 19- . Tomirlardan qon ketganda birinct yordam korsatish

? Kapillarlar, vena va arteriyadan qon ketishi, qovuzloq qoyish, ichki qon ketishi
Qonketishiningorganizimgatasiri. Odam tomirlari boylab 5 litrga yaqin qon oqib turadi. Qon tomirlari jarohatlanib, kop qon yoqotilganida qon bosimi pasayib ketadi; miya, yurak va barcha organlarning kislorod bilan taminlanishi izdan chiqadi. Odam hayoti uchun jiddiy xavf tugiladi. Odam 2 - 2,5 litrdan koproq qon yoqotganida halok boladi.
Kapillardan qon ketishi. Kapilyarlar shikastlanganida qon sekin oqadi. Shuning uchun qon ketishini toxtatish oson. Buning uchun shikastlangan joy yod eritmasi bilan zararsizlantirilib, toza bint bilan boglab qoyiladi.
Bazan burun devoridagi mayda kapilyarlar jarohatlanib, burundan asta-sekin qon keta boshlaydi. Bunday hollarda burun ehtiyotlik bilan sovuq suvda bir necha marta chayqaladi. Bemorning burni barmoq bilan qisib, uning ustiga sovuq suvda hollangan sochiq qoyiladi. Burandan qon ketishining sabablarini aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish lozim.
Venalardan qon ketishi. Venalardan qon ketishi kapillarlardagiga nisbatan kuchliroq boiadi. Shuning uchun shikastlangan joydagi ivigan qon toxtovsiz yuvilib ketaveradi. Kichikroq venalar shikastlanganida shikastlangan tomir siqib boglab qoyiladi va bemor shifoxonaga jonatiladi. Yirik venalar shikastlanganida ham arteriyalar shikastlanganida korsatilganidek tadbirlar qollaniladi.
Arteriyalardan qon ketishi. Arteriyalarda bosim yuqori bolganidan ular jarohatlanganda tomirdan qon fawora bolib otilib chiqa boshlaydi. Shuning uchun arteriyalardan qon ketishi hayot uchun juda xavflidir. Qon ketishini toxtatish uchun qon tomiri jarohatlangan joydan yuqoriroqdan barmoq bilan bosib turiladi va bu joyga rezina, bint yoki boshqa materialdan qovuzloq qoyiladi (34- rasm). Teri shikastlanmasligi uchun qovuzloq ostiga bint yoki boshqa mato oraladi. Mato orasiga tayoqcha kiritilib, qovuzloq qon toxtaguncha buriladi. Songra tayoqcha bint bilan qovuzloqqa oraladi va jarohatlangan joy boglab qoyiladi va bemor tezda shifoxonaga jonatiladi. Qovuzloq, 1,5-2 soatdan ortiq turmasligi lozim. Aks holda qol yoki oyoqning qovuzloqdan pastki qismidagi toqimalar qonsizlanib, ishdan chiqishi mumkin.
Arteriyadan qon ketishini qol yoki oyoqni qattiq bukish orqali ham toxtatish mumkin. Buning uchun bukiladigan joyga yumaloqlangan bint yoki paxta qoyilib, oyoq yoki qol bukilgan holida boglanadi.
Ichki qon ketish qorin va kokrak boshligi, meda, ichak, bosh qutisi yoki boshqa organlar bilan bogliq bolishi mumkin. Bunday hollarda zudlik bilan tez tibbiy yordan chaqirish, bemorni yotqizilgan yoki otirgan holatda tinch qoldirish kerak. Qon ketish gumon qilingan joy ustiga muz, qor yoki sovuq suv solingan polietilen xalta qoyiladi.


NcUaSC% ' 