 20-. Hujayra tarkibiga kiruvchi suv va anorganlk moddalar


Suv  tirik organizmlar tarkibida uchraydigan va tabiatda keng tarqalgan anorganik modda. Uning miqdori keng doirada o'zgarib turadi. Tish emali hujayralarida 10% ga yaqin, o'simlik hujayralarida esa 90% dan ko'proq suv bo'ladi. Ko'p hujayrali organizmda suvning o'rtacha miqdori 80% ni tashkil etadi.

Hujayrada suvning ahamiyati juda katta. Tirik organizmlar uchun suv nafaqat ular hujayrasining zaruriy tarkibiy qismi, balki yashash muhiti hamdir. Suvning vazifalari ko'p jihatdan uning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlari bilan aniqlanadi. Bu xususiyatlar asosan suv molekulasining kichikligi va ularning qutblanishi hamda bir-biri bilan vodorod bog'lanishi orqali amalga oshiriladi.

Qutblanish deganda molekuladagi zaryadlarning notekis taqsimlanishi tushiniladi. Suv motekulasining bir chekkasi kuchsiz musbat zaryadga ega bo'lsa, ikkinchisi manfiy bo'ladi. Bunday molekula dipoldeb ataladi. Kislorodning elektromanfiy atomi vodorod atomining elektronlarini o'ziga tortishi tufayli elektrostatik o'zaro ta'sir vujudga keladi va suv molekulalari yopishganday bo'ladi (29-rasm).

Bu o'zaro ta'sir ion bog'lariga nisbatan odatda ancha kuchsiz bo'lib, vodorod bog'lar deb ataladi. Suv qutblangan moddalar uchun juda yaxshi erituvchi hisoblanadi.

Suv erituvchi sifatida hujayra moddalarning parchalanishini ta'minlaydi. Shu bilan birga hujayra faoliyati tufayli hosil bo'lgan moddalar suv yordamida tashqariga chiqariladi. Ko'pchilik kimyoviy moddalar hujayraning tashqi membranasi orqali faqat erigan holda o'tishi mumkin.



Suv toza kimyoviy modda sifatida ham o'ta muhim ahamiyatga ega. Bir qator katalizatorlar ta'sirida suv gidroliz reaksiyalarini amalga oshiradi. Bu reaksiyalarda suvning OH- va H+ guruhlari turli xil molekulalarning erkin valentligiga birikadi. Natijada yangi xususiyatga ega bo'lgan yangi modda hosil bo'ladi.

Suv katta issiqlik sig'imiga va issiqlikni yaxshi o'tkazish xususiyatiga ham ega. Shuning uchun hujayra ichidagi harorat deyarli o'zgarmaydi yoki hujayra atrofidagi muhitga nisbatan juda kam darajada farqlanishi mumkin.

Mineral tuzlar. Hujayradagi anorganik moddalarning katta qismi tuzlar sifatida uchraydi. Ular ion holatida yoki qattiq erimaydigan tuz ko'rinishida boiadi. Ion holda uchraydiganlar orasida K+, Na+, Ca2+ tuzlari muhim ahamiyatga ega. Chunki ular tirik organizmlaiga xos bo'lgan xususiyat qo'zg'atuvchanlikni amalga oshirishni ta'minlaydi.

Hujayraning buferlik xususiyati uning ichki qismidagi tuzlarnmg aralashmasiga bog'liq. Hujayraning ichki muhitini mo'tadil darajada kuchsiz ishqoriy holatda saqlab turish qobiliyati uning buferligi deb ataladi. Hujayraning ichki muhit buferligini asosan H2PO4- va HPO4-  anionlari ta'minlaydi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik va qonda buferlik vazifasini H2CO3 va HCO3- bajaradi. Kuchsiz kislotalar va kuchsiz ishqorlarning anionlari vodorod ionlari hamda gidroksil-ionlar (OH-) bilan bog'lanadi. Natijada hujayraning ichki muhiti buferlik darajasi ya'ni, pH qiymati deyarli o'zgarmaydi.

Ca va P ning asosiy qismi suyak to'qimalarini hosil qilishda ishtirok etadi. Ulardan asosan murakkab kalsiy fosfat va murakkab kalsiy karbonat tuzlari ko'rinishda foydalaniladi.

