3-. KUZ FAS LIDA 0'SIMLIKLAR HAYOTIDA
RO'Y BERADIGAN 0'ZGARISHLAR


Kuz kop osimliklar hosili pishib yetiladigan fasl. Munajjimlarning
hisobiga kora, kuzgi kun bilan tunning tengligi
sentabr oyining 23-kuniga togri keladi. Kuz kelishi bilan kunlar
asta-sekin soviy boshlaydi. Kunlar qisqarib, tunlar uzaya
boradi. Havoda bulut paydo boladi. Kuz osimliklaming qishga
tayyorlanish davri hisoblanadi. Kuz kelganini hamma
osimliklarga qarab ham bilib bolmaydi, chunki bazi gulli
osimliklar kuz oylarida ham gullayveradi. Masalan: yovvoyi
o simliklardan zubturum, qoqiot, sachratqi, qoypechak;
madaniy osimliklardan atirgul, xrizantema, kartoshkagul va
boshqalar havo harorati iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda
davom etadi.

Kuzda juda kop yovvoyi va
madaniy osimliklarning mevasi
pishib yetiladi. Lekin bular
orasida ituzumga o xshab
mevasining asosiy qismi pishib,
uchki qismidagi gullari
ochilib turadigan yoki gozaga
o xshab pastki shoxlaridagi
kosaklari yetilib, uchki shoxlaridagi
gullari ochilib tu radigan
osimliklar ham kopuchraydi.
Kuzda o simliklarda sodir boladigan muhim biologik
ozgarishlardan biri xazonrezgilikdir. Bazi osimliklarda
xazonrezgilik sovuq tushmasdan oldin boshlanadi. Ayrim daraxtlar
va butalarning barglari kuz kelishi bilan, ayrimlariniki esa
birinchi sovuqdan keyin to kila boshlaydi. Masalan, jiyda, zarang,
bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt va aylantning
barglari ancha barvaqt tokiladi (14-rasm).
img/res/14rasm.png






Xalqimiz bu faslni oltin kuz deb ataydi. Buning boisi
shundaki, birinchidan, bu davrda juda kop mevalar garq
pishadi. Ikkinchidan, kopchilik daraxt va butalarning bargi
qizgish, sargish, qongir rangga kirib, tabiatga ajoyib manzara
baxsh etadi. Bir qator osimliklar (nastarin, atirgul, ligustrum)
ning bargi uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlaydi. Hatto
qishda ham shamshod va ligustrum kabi osimliklarning bargi
to kilmay turaveradi. 0 simliklarda xazonrezgilik nima uchun
sodir boladi, degan savolga siz keyingi 4-paragrafni otganda
to liq javob olasiz.
Kuzda barg tokishi bilan bir qatorda yozda tokilgan uruglari
namga tegib unib chiqadigan va to pbarg hosil qiladigan
osimliklar ham kam emas. Kuzgi bugdoy, gulxayri, qoqiot,
jag-jag, qurttana kabi osimliklarning bargi qor tagida qishlab,
bahorda yana osishda davom etaveradi. Shunday qilib, kuz
kelishi bilan osimliklaming mevasi (urugi) pishadi va barglari
tokilib, qishki tinim davriga kiradi.
Xazonrezgilik paytida to kiladigan barglardan to gri
foydalanishni aslo unutmaslik kerak. Ayrim joylarda barglar

to gri kelgan joyda yoqib yuboriladi. Natijada atrof muhitni
qurum bosib, havoning tarkibi buziladi. Barglardan oqilona
foydalanishning eng oson yoli chorva mollari uchun ozuqa
sifatida (boshqa yem-xashaklarga qoshib) berish va yerga komib
(chiritib) ogit tayyorlashdan iborat.