26-. Nuklein kislotalar


Tirik organizmlar, shu jumladan viruslar uchun ham nuklein kislotalarning ahamiyati juda katta. Ular irsiy belgilarni saqlash va nasldan-naslga otkazish, oqsillar biosintezi kabi muhim hayotiy jarayonlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi.

Nuklein kislotalardastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli nuklein kislotalar (nukleus  yadro) deb atalgan. Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki xloroplast va mitoxondriyda ham mavjudligi aniqlangan.

Nuklein kisloialardan biri hisoblangan DNKning tuzilishini kashf etilishi biologiyaning yangi davrini boshlab berdi. Chunki bu kashfiyot tirik hujayralar binobarin, tirik organizmlar ham qanday qilib xuddi oziga oxshash nasl qoldirishning sirlarini ochishga imkon yaratdi. Shu bilan birga u hayot faoliyatini qanday qilib boshqarish haqidagi axborotning kochirilishini ham korsatib berdi.

Nuklein kislotalarning monomerlari nukleotidlardir. Ulardan uzundan-uzoq polinukleotidlar hosil qilinadi. Nukleotidlar murakkab tuzilishga ega. Ularning tarkibida fosfor kislotasi, monosaxarid va azot asoslari boladi, Ular bir-biridan azot asoslarining turiga qarab tortga ajratiladi. Bular adenin, guanin, sitozin, timin (urasil)dir. Nuklein kislota tarkibidagi monosaxarid ikki xil: riboza va dezoksiriboza dan iborat. Ribozaning molekulasida 5 ta uglerod atomi boladi, glyukozada esa uglerod atomlarining soni 6 taga teng.

Dezoksiriboza tarkibida bir atom kislorod etishmasligi bilan ribozadan farq qiladi. Bu ikkala monosaxarid bir polenukleotidda va bir nuklein kislota tarkibida bir vaqtda hech qachon uchramaydi. Bir-biri bilan har doim faqat ribonukleotidlar yoki faqat dezoksiribonukleotidlar hosil qilib birlashadi. Shunday qilib, bu ikki xil monosaxarid ikki tipdagi polinukleotidni va shu tufayli ikki xil nuklein kislotani hosil qiladi. Bu ikki xil monosaxaridni boshlangich xarflari D va R bilan, nuklein kislota sozlarini boshlangich xarflari NKni qoshsak, bunda ikki xil turdagi nuklein kislotaning qisqartirilgan nomi DNK (dezoksiribonuklein kislota) va RNK (ribonuklein kislota) hosil boladi. DNK molekulasida azot asoslaridan adenin, guanin, sitozin va timin uchraydi.

DNK molekula massasi juda katta bolgan qosh zanjirli polimer birikma. Bitta molekula tarkibida haddan tashqari kop nukleotidlar boladi (31-rasm). DNK molekulasida oqsil sintezi togrisida axborot joylashgan. Shu bilan birga DNK molekulasi ana shu axborotning nusxasini kopaylirish xususiyatiga ega. Bu tirik organizmlar haqidagi irsiy axborotni aniq bolda nasldan naslga otkazish demakdir.

DNK hujayra yadrosida, shuningdek mitoxondriy va xloroplastlarda boladi. U xromosoma tarkibiga kirib, oqsillar bilan birikkan holda uchraydi.

DNKning tuzilishini amerikalik biolog J. Uotson va angliyalik fizik otim F. Krik kashf etganlar.



Ribonuklein kislotalarning tuzilishi DNKga oxshash boladi. Ularning tarkibiga azot asoslaridan adenin, guanin, sitozin va uratsil uchraydi. Asosiy farqi RNK bir zanjirli molekulalardan iborat. Molekulyar massasi ularning turiga qarab har-xil boladi. Ular transport (t-RNK), informatsion (axborot) (i-RNK) va ribosomal (r-RNK)ga bolinadi. Bunday nomlanish ular bajaradigan vazifalari bilan bogliqdir. RNK ning barcha turlari oqsil sintezida ishtirok etadi.
