 2-. Tiriklikning tuzilish darajalari
Tirik organizmlar yoki biologik tizimlar quyidagi darajalarda bo'ladi: molekula, hujayra, to'qima, organ, organizm, populyatsiya, biogeosenoz (ekotizim) vabiosfera.
Harbir tuzilish darajasida atrof-muhit bilan ya'ni moddalar, energiya va axborot almashinuvlar natijasida o'ziga xos muayyan tizimlar kelib chiqadi. Tizim deganda bir butunlikni tashkil etuvchi komponentlarning ma'lum izchillikdagi o'zaro bogianishlari va ta'sirlari tushuniladi. Shunday qilib, tizimning asosiy tarkibiy qismlari komponentlar, bog'lanishlar va chegaralardir. Barcha tirik organizmlar ochiq tizim hisoblanib, ular tashqi muhit bilan moddalar, eneigiya va axborot almashinuviga ega.
Keling, quyida tiriklikning asosiy tuzilish darajalarini ko'rib chiqaylik (2-rasm). Molekula. Ushbu bosqichda tirik tizim biologik faol yirik molekulalar, ya'ni: oqsillar, nuklein kislota va uglevodlarning faoliyat ko'rsatishida namoyon bo'ladi. Molekula bosqichda aynan tirik materiya uchun xos bo'lgan quyosh nuri energiyasining organik moddalarda bog'lanishi kimyoviy energiyaga aylanishi ya'ni moddalar almashinuvi, irsiy belgilarni o'tkazish hamda tuzilmalarning avlodlardagi barqarorligi singari jihatlar kuzatiladi.
Hujayra. Hujayra tirik organizmlarning tuzilish, rivojlanish va funksional birligidir. Hayotning hujayrasiz shakllari ham mavjud. Buning dalili sifatida viruslarni ko'rsatish mumkin. Ularga xos bol'gan ayrim tiriklik xususiyatlari faqat hujayrada namoyon bo'ladi.
Biologik moddalar ushbu bosqichda bir butun tizim sifatida birlashadi. Hujayra tuzilish darajasiga ko'ra barcha tirik organizmiar bir va ko'p hu-jayralilarga ajraladi.
To'qima. To'qima tuzilish jihatidan o'xshash hujayralar va hujayralararo modda yig'indisidan tashkil topgan boiib, ma'lum bir umumiy vazifani bajaradi.
Organ. Ko'pchilik hayvonlarda bir necha turdagi to'qimalarning tuzilish va funksional yig'indisi hisoblanadi. Masalan, odamning terisi epiteliy va biriktiruvchi to'qimalardan iborat, ular bir necha vazifalarni bajaradi.
Organizm. Organizm mustaqil hayot kechiruvchi yaxlit yoki bir va ko'p hujayrali tirik tizimdan iborat. Ko'p hujayrali organizm har xil vazifalarni bajarishga moslashgan to'qima va organJardan tashkil topadi.
Populyatsiya. Populyatsiya kelib chiqishi, yashash sharoiti va hayot tarzlari bir xil (o'xshash) organizmlarning yig'indisidan iborat. Ushbu bosqichda dastlabki evolyutsion o'zgarishlar kuzatiladi.
Biogeosenoz. Tiriklikning ancha yuqori darajadagi tuzilmasi hisoblanib, turlar tarkibi bo'yicha xilma-xil organizmlarni ularning yashash sharoitlari bilan bogliq holda birlashtiradi. Biogeosenoz daraja anorganik va organik moddalar, avtotrof va geterotrof organizmlarni o'z ichiga oladi. Biogeosenozning asosiy vazifasi cncrgiyani to'plash va taqsimlashdan iborat.
Biosfera. Sayyoramizdagi hayotning barcha ko'rinishlarini qamrab olgan, ancha yuqori darajadagi tabiiy tizimdir. Biosfera yerdagi turli-tuman hayotiy ko'rinmalarni qamrab oladi. Biosfera bosqichida sayyoramizdagi tirik organizmlarning hayot faoliyati bilan bog'liq ravishda barcha moddalar va energiyaning davriy aylanishi kuzatiladi.
