; 21-.Yashil bronza qongizining ichki tuzilishi


Hazm qilish sistemasi. Yashil bronza qongizi osimliklar guli, yosh barglari va yetilmagan mevalari bilan oziqlanadi. Qongiz otkir yuqori jaglari yordamida osimlik, toqimasini uzib olib, pastki jaglari bilan chaynab maydalaydi. Ana shunga oxshash qattiq oziqni chaynashga moslashgan ogiz organlari kemiruvchi hisoblanadi. Oziq ogiz boshligida solak bilan aralashadi va qisqa halqum orqali qizilongachga, undan muskulli oshqozonga tushadi (44-rasm). Oshqozonda ezilgan oziq ichakka otadi. Ichakda oziq hazm boladi. Hazm bolmay qolgan oziq qoldiqlari orqa chiqaruv teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

Hasharotlar ogiz organlari har xil tuzilgan. Qattiq osimlik va hayvonlar toqimalari bilan oziqlanadigan hasharotlar (qongizlar, chigirtkalar, chumolilar, beshiktervatarlar)ning ogiz organlari yashil bronza qongizinikiga oxshash kemiruvchi boladi. Suyuq oziq (osimlik shirasi, gul nektari, qon) bilan oziqlanadigan hasharotlarning ogiz organlari uzun va ingichka xartumchadan iborat.

Qon aylanish sistemasi hamma bogimoyoqlilar singari ochiq boladi. Qoni tana boshligini toldirib turadi. Ichki organlari va toqimalari qon suyuqligida joylashgan. Qondagi oziq moddalar toqimalarga otadi, toqimalardan esa moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari qonga chiqariladi. Hasharollarning qoni nafas olishda ishtirok elmaydi, yani icislorod tashimaydi. Yuragi qorin bolimida, ichagi ustida tana boylab joylashgan muskulli naychadan iboral. Yurakdan bosh tomoniga qarab bitta qisqa qon tomiri ketadi. Bu tomirning uchi tana boshligiga ochiladi.Yurak qisqarganida qon yurakdan ana shu tomir orqali bosh tomonga haydaladi va u yerdan tana boshligiga kelib quyiladi. Yurak kengayganda esa qon tana boshligidan yurakning ikki yonidagi teshikchalar orqali uning ichiga otadi.

Nafas olish sistemasi tana boshligida joyiashgan juda kop shoxlangan ingichka naychalarga oxshash traxeyalardan iborat. Havo qorin bolimida joylashgan tashqi nafas olish teshiklaridan naychalarga otadi. Naychalar orqali hamma tana organlariga yetib boradi. Traxeya naychalaridagi havo qorin muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli almashinib turadi.

Ayirish sistemasi qorin boshligida joylashgan ingichka va uzun malpigi naychalaridan iborat. Naychalarning bir uchi berk, ikkinchi uchi esa ichak boshligiga ochiladL Tana boshligidagi qondan malpigi naychalariga moddalar almashinuvi mahsulotlari otib, naychalar boshligida kristallanadi va ichak boshligiga otib, undan oziq qoldigi bilan birga chiqib ketadi.

Nerv sistemasi boshqa bogimoyoqlilarnikiga oxshash bolib, halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Boshdagi juda kop nerv hujayralari qoshilib, bosh miyani hosil qiladi. Bosh miyadan hamma sezgi organlariga nervlar chiqadi. Murakkab fe1-atvorga ega bolgan arilar va chumolilarning bosh miyasi va nerv tugunlari boshqa hasharotlarnikiga nisbatan kuchli rivojlangan. Hasharotlarning murakkab xulq-atvori va sezgi organlarining rivojlanganligi nerv sistemasi bilan bogliq.

Sezgi organlari. Hasharotlar kozining tuzilishi daryo qisqichbaqasinikiga oxshash. Kopchilik hasharotlar rangni, ayniqsa hidni juda yaxshi sezadi. Ayrim kapalaklarning erkagi urgochisining hidini 11 km masofadan sezgan va uchib kelgan. Hasharotlar tamni ham yaxshi farqlay oladi. Kopchilik hasharotlar (chirildoqlar, temirchaklar, jizildoqlar)da ovoz chiqarish va eshitish organlari ham bor. Hasharotlar tanasidagi va moylovlaridagi har xil tuklar teri sezgi organlari hisoblanadi.

Hasharotlar ogiz organlarining tuzilishi ularning oziqlanish usuliga kora kemiruvchi soruvchi yoki boshqa xilda boladi. Hasharotlarning qoni nafas olishda ishtirok etmaydi; faqat oziq moddalarni tashiydi. Shuning uchun qon aylanish sistemasi juda soddalashgan. Ayirish sistemasi malpigi naychalari, nafas olish sistemasi traxeyalardan iborat. Halqumusti nerv tugunlari murakkablashib, bosh miyani hosil qiladi. Hasharotlarning hid bilish, tam bilish, tuygu, ovoz chiqarish va eshitish organlari rivojlangan. Ular rangni korish xususiyatiga ega.

fOi`SC3 $o 