 21- . Ovoz apparati
? Tuzilishi va vazifasi
Ovoz hosil bolishida hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, muskullari bilan birga, til, lablar, ogiz boshligi, burun boshligi va uning yuz, peshana suyaklari orasida joylashgan qoshimcha kovaklari, halqum, kekirdak, bronxlar va opkalar ham ishtirok etadi.

Odam gapirmay turganda hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlarining teshigi ochiq holda boladi (u uchburchak shaklda). Pi-chirlab sozlaganda ham ovoz teshigi ochilgan holda boladi. Sozlashganda, kuylaganda ovoz teshigi yopiladi va opkadan nafas bilan chiqariladigan havo katta kuch bilan ovoz boylamlariga tasir qilib, ularning tebranishi natijasida ovoz hosil boladi (36- rasm).

Ovozning otkirligi ovoz boylamlarining kalta yoki uzun bolishiga bogliq. Ayollarda ularning uzunligi ortacha 18 - 20, erkaklarda 20 - 22 millimetr.
Nafas harakatlari nafas olish va nafas chiqarishdan iborat. Nafas olish harakati qovurgalarning kotarilishi va diafragmaning pastga tushishi orqali taminlanadi. Qovurgalarning kotarilishi boyin va tashqi qovurgalararo muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Diafragmaning pastga tushishi esa uning muskullari qisqarishi natijasida sodir boiadi. Bu harakatlar natijasida kokrak qafasining hajmi kattalashadi, opka kengayadi va tashqi muhitdan opkaga havo sorib olinadi.
Nafas chiqarish harakati ichki qovurgalararo va qorin muskullarining qisqarishi orqali taminlanadi. Ichki qovurgalararo muskullar qisqarganda qovurgalar pastga tushadi, qorin muskullari qisqarganda diafragma yuqoriga kotariladi. Natijada kokrak qafasining hajmi kichrayib, opkalarning torayishiga va ulardagi havoning tashqi muhitga siqib chiqarilishiga sabab boladi.
Opkaning tiriklik sigimi. Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari natijasida opkalarga, yani ularning alveolalariga uzluksiz ravishda tashqi muhitdan havo kirib va chiqib turadi.
Odam tinch turganda ortacha 500 ml havo oladi va shuncha havoni chiqaradi. Bunga nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas olsa, tinch nafas olgandagi 500 ml nafas havosining ustiga opka-ga yana 1500 ml havo kirishi mumkin (qoshimcha havo). Odam tinch nafas chiqarishdan song (nafas havosi 500 ml) chuqur nafas chiqarsa, opkadan yana 1500 ml havo chiqaradi (rezerv havo). Shunday qilib, 500 ml nafas havosi + 1500 ml qoshimcha havo + 1500 ml rezerv havo=3500 ml opkaning tiriklik sigimini tashkil etadi. Erkaklarda opkaning tiriklik sigimi 35004500 ml gacha, ayollarda  3000 - 3500 ml gacha boladi. Jismoniy chiniqqan odamlarda* bu korsatkich koproq boladi.
Opkalar ventilatsiyasi. Odam tinch turgan vaqtda bir minutda 16 - 18 marta nafas oladi. Har bir nafas olganda 500 ml atmosfera havosi opkaga kiradi. Agar bir minutdagi nafas soni har bir marta nafas olganda opkaga kirgan havo miqdoriga kopaytirilsa, opkaning minutlik ventilatsiyasi kelib chiqadi. Tinch holatda opkaning minutlik ventilatsiyasi 8-9 1 ga teng. Masalan, bir minutda 16 marta nafas olinsa, har bir nafas olganda opkaga 500 ml havo kiradi: 16*500=8000 ml.

\FQaSC% . 