	 26-.Ikki qanotlilar turkumi


Uy pashshasi - juda harakatchan hasharot. Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan (52-rasm). Pastki labining uchi qalinlashib, yostiqchasimon yalovchi -xartumcha hosil qiladi. Pashsha oziq-ovqat mahsulotlarini xartumchasi bilan yalab oziqlanadi. Oziq tamini oldingi oyoqlari panjasida joylashgan tukchalar yordamida sezadi.




Pashshaning qurti axlallar, hojatxonalar va hayvonlar gongida rivojlanadi. Qurtning boshi va oyogi bolmaydi, tanasi sirlidagi kichik bortmachalar yordamida harakat qiladi. Qurtlar tez osadi; quruq tuproqqa chiqib gumbakka aylanadi. Pashsha juda serpusht boladi; har 2 - 4 kunda 100 - 150 tadan tuxum qoyadi. Bir mavsumda pashshaning 8 - 10 avlodi rivojlanadi. Bitta urgochi pashshaning avlodi bir mavsumda 5 000 000 000 ga yetishi mumkin. Pashshalar ichburug, qorin tifi, vabo, sil, bogma kabi kasalliklarning mikroblarini hamda gijjalarning tuxumlarini tarqatadi. Ular axlatxona va boshqa iflos joylardan mikroblarni oyogi va tanasida ilashtirib olib, oziq-ovqat mahsulotlariga yuqtiradi.

Pashsha tez kopayib ketmasligi uchun uy-joylar atrofini doimo toza saqlash va har xil chiqindilarni oz vaqtida yoqotib turish zarur. Xonadonlarda ular yelimli qogozlar va har xil zaharli moddalar sepib yoqotiladi.

Ikki qanotlilarning xilma-xilligi. Ikki qanotlilardan bir qancha lurlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Chivinlarmng urgochisi odam va hayvonlar qonini soradi. Erkak chivinlar osimlik shirasi bilan oziqlanadi. Chivinlarning qurtlari hovuz va kolmak suvlarda rivojlanadi. Chivinlar qon sorib, odam va hayvonlarni bezovta qilish bilan birga bezgak kasalligini tarqatadi. Bahor va yoz mavsumida chivinlarning bir necha avlodi rivojlanadi. Turar joylarning yertolalarida ular qishda ham rivojlanishi mumkin.

Iskabtoparlar - chivintarga oxshash mayda hasharotlar. Ular chollardagi kemiruvchilar inida kop uchraydi. Hayvonlar va odam qonini soradi. Odamga teri leyshmaniozi (yomon yara) kasalligi qozgatuvchisini tarqatadi. Bu kasallik janubiy viloyatlarda uchraydi.


Sonalar va bokalarning tashqi korinishi pashshalarga oxshash (53-rasm). Sonalar hayvonlar terisini jaglari yordamida teshib, qonini soradi. Ular chol mintaqalarida juda kop uchraydi; issiq yoz mavsumida uy hayvonlanga tinchlik bermaydi. Bokalarning qurtlari qoramollar terisi ostida, otlar oshqozoni va qoylarning burun boshligida parazitlik qilib, ularning mahsuldorligini kamaytiradi.



Ikki oldingi juft qanotlari yaxshi rivojlangan; keyingi qanotlaridan faqat kalta osimta saqlanib qolgan. Hasharotlar uchganida bu osimta tebranib, ovoz chiqariladi. Osimta havoda uchayotgan hasharot uchun muvozanat organi hisoblanadi. Ikki qanotlilarning 150 000 ga yaqin turi malum. Ulardan pashshalar, chivinlar, sonalar, bokalar keng tarqalgan.

qqSaSC3 n 