27-. Moddalar almashinuvi


Hujayralarning hayot faoliyati bir me'yorda kechishini ta'minlash uchun ularda to'xtovsiz ravishda biosintez yoki biologik sintez jarayonlari amalga oshiriladi.

Tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda o'zgarib turadi. Bu jarayon moddatar almashinuvi yoki metabolizm deb ataladi. Moddalar almashinuvi tirik organizmning yashashi, o'sishi, hayot faoliyati, ko'payishi va tashqi muhit bilan doimo aloqada bo'lishini ta'minlaydi. Bu esa tirik organizmlarning o'zini-o'zi yangilashga, o'ziga o'xshash nasl qoldirishga olib keladi, ularning yashashi uchun zarur shart hisoblanadi.

Moddalar almashinuvi jarayonida tirik organizm tashqi muhitdan turli-tuman moddalarni qabul qiladi. Hayotiy hodisalar asosan moddalar almashinuvi tufayli namoyon bo'ladi. Tirik organizmlar tomonidan o'zlashtirilishi ya'ni ozuqani hazm bo'lishi moddalar almashinuvining dastlabki bosqichi, hayot faoliyati natijasida hosil bo'lgan keraksiz mahsulotlarni tashqariga chiqarilishi esa oxirgi bosqich hisoblanadi. Hujayralarda sodir bo'ladigan jarayonlar oraliq bosqich deb ataladi.

Moddalar almashinuvi bir-biriga qarama-qarshi, lekin o'zaro bog'langan ikki jarayonni o'z ichiga oladi. Bular assimilyatsiya yoki anabolizm va dissimilyatsiya yoki katabolizm reaksiyalaridan iborat.

Anabolizm jarayonida tirik organizmlarda moddalarning hosil bo'lishi ya'ni sintezlanish jarayoni kuzatilad. Bunda organizm tashqi muhitdan har-xil moddalrni qabul qiladi va uni o'zlashtiradi. Masalan, odam hayot faoliyati tufayli 1 yilda taxminan 1,5 tonna kislorod va ozuqani o'zlashtirishi aniqlangan. Bu bir kunda o'rtacha 0,86 kg kislorod, 2,1 kg suv, 0,81 kg organik moddalar va 0,1 kg mineral tuzlarga teng keladi. Odam tomonidan iste'mol qilinadigan bir kunlik ozuqaning energiyasi  3000 kilokaloriyaga teng keladi.

Katabolizm jarayonida moddalarning parchalanishi va ularda to'plangan energiyaning ajralishi kuzatiladi. Moddalarning parchalanishi kislorod ishtirokida oksidlanishi bilan va kislorodsiz muhitda - achish jarayonida amalga oshiriladi. Natijada ajralib chiqqan energiya oiganizmning nafaqat faol holatidagi hayotiy vazifalarni bajarishga, balki tinch holatdagi talablarini qondirish uchun ham sarflanadi.

Fermentlar yordamida oddiy kichik molekulali moddalardan murakkab yuqori molekulali birikmalar: aminokislotalardan oqsillar, monosaxaridlardan esa murakkab karbonsuvlar hosil bo'ladi. Azot asoslari nukleotidlar hosil qilishda ishtirok etadi va ulardan nuklein kislotalar shakllanadi. Xuddi shu tartibda oddiy asetat kislotalardan murakkab yog' kislotalari paydo bo'ladi. Ular glitserin moddasi bilan reaksiyaga kirishib yog'larni va moylarni hosil qiladi. Biosintetik reaksiyalar har bir individ va turga xos bo'lgan xususiyatlar asosida farqlanib turadi. Provardida oqsil-fermentlar yordamida hosil bo'ladigan yirik organik molekulalar tuzilishi DNK tartibidagi nukleotidlarning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Bu esa o'z navbatida mazkur hujayraning genlar to'plami-genotip bilan bog'liq.

Hosil bo'lgan moddalar o'sish jarayonida hujayra va ularning organoidlarini hosil qilish hamda sarflangan yoki parchalangan molekulalarni tiklash uchun ishlatiladi.

Barcha sintez (hosil qiluvchi) reaksiyalarida energiyani sarflash ro'y beradi. Parchalanish reaksiyalarida esa aksincha, eneigiya ajralib chiqadi.
