23-. TUGUNAK VI LDIZPOYALAR

Tugunak va ildizpoyalar ham osimliklaming shakli ozgargan
yer osti novdasidir. Tugunak osimliklarga hammamizga tanish
bolgan kartoshka, shoyigul, batat kabilar, ildizpoyali osimliklarga
esa gumay, qamish, ajriq, yalpiz, gulsafsar va shirinmiyaga
oxshash turlar kiradi. Ulardan eng kop tarqalgani
kartoshka bilan tanishamiz. Kartoshkaning tugunaklari uning
yer ostidagi organlarida hosil boladi. Demak, kartoshka shakli
ozgargan yer osti novda ekan (43-rasm). 
img/res/43rasm.png






U, asosan, yumaloq
shaklda bolib, ozida kop miqdorda oziq moddalar (ayniqsa,
kraxmal) saqlaydi, ichki tuzilishi jihatidan novdaga oxshaydi.
Tugunaklaridagi chuqurchalarda  kozchalarida kurtaklar
joylashganligi bilan boshqa yer osti novdalardan farq qiladi.
Tugunaklar issiq, sernam sharoitda tez kokara boshlaydi.
Tugunakdagi kurtaklardan yangi novda sib chiqadi. Kurtaklaming
kop qismi tugunakning uchiga yaqinroq joylashadi.
Shuning uchun kartoshka, odatda, uchki kurtaklardan osa
boshlaydi.
Agar kartoshka tugunagi kesib korilsa, uning ichki tuzilishi
poyanikidan farq qilmasligini korish mumkin.
Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun
kesilgan tugunakka bir tomchi kuchsiz yod eritmasi tomizilsa,
u asta-sekin kokaradi. Kraxmal boshqa osimlikdagi singari
barglarda hosil bolib, osha yerda shakarga aylanadi va
postloqning elaksimon naychalari orqali tugunakka keladi. Bu
yerda u qaytadan kraxmalga aylanadi va toplanadi.
Bahorda kartoshka tugunaklari yerga ekilganda ulardagi
kraxmal qaytadan shakarga
aylanadi. Ularning kurtaklari ana
shu sh ak ar e ritm a si b ilan
oziqlanadi va osadi.
Songgi yillarda kartoshkani
kozchalaridan ekib hosil olishga
katta etibor berilmoqda.
Kartoshkaning inson hayotidagi roli benihoya katta, u asosan oziq-ovqat sifatida
ishlatiladi.
44-rasm.
img/res/44rasm.png





Ildizpoyalar: gumay.
Ildizpoya. Ildizpoyalarda
qoshimcha ildiz, shakli ozgargan
barg va kurtaklar boladi.
Bu kurtaklardan qulay sharoitda
yangi yer usti poya osib
chiqadi. Bunday osimliklarni
ariq boylarida, zax yerlarda,
osimliklar orasida, xususan, paxtazorlarda koplab uchratish
mumkin.
Ildizpoyalarda ham kraxmal va boshqa oziq moddalar to planadi.
Ildizpoyali osimliklardan gumay bilan tanishamiz (44-
rasm). U kop yillik yogon ildizpoyali ot. Poyasi 50150 sm
balandlikda. Barglari qalami nashtarsimon. Ildizpoyasi va
urugidan kopayadi. Gumay sugoriladigan ekinlarga katta zarar
keltiradigan osimliklardan hisoblanadi. Uni yoqotish uchun
kuzda yerni chuqur haydab, ildizpoyani terib tashlash kabi
choralar koriladi.
Ildizpoya osimlikning vegetativ kopayishi uchun xizmat
qiladi.
Ildizpoyalarda ham kop miqdorda oziq moddalar to planadi.
Shuni ham aytish kerakki, ildizpoyada novdaga xos
qoshimcha ildizlar, shakli ozgargan barg va kurtaklar boladi.
Shunday qilib, tugunak va ildizpoya yer osti novdalari
shaklining ozgarishidan hosil boladi. 
