17-. POYALARNING XILMA-XILLIGI


0simliklarning turiga va osish sharoitiga qarab, poyalar
turli xil boladi.
Poyalar tuzilishiga kora, yog ochpoya (terak, qayragoch)
va o tpoyaga (arpa, ituzum) bolinadi.
Yogoch poyali osimliklardan har yili yangi kurtaklar hosil
boladi. Natijada kop yillik yer ustki poya vujudga keladi.
0t poyalarning yer ustki poyalari esa kopincha bir mavsum
yashaydi.
Poyalar juda kalta (piyozda) va haddan tashqari uzun bolishi
mumkin. Masalan, mirzaterakning balandligi 2025 m ga yetsa,
Kaliforniyadagi sekvoyadendronlarniki 130135 m, Avstraliyadagi
evkaliptlarniki 150 m boladi. Shuningdek, Janubiy
Osiyoning tropik ormonlarida boshqa daraxtlarga chirmashib
osadigan Rotang palmasi poyasining uzunligi 400 m ga yetishi
barchani qiziqtiradi.
Poyalar shoxlagan (olma, yongoq), shoxlamagan (palma),
bargli (jiyda, dolana) yoki qipiqsimon bargli (saksovul,
qandim) boladi. Shuningdek, poyalar fazoda joylashishiga qarab
tik osuvchi (terak, olma, bugdoy va boshqalar), kotarilib
osuvchi (sebarga), oraluvchi (qoypechak, karnaygul). 0raluvchi
poyalariga ega bolgan osimlik atrofdagi osimlik yoki
bironta tayanchga oralib oladi. Tok osimligi ham gajaklari
yordamida bagazlarga ilashib oladi.


Yoyilib yoki palak yoyib o suvchi osimliklar bironta
tayanchga oralmasa tik tura olmaydi. Bularga qovoq, qovun,
tarvuz, bodring va temirtikan kabilarni misol qilish mumkin.
0rmalovchi poyalar yer yuzasida qoshimcha ildizlar
chiqarib osadi. Qulupnay, gozpanja kabi osimliklaming poyasi
ormalovchi poya hisoblanadi (37-rasm). 
img/res/37rasm.png





Poyalaming yogonligi
ham har xil. Bular orasida ipsimondan (pechaklar) to
yogonligi 1011 m gacha (chinor va yongoq) yetadigan
salobatli xillari ham bor. Poyalarning kondalang kesimi ham
juda xilma-xil. U kopincha yumaloq, shuningdek, uch qirrali
(hilol), qanotli (burchoq), to rt qirrali (rayhon) va hokazo.
Poyalar yuzasi silliq yoki tuklar bilan qoplanishi mumkin

Poyalarning xilma-xil korinishlari malum bir maydonda
kop sondagi osimlik turlariga osish imkonini beradi.
Demak, poyalar tuzilishiga va osishiga kora, yogoch va
ot poyalarga bolinib, shakli, uzunligi va yogonligi turlicha
boladi.
