 10-.Togarak chuvalchanglar tipi: odam askaridasi


Togarak chuvalchanglar, dengiz, chuchuk suv va tuproqda hayot kechiradi; odam, hayvonlar va osimliklarda parazitlik qiladi. Bu tipga odam askaridasi misol boladi.

Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Odam askaridasi ingichka ichak boshligida parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasining ikki uchi ingichkalashgan, yani duksimon shaklga ega. Urgochisining uzunligi 20-40 sm, erkagi 15-25 sm boladi. Erkak askarida dumi ilmoqqa oxshash egilgan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin post - kutikula bilan qoplangan. Yopishuv organlari rivojlamnaganligi tufayli askaridaning elastik tanasi simga oxshab ichak devoriga taqalib turadi. Shu holatda u ichakdan axlat bilan birga tashqariga chiqib ketmaydi.

Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi. Askaridaning hazm qilish sistemasi ikki uchi ochiq uzun nayga oxshaydi. Bu nay ogiz teshigidan boshlanadi va qisqa halqum, qizilongach, rta ichak hamda keyingi ichak orqali orqa chiqaruv (anal) teshigi bilan tamom boladi. Ogiz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan bolib, uchta lab bilan oralgan (21-rasm). Askarida odamning ingichka ichagida hazm bolayotgan oziqni ogiz teshigi orqali sorib oladi. Oziqning hazm bolmagan qismi uning anal teshigi orqali chiqib ketadi.

Ayirish va nerv sistemasi. Askaridaning ayirish va nerv sistemasi oq planariyanikiga oxshash tuzilgan. Ayirish sistemasi tana boylab otgan ikkita uzun naydan iborat.

Naylar tananing oldingi tomonida ozaro birlashib, yagona teshik bilan tashqariga ochiladi. Gavdasining oldingi tomonidagi nerv halqasi halqumni halqa shaklida orab olgan. Bu halqadan tana boylab keyingi va oldingi tomonga nervlar ketadi. 

Jinsiy sistemasi, kopayishi va rivojlanishi. Askaridaning jinsiy sistemasi bir uchi berk ingichka naychaga oxshash bolib, tana boshligida buralib joylashgan. Urgochisining jinsiy organi ikkita tuxumdondan, erkaginiki esa bitta urugdondan iborat. Askarida juda serpusht: bir kecha-kunduzda 240000 gacha tuxum qoyadi. Uruglangan va qattiq post bilan qoplangan tuxumlarini xojayini ichagiga qoyadi. Tuxumlar axlat bilan tashqariga chiqariladi (22-rasm). Nam joyda tuxumlar ichida lichinkalar rivojlanadi. Tuxumlar iflos qol yoki yuvilmagan sabzavot va mevalar orqali odamning ichagiga tushganida ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar qon orqali opkaga boradi; songra balgam bilan ogizga tushadi. Ular ogizdan yana ichakka qaytib tushgach, rivojlanib voyaga yetadi va tuxum qoyishga kirishadi.

Askaridaning zarari. Askarida bilan kasailangan kishi ozib ketadi, rangi siniq boladi. Uning qorni muntazam ogrib turadi. Ichakdagi askaridalar maxsus dorilar yordamida haydaladi. Askaridani yuqlirmaslik uchun sabzavot. mevalar va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib istemol qilish hamda shaxsiy gigiycna qoyidalariga qatiy rioya qilish zarur.

Togarak chuvalchanglarning kelib chiqishi. Togarak chuvalchang tana boshligi va anal teshigining bolishi, ichki organlarining ancha murakkab tuzilganligi bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi. Olimlarning fikricha, tarixiy rivojlanish jarayonida qadimgi yassi chuvalchanglar tanasida tana boshligi va orqa chiqaruv teshigi paydo bolgan; ulardan togarak chuvalchanglar kelib chiqqan.

Togarak chuvalchanglar tanasi kondalang kesimi togarak shaklda. Ularning 12000 dan ortiq turi tuproq, chuchuk suv va dengizlarda erkin yashaydi, odam va hayvonlar organizmida hamda osimlik toqimalarida parazitlik qiladi. Togarak chuvalchangtar ichki organlari tana boshligida joylashgan. Ayrim jinsli. Yopishuv organlarining rivojlanmaganligi, ayrim jinsli bolishi, ichagining keyingi bolimi - orqa ichagining rivojlanganligi bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi. 

DLeaSC3 M  