l 24-.Toliq ozgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: tangachaqanotlilar turkumi


Kapalaklar juda chiroyli va xilma-xil bolib, ularning yer yuzida 150000 ga yaqin. Orta Osiyoda bir necha rningga yaqin turlari tarqalgan (49-rasm). Kapalaklarning qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Shuning uchun ular tangachaqanotlilar deb ataladi. Qanotlarning rangi ana shu tangachalarga bogliq. Kapalaklar boshining ostida spiralga oxshab oralgan xartumi bor. Xartum pastki jag bilan pastki labning qoshilishidan hosil boladi. Kapalaklar gul nektari bilan oziqlanadi. Buning uchun ular xartumini togrilab, gul ichiga suqadi va nektarini sorib oladi. Kapalaklar chuvalchangsimon lichinkasining tanasi bogimlarga bolingan bolib, qurt deb ataladi. Ogiz organlari ham kapalaknikidan farq qilib, qaltiq oziqni kemirishga moslashgan. Qurtning kokrak bolimida 3 juft haqiqiy oyoqlar, qorin bolimida 5 juft soxta oyoqlar boladi. Soxta oyoqlar yogon, bogimlarga bolinmaganligi va tovon qismida mayda ilmoqchalaraing bolishi bilan kokrak oyoqlardan farq qiladi. Qurtlar yoxta oyoqlar yordamida harakat qiladi; kokrak oyoqlari bilan oziqni ushlab turadi.

Karam kapalagi. Karam kapalagining qurti karam, sholgom, turp, achambiti kabi karamdoshlar oilasiga mansub osimliklarning bargi bilan oziqlanadi. Uning qanotlari oq rangda bolganidan oq kapalak ham deyiladi. Oldingi qanotlarining chetki qismida katta qora dogi boladi (47-rasmga qarang). Kapalak qonganida qanotlari tanasi ustida tik bolib taxlanadi. Qanotlarining ostki tomoni yashil-sargish rangda bolganidan uni barglar orasidan sezish qiyin.




Karam kapalagi tuxumlarini osimlik bargi osliga qoyadi. Tuxumlardan chiqqan yosh qurtlar dastlab sariq rangda boladi, keyinchalik rivojlanib, kok-yashil rangga kiradi. Ularning orqa va yon tomonida bir necha qator sariq va qora doglari boiadi. Qurtlar post tashlab rivojlanadi. Yetilgan qurtlar daraxtiar yoki devorlarga chiqib olib, gumbakka aylanadi. Gumbakdan chiqqan kapalaklar bir necha soatdan song ucha boshlaydi.

Tut ipak qurti. Odamlar qadimdan hasharotlarning hayoti bilan tanish bolganlar. Ularni, ayniqsa kapalak qurtlarining pilla orashi qiziqtirgan. Tut ipak qurti eng qadimgi xonakilashtirilgan hasharot hisoblanadi. Uning asl vatani Himolay bolib, bundan 5 000 yil ilgari xitoyliklar boqa boshlashgan. Hozir ipak qurti Yaponiya, Xitoy, Braziliya, Orta Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Yevropa va Kavkazda boqiladi.

Ipak qurti kapalagining uzunligi 4-6 sm, qanotiari oqish tusda (50-rasm). Kapalak xonakilashtirish tufayli uchish qobiliyatini yoqotgan. Erkak kapalaklar urgochilariga nisbatan xipcharoq, moyiovlari patsimon va uzun boladi. Kapalaklar oziqlanmaydi, uruglanib tuxum qoygandan keyin halok boladi. Quitning ipak suyuqligi ajratuvchi solak bezlari juda kuchli rivojlangan bolib, tana boshligini toldirib turadi. Bu bezlar ishlab chiqargan suyuqlik havoda qotganida 1000 - 1500 m ip hosil boladi, Qurt ana shu iplardan pilla oraydi va uning ichida gumbakka aylanadi. Qurt faqat tut bargi bilan oziqlanganligi sababli tut ipak qurti deb ataladi.





Ipakchilik. Ipakchilik, yani pillachilik xalq xojaligi tarmogi bolib, tut ipak qurti boqish va uni qayta ishlashni oz ichiga oladi. Ipak qurti maxsus pillaxonalarda qurilgan sokchaklarda boqiladi. Qurtlik davri 20 - 24 kun davom etadi. Shu davr mobaynida qurt tort marta tullab, beshinchi yoshga otadi. Bu yoshda uning uzunligi 8 - 9 sm ga yetadi. Tullayotgan qurtlar oziqlanishdan va harakatdan toxtaydi. Bu davr uyqu davri deb ataladi.

Qurtlar gumbakka aylanishi uchun sokchaklarga qurigan mayda shoxlar tashlanadi. Qurtlar shoxlarning ustiga chiqib, uch kun davomida tanasi atrofiga pilla oraydi va gumbakka aylanadi. Pillalar yigib olinib, ipak olish uchun yigiruv fabrikalariga jonatiladi. Fabrikada pilla ichidagi gumbak issiq suv yoki bug tasirida oldiriladi; piiladan esa ip yigiriladi. 1 kg piiladan 90 g yengil va pishiq tabiiy ipak olinadi.

Ozbekiston Respublikasi Ipakchilik instituti olimlari tomonidan ipak qurtining oq pilla beradigan sermahsul zotlari. tut daraxtining mol hamda toyimli barg beradigan navlari yaratilgan.

Kapalaklarning qanotlari mayda tangachalar bilan qoplanganligi uchun tangachaqanotlilar deb alaladi. Qanotlar rangi ana shu tangachalarga bogliq. Boshining ustida spiralga oxshab oralgan xartumi bor. Xartum yordamida ular gul nektarini soradi. Kapalaklar chuvalchangsimon lichinkasining tanasi bogimlarga bolingan bolib, qurt deb ataladi. Qurtning ogiz organlari ham kapalaknikidan farq qilib, qattiq oziqni kemirishga moslashgan. Uning kokrak bolimida 3 juft haqiqiy va qorin bolimida 5 juft soxta oyoqlari joylashgan. Soxta oyoqlar yogon, bogimlarga bolinmaganligi va tovon qismida mayda ilmoqchalarning bolishi bilan kokrak oyoqlaridan farq qiladi. Qurtlar soxta oyoqlar yordamida harakat qiladi; kokrak oyoqlari bilan oziqni ushlab turadi.

bpu`SC3  