 28-. Plastik almashinuv. Oqsillar biosintezi. Genetik kod


Biologik sintez reaksiyalarning to'plami plastik almashinuv (yoki assimilyatsiya) deb ataladi. Modda almashinuvida bu turning nomi uning mohiyati bilan bog'liq: hujayra tashqaridan kelayotgan oddiy moddalar hisobiga o'zi uchun zanir bo'lgan birikmalarni hosil qiladi. Quyida plastik almashinuvning eng muhim shakllaridan biri bo'lgan oqsil biosintezini ko'ramiz. Chunki tirik organizmlarda boradigan har xil biokimyoviy jarayonlar orasida oqsil birikmalarining sintezi alohida o'rin egallaydi. Moddalar almashinuvi aslida oqsillar almashinuvi bilan bog'liq bo'tib, oqsillarga xos bo'lgan biror xususiyatning o'zgarishi ayni paytda moddalar almashinuvi jarayonining o'zgarishiga ham sabab bo'ladi.

Oqsillarning biologik vazifasi asosan aminokislotalarning oqsil molekulasidagi o'rni ya'ni, ularning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Binobarin, bunday molekulalar biosintezi oldindan belgilangan reja bo'yicha amalga oshishi kerak. Bunday reja DNK molekulasida 4 xil nukleotidlarning yordamida yozilgan bo'lib, u oqsil molekulasining nusxasi yoki qolipi deb yuritiladi. 20 xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 4 xil nukieotidlar yordamida ifodalanishi genetik kod deb ataladi. Har bir aminokislota 3 ta nukleotidning birikishidan hosil boigan triplet kod yordamida ifodalanadi. 20 ta aminokislatani ifodalash uchun 61 ta tripletli koddan foydalaniladi. Demak, bitta aminokislota 2 va undan ortiq kod yordamida ifodalanadi. Kodlarning umumiy soni 64 (43=4x4x4) taga teng. Qolgan 3 ta kod oqsil sintezining boshlanishi va tugallanishini bildiradi.

Genetik kod barcha tirik oiganizmlar uchun universal hisoblanadi. Demak, u mikroorganizmlardan odamgacha bir xildir. Genetik kodning muhim xususiyatlaridan biri uning o'ziga xosligi bo'lib, bitta triplet bitta aminokislotaga mos keladi.

Oqsil biosintezi o'ta murakkab jarayon bo'lib, bunda xilma-xil ferment va RNK lar ishtirok etadi. Bu jarayon hujayraning maxsus sintez qiluvchi organoidi  ribosomalarda kechadi.

Dastlab aminokislotalar ATF energiyasi yordamida faol holga keladi va t-RNK lar yordamida ribosomalarga tashib keltiriladi. Oqsit to'g'risidagi axborot DNK molekulasidan i-RNK lar yordamida ko'chirib olinadi va ribosomaga beriladi. Demak, DNKning zanjirlaridan birida RNK molekulasi sintezlanadi. i-RNK nukleotidlarning ketma-ketligi DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligiga mos (komplimentar) bo'ladi (32-rasm).

Shunday qilib, sitoplazmada ribosoma va i-RNK dan iborat oqsil sintez qiluvchi majmua hosil bo'ladi. Ribosoma i-RNK bo'ylab harakat qiladi va polipeptid zanjirning hosil bo'lishi boshlanadi. Bu harakat davomida ribosomaga ketma-ket ravishda aminokislotalar kelib qo'shiladi.

Aminokislota bilan tripletli kodining mos kelishini t-RNK belgilaydi. Oqsil molekulasi sintezi tugallangach, polipeptid zanjir ribosomadan ajraladi. Ribosoma va i-RNK molekulasidan oqsillar biosintezida qayta-qayta foydalanish mumkin.
