 17 - . Qonning tomirlar boylab harakatlanishi
? Qon oqish tezligi, puls
Gemodinamika qonuniga muvofiq, qon aylanishi sistemasining yuqori qismida, yani yurakka yaqin tomonida bosim baland va qonning oqish tezligi arteriya qon tomirlarida yuqori boladi. Quyi qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past boladi.
Qon oqishining ortacha chiziqli tezligi aortada 40 sm/sek, arteriyalarda 40-10 sm/sek; arteriolalarda  10-0,1 sm/sek, kapilyarlarda - 0,1 sm/sek, venalarda - 0,3-0,5 sm/sek gacha sekinlashadi.
Tinch holatda katta odam tanasi boylab qon bir marta aylanib chiqishi uchun 25-30 sek. vaqt ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shugullanganda yurakning qisqarishlar soni kopayadi, qon oqishi tezlashadi va uning odam tanasini aylanib chiqishiga sarflanadigan vaqt qisqaradi.
Tomir urishi (puls). Qon tomirlari devorining ritmik ravishda tolqinlanib turishi tomir urishi, yani puls deb ataladi. Arteriya qon tomirlari devorining tolqinlanishi arterial puls, vena qon tomirlari devorining tolqinlanishi vena pulsi deb ataladi.
Arterial puls - bu yurakning chap qorinchasi qisqarganda undagi qonning aortaga va undan esa orta va mayda arteriya tomirlariga yuqori bosim ostida chiqarilishi natijasida tomir devorining tebranishidan hosil boladi.
Odatda, puls bilakning pastki qismidagi arteriya tomirida, yani kaftusti sohasidagi tomirda sanaladi. Bundan tashqari, tananing boshqa sohalaridagi arteriya tomirlarida ham pulsni sanash mumkin (33- rasm).
Qon bosimi qonning tomirlar devoriga korsatgan bosim kuchidan yuzaga keladi. Qon bosimi ham pulsga oxshab ikki xil boladi: arterial va vena bosimi. Odatda, yurak-qon tomir sistemasining faoliyati, asosan, arterial bosimni olchash yoli bilan baholanadi.

Arterial bosim ikki xil: maksimal va minimal boladi. Maksimal bosim yurakning chap qorinchasi qisqaiganda qonning aortaga va boshqa arteriya tomirlariga yuqori bosim bilan chiqarilishi natijasida hosil boladi. Maksimal bosim yurak qorinchasi qisqargan (sistola) vaqtda hosil bolganligi uchun sistolik bosim deb ham ataladi. Minimal bosim yurakning chap qorinchasi kengaygan vaqtda aorta va boshqa arteriya tomirlarida bosimning kamayishi natijasida yuzaga keladi. Minimal bosim yurak qorinchasi kengaygan (diastola) vaqtda yuzaga kelganligi uchun diastolik bosim deb ham ataladi. Qon bosimi sfigmomonometr yoki tonometr asbobi yordamida yelka arteriyasida olchanadi.
Odatda, arterial qon bosimining normaga nisbatan ortishi gipertoniya, pasayishi gipotoniya deb ataladi, yani maksimal bosim 125-130 mm dan kotarilsa va minimal bosim 85 mm dan oshsa gipertoniya deb ataladi. Maksimal bosim 110 mm dan va minimal bosim 70 mm dan pasaysa gipotoniya deb ataladi.
Yurak va qon tomirlar faoliyati nerv  gumoral yol bilan boshqariladi. Simpatik nerv yurak faoliyatini tezlashtiradi, parasimpatik nerv, aksincha, yurak faoliyatini sekinlashtiradi. Shunday qilib, bu ikkala nerv yurak ishini muvozanatga solib turadi.
Yurak va qon tomirlar faoliyati gumoral yol bilan ham boshqariladi. Buyrakusti bezining miya qismida ishlab chiqariladigan adrenalin gormoni, xuddi simpatik nervga oxshab, yurak ishini tezlashtiradi va arterial bosimni oshiradi. Gipofiz bezining orqa bolagidan ishlanib chiqadigan vazopressin gormoni ham qon tomirlarni toraytirib, bosimni oshiradi.

_RDaSC%   