 30-. Energiya almashinuvi bosqichlarl


Achish jarayonida cnergiya almashinuvi odatda uch bosqichga bo'linadi. Birinchi tayyorgarlik bosqichi bo'lib, unda murakkab uglevodlar, yog'lar, oqsillar-glyukoza, glitserin va yog' kislotalari, aminokislotalarga; nuklein kislotalarning katta molekulalari esa nukleotidlarga parchalanadi. Bu reaksiyalarda kam miqdorda energiya ajraladi va ular issiqliq energiyasi sifatida tarqalib ketadi.

Ikkinchi bosqich  to'liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish bo'lib, hujayra sitoplazmasida amalga oshiriladi. U anaerob nafas olish (glikoliz) yoki achish deb ham yuritiladi. Achish atamasi odatda o'simlik yoki mikroorganizmlarning hujayralarida kechadigan jarayonlarga nisbatan qo'llaniladi. Bu bosqichda moddalarning fermentlar ishtirokida parchalanishi yana davom etadi. Masalan, mushaklarda anaerob nafas olish tufayli glyukoza molekulasi 2 molekula sut kislotasigacha parchalanadi. Glyukozaning parchalanish reaksiyalarida fosfat kislota va ADF ishtirok etib, ulardan parchalanish natijasida ajralgan energiya hisobiga ATF molekulalari hosil bo'ladi.

Achitqi zamburug'larida glyukoza molekulasi kislorodsiz sharoitda etil spirti va karbonat angidridgacha parchalanadi. Bu jarayon spirtli achitqi deb yuritiladi.

Boshqa mikroorganizmlarda glikoliz jarayoni aseton, asetat kislota va boshqalarni hosil qilish bilan tugaydi. Barcha hollarda glikoliz reaksiyaiari bir molekula glyukozaning parchalanishi 2 molekula ATFni hosil qilish bilan boradi. Glyukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqayotgan energiyaning 40%i ATF tarkibida to'planadi, qolgani esa issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi.

Energiya almashinuvining uchinchi bosqichi  aerob nafas olish yoki kislorodli parchalanish deb ataladi. Energiya almashinuvining bu bosqichi fermentlar yordamida tezlashtiriladi. Hujayrada oldingi bosqichda hosil bo'lgan moddalar kislorod ishtirokida oxirgi mahsulotlar  CO2 va H2O gacha parchalanadi. Kislorodli nafas olish jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi va ular ATF molekulalarida to'planadi. Ikki molekula sut kislotani kislorodli sharoitda to'liq parchalanishida 36 molekula ATF hosil bo'ladi. Demak, hujayrani energiya bilan ta'minlashda aerob nafas olish asosiy vazifani bajaradi. Barcha tirik organizmlar energiyani olish turiga qarab ikkita katta: avtotroflar va geterotroflar guruhiga bo'linadi.

Avtotroflar anorganik moddatardan hayot faoliyati uchun zarur organik moddalarni hosil qiluvchi organizmlardir. Bularga deyarli barcha yashil o'simliklar, suv o'tlari, ba'zi bakteriyalar kiradi. Avtotrof organizmlar qaysi energiya manbaidan foydalanishiga qarab ikki guruhga: fototrof va xemolroflarga bo'linadi. Fototroflar quyosh energiyasidan, xemotroflar esa kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadi.
