l 23 - . Suniy nafas oldirish
? Umumiy nafas olish organlarining kasalliklari
Odam shikastlanganda, suvga chokkanda va boshqa ogir kasalliklarda miyadagi nafas markazining ishi buzilib, nafas toxtab qolishi mumkin. Bunday vaqtda bemorga yordam berish maqsadida suniy nafas oldiriladi.
Suniy nafas oldirish ikki usulda: ogizdan ogizga yoki 201Eogizdan burunga usulida amalga oshiriladi. Birinchi usul quyidagicha bajariladi.

1. Bemor tekis joyga chalqancha yotqiziladi. Uning ogzidagi kopik rezina balloncha yordamida sorib olinadi yoki barmoqqa bint orab artib olinadi (38- rasm, 1).
2. Bemorning yelkasi tagiga yupqa yostiq qoyiladi. Songra yordam beruvchi odam bir qoli bilan bemorning boynini orqa tomonidan, ikkinchi qol bilan boshining tepa qismidan ushlab, boshi-ni orqa tomonga egadi. Uning tili orqa tomonga ketib, burun-halqumini yopib qoymasligi uchun u biroz oldinga tortiladi va kuzatib turiladi (38- rasm, 2).
3. Bemorning ogziga ikki qavat bint yopiladi. Yordam beruvchi yon tomonga otirib, bir qolini uning boynini orqa tomonidan otkazib, ikkinchi qoli bilan burnini qisadi. Ozi chuqur nafas olib, labini bemor labiga qoyib, bint orqali uning ogziga bor kuchi bilan puflaydi. Shundan keyin bemorning burnini qisishni toxtatadi. Shu vaqtda bemorning kokragi biroz shishsa, puflagan havo uning opkasiga rogan boladi. Songra yordam beruvchi ikki qolining kaftini bemor kokragining ikki tomoniga qoyib bosadi. Shu vaqt uning opkasidagi havo tashqariga chiqadi. Songra bemorning burnini yana qisib, ogzini ogziga qoyib puflashni takrorlaydi. Puflash har 45 sekundda takrorlanadi, yani bir minutda 1215 marta puflanadi va kokragini bosib nafas chiqariladi. Agar bemorning yuragi ishlab turgan bolsa, to uning ozi nafas ola boshlaguncha suniy nafas oldirish davom ettiriladi (38- rasm, 3).
Izoh. Bemorning labi yara va tishlari qonagan bolsa u ogizdan burunga usulida suniy nafas oldiriladi. Buning uchun bemorning burniga bint yoki romolcha yopib, yordam beruvchi uning burniga puflaydi. Bir qoli bilan bemorning pastki jagini kotarib, uning ogzini yopib turadi.
Nafas olish organlarining kasalliklari. Burun ichki shilliq qavatining yalliglanishi (rinit), tomoq shilliq qavatining yalliglanishi (faringit), tomoqdagi bodomsimon bezlarning yalliglanishi (angina), hiqildoq ichki qavatining yalliglanishi (laringit), traxeya va bronxlar ichki qavatining yalliglanishi (traxeit va bronxit), opka toqimasining yalliglanishi (zotiljam) kasalliklari odamda tez-tez uchrab turadi.
Nafas olish organlari gigiyenasi. Nafas olish organlarining normal rivojlanishi, ularni har xil kasalliklardan muhofaza qilishda gigiyena qoidalariga rioya etish muhim ahamiyatga ega.
Odam yoshligidan burun orqali chuqur nafas olish va chiqarishga odatlansa nafas harakatlarida ishtirok etuvchi qovurgalararo muskullar va diafragma yaxshi rivojlanadi, opkaning tiriklik sigimi ortadi. Organizmni turli sharoitda chiniqtirish, sovuq suvda yuvinish va ochiq havoda sayr qilish kabilar nafas olish organlari kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.
Chekishning nafas olish organlariga zararli tasiri. Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlardan malum bolishicha, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan koproq zaharli modda bor ekan. Shulardan nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol kabilar odam organizmining barcha organlariga, jumladan, nafas olish organlariga zaharli tasir korsatadi.
Xalqaro Sogiiqni Saqlash Tashkiloti malumotlariga kora, chekish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan har yili dunyoda ikki yarim million kishi halok boladi. Chekish oilaga katta moddiy zarar ham yetkazadi.

IgdaSC% W 