liq emas va har vaqt ham ular o'rtasidagi qarindoshlik aloqalarini ko'rsatmaydi. Ularning soni tizim guruhiga bir-biridan ancha uzoqda turgan vakillarda bir xil va aksincha kelib chiqishi yaqin bo'lgan turlarda esa har xil miqdordagi xromosomalar uchrashi mumkin. Masalan, har xil turga mansub bo'lgan va sistematik guruhda bir-biridan ancha uzoq joylashgan shimpanze maymuni, suvarak hamda qalampirda xromosomalar diploid soni bir xil bo'ladi va 48 ga teng. Odamda 46 ta va tuzilishi birmuncha sodda bo'lgan zog'ora baliqda 104 ta. Shunday qilib, xromosomalar to'plamining tavsifi umuman turga xos xususiyat, ya'ni o'simlik yoki hayvon organizmlarining faqat bitta turiga xosdir.

Somatik hujayraning xromosomalar to'plamining miqdoriy (soni va o'lchami) va sifatiy (shakli) belgilari yig'indisi kariotip deb ataladi.

Tirik organizmlarning ko'pchilik turlarida kariotipdagi xromosomalar soni juft bo'ladi. Bu har bir somatik hujayrada shakli va o'lchami bir xil bo'lgan ikkita xromosoma mavjudligi bilan tushuntiriladi. Bulardan bittasi erkak va ikkinchisi urg'ochi organizmining xromosomalaridir.

Bir xil shakl, o'lcham hamda iplarga ega bo'lgan xromosornalar gomologik xromosomalar deb ataladi. Somatik hujayraning xromosoma to'plamidagi har bir xromosoma o'z juftiga ega va juft (yoki diploid) deb ataladi. Diploid to'plam 2n bilan belgilanadi. Jinsiy hujayralarga juft gomologik xromosomalardan faqat bittasi o'tadi, shuning uchun gametaning xromosoma to'plami toq (yoki gapioid) deyiladi.

Hujayraning bo'linishi tamom bo'lganidan so'ng, xromosomalar despirallashadi ya'ni, yoyiladi va yangidan hosil bo'lgan yosh hujayralarning yadrolarida yana xromatinning donachalari yoki yupqa to'rlari ko'rina boshlaydi.

Hujayra yadrosiga xos bo'lgan uchinchi xususiyat  yadrochaning mavjudligidir. U yadro shirasiga botib kirgan zich tanachadan iborat. Yadrochalar faqat bo'linmaydigan hujayralarda bo'ladi, ular mitoz paytida yo'qolib ketadi, bo'linish tamom bo'lgach yana paydo bo'ladi.

Yadrocha yadroning mustaqil tuzilishi emas. U xromosomaning ribosoma RNK (r-RNK)ni hosil qilishga javob beruvchi qismining atrofida vujudga keladi. Uning tarkibida juda ko'p sonli r-RNK molekulalari uchraydi. Bundan tashqari yadrochada ribosomalar ham shakllanadi va keyinchalik sitoplazmaga o'tadi. Shunday qilib yadrochashakllanish darajasi har xil bolgan ribosomalar va r-RNKning to'plamidan iborat.

