^ V bob. NAFAS OLISH SISTEMASI
20- . Nafas olish, nafas olish organlarining tuzilishi
? Ahamiyati va funksiyasi
Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kis-lorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi.
Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat:
1. Opka alveolalari va tashqi muhit ortasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish).
2. Opka alveolalari va opkaning kapillar qon tomirlari ortasida kislorod hamda karbonat angidrid almashinuvi.
3. Qon va toqimalar ortasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (ichki nafas olish).
Nafas olish organlariga burun boshligi, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, opkalar va plevra pardalari kiradi (35- rasm).
Burun boshligi tosiq bilan ikkiga bolingan. Uning ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan. Bu pardada juda kop mayda bezchalar bolib, ulardan havoni tozalash vazifasini bajaruvchi shilimshiq suyuqlik ajraladi. Burun boshligi nafas havosini tozalaydi va ilitib otkazadi.

Hiqildoq IV-VI boyin umurtqalari roparasida joylashgan.
Hiqildoq havo otkazuvchi nafas yoli vazifasini bajarishdan tashqari, u tovush hosil qiladigan ovoz apparati hamdir. Uning ichki qavati tukli shilimshiq pardadan iborat, devori esa togay va muskullardan tashkil topgan. Ichki qavatining ortasida tovush boylamlari va muskullari joylashgan. Ularning harakati, qisqarishi va boshashishi natijasida ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi orqali tovush hosil boiadi.
Hiqildoqdan havo uning pastki qismiga tutashgan nafas yoliga, yani kekirdakka otadi.
Kekirdak (traxeya) hiqildoqning pastki qismidan, yani VI - VII boyin umurtqalari roparasidan boshlanib, V kokrak umurtqasi roparasigacha davom etadi va shu joyda ong va chap bronxlaiga boli-nadi. Uning uzunligi odamning boyiga qarab, 9 - 13 sm gacha yetadi.

Kekirdakning devori 16-20 ta yarim aylanasimon togaylar va paylardan tashkil topgan.
Bronxlar V kokrak umurtqasi roparasida kekirdakning ikkiga (ong va chap bronxlarga) bolinishidan hosil boladi. Bronxlar opka toqimasiga kirib, xuddi daraxt shoxiga oxshab, juda kop mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola pufakcha-larini hosil qiladi. Kekirdak va bronxlar nafas yoli hisoblanib, ular havoni ilitib, namlab, mayda chang zarrachalaridan tozalab, opka alveolalariga otkazadi.
Opka bir juft bolib (ong va chap opka), konussimon tuzilgan. Ular kokrak qafasining ikki tomonida joylashgan. Ong va chap opkaning ortasida kekirdak, qizilongach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomMari va tugunlari hamda yurak joylashgan.
Opkalar pastdan diafragma, orqadan umurtqa pogonasi, oldingi tomondan tosh suyagi va atrofldan qovurgalar bilan chegaralangan. Opka toqimasi daraxtsimon shakldagi ortacha, mayda va eng mayda bronxchalardan hamda pufakchasimon alve-olalardan tashkil topgan. Opka alveolalarida gaz almashinuvi jarayoni kechadi. Ularning devori bir qavatli epiteliy toqimasidan iborat bolib, atrofi mayda qon tomirlari  kapillarlar bilan torsimon shaklda oralgan. Alveolalarning soni ikkala opkada 750 mln atrofida boladi. Alveolalarning umumiy sathi 100 m2 ni tashkil qiladi. Ular yuzasining bunday katta sathga ega bolishi opka bilan tashqi muhit ortasida hamda alveolalar bilan qon ortasida gazlar almashinuvi tezlashuvini taminlaydi.
Opkalar tashqi tomondan plevra pardasi bilan oralgan. U ikki qavatdan (ichki va tashqi) iborat bolib, ular orasida torgina plevra boshligi hosil boladi. Plevra boshligidagi bosim atmosfera bosimidan past bolib, u nafas olib chiqarishda opkaning kengayib va torayishiga qulaylik tugdiradi.

iSbaSC% 3  