 VIII bob. AYIRISH SISTEMASI
31- . Ayirish sistemasining ahamiyati
? Tuzilishi, funksiyasi
Ovqat tarkibida istemol qilingan oqsil, yog, uglevodlar, suv, tuzlar meda-ichaklardan qonga sorilib, jigarga boradi, unda keraksiz (zaharli) moddalardan tozalangach, yana qon orqali tananing barcha toqima va hujayralariga tarqaladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida bu oziq moddalar kislorod bilan oksidlanib, parchalanadi. Bu jarayonlar natijasida organizm uchun zararli moddalar (siydik kislota, qoldiq azot, mochevina, kreatinin, karbonat angidrid kabilar) hosil boladi. Bu zararli qoldiq moddalar hujayralardan qonga otib, ayirish organlari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi (48- rasm).

Ayirish organlariga buyrak, teri, opka kiradi.

Moddalar almashinuvi natijasida hosil bolgan gazsimon moddalar (karbonat angidrid) nafas olish organlari orqali tashqariga chiqariladi. Siydik kislota, qoldiq azot, tuzlar suvda erigan holda buyraklar orqali siydik tarkibida ajratiladi. Suv, tuzlar va qoldiq azotning oz qismi teri orqali ter sifatida tashqariga chiqariladi.

Siydik ayirish organlarining tuzilishi va funksiyasi. Siydik ayirish organlari ayirish sistemasining asosiy qismi hisoblanadi. Siydik ayirish organlariga buyraklar (ong va chap), siydik yollari (ong va chap), qovuq (siydik pufagi) va siydik chiqarish kanali kiradi (49- rasm).
Buyrak juft organ bolib (ong va chap buyrak), qorin boshligining bel qismida, yani birinchi va ikkinchi bel umurtqasining ikki yonida joylashgan. U loviya shakliga oxshash boladi. Buyrak murakkab tuzilgan. Uning ichki tomoni botiqroq bolib, buyrak darvozasi deb ataladi. Buyrak darvozasi orqali unga arteriya qon to-miri kiradi, vena qon tomiri chiqadi. Shuningdek, buyrak darvozasi orqali siydik yoli ham chiqadi. Har bir buyrakning ogirligi ortacha 150 g keladi.

Buyrak boylamasiga kesib qaralganda, uning toqimasi ikki qavatdan: tashqi qoramtir post qavat va ichki oqimtir magiz qavatdan iborat ekanligi korinadi. Buyrak toqimasi murakkab mikroskopik tuzilishga ega bolgan nefronlardan tashkil topgan. Har qaysi buyrakda 1 mln atrofida nefron bor. Buyrak nefronlarida arteriya kapillarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib, buyrak kapsulasiga otadi va siydik hosil boladi (50-, 51- rasmlar).

Buyrakda siydik hosil bolishi. Buyrakda siydik hosil bolishi ikki davr (fazaga) bolinadi. Birinchi davr  flltratsiya davri, u birlamchi siydik hosil bolishidan iborat. Bunda nefronlardagi arteriya kapillyarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib, nefron boshligiga (kapsulaga) otadi. Bu jarayonning otishi kapillayrlardagi bosimning yuqori, kapsuladagi bosimning past boiishiga bogliq. Birlamchi siydikning tarkibi qon plazmasining tarkibiga yaqin. Unda faqat oqsil bolmaydi. Chunki u kapillyar qon tomirlarining devoridan filtrlanib otmaydi. Kapsuladagi birlamchi siydik kalavasimon kanalchalarga otadi. Bu kanalchalarning devori orqali birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislotalar, suv va mineral tuzlarning kop qismi, yani 98,5 - 99,0% i vena tomirlariga qayta soriladi. Bunga reabsorbtsiya jarayoni deyiladi. Bu siydik hosil bolishining ikkinchi davri hisoblanadi. Kanalchalarda qolgan siydik ikkilamchi siydik deyilib, uning tarkibida qoldiq azot, mochevina, kreatinin kabi moddalar, malum miqdorda tuz va suv boiadi.
Katta odamning buyrak nefronlarida uzluksiz siydik filtrlanishi natijasida bir sutkada ortacha 100 litr birlamchi siydik hosil boladi. Uning 98,5 - 99 litri kalavasimon kanalchalar devori orqali qonga qayta soriladi, qolgan 1 - 1,5 litri esa ikkilamchi siydik sifatida tashqariga chiqariladi. 
Siydik yoli buyrak jomidan boshlanib, qorinning orqa devori boylab pastga tushadi va siydik pufagiga tutashadi. Siydik yolining uzunligi katta yoshli odamda ortacha 30 sm boladi. Buyrakda filtrlanib hosil bolgan siydik, siydik yoli orqali siydik pufagiga uzluksiz quyilib turadi.
Siydik pufagi qorinning pastki qismida chanoq sohasida joylashgan bolib, uning hajmi katta odamda 500-700 ml boladi.
Buyrak fiinksiyasining boshqarilishi. Buyrakda siydik hosil bolishi nerv va gumoral yol bilan boshqariladi. Simpatik nerv tolalari buyrak qon tomirlarini toraytirib, siydik ajralishini kamaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari esa buyrak qon tomirlarini kejigaytirib, siydik ajralishini kopaytiradi. Bu nervlarning markazi orqa va bosh miyada joylashgan. Bosh miyaning pastki sohasida joylashgan gipofiz bezining orqa bolagida sintezlanadigan antidiuretik gormon (ADG) buyrak egri-bugri kanalchalarining devoriga tasir etib, reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik ajralishini kamaytiradi. Qalqonsimon bezda sintezlanadigan tiroksin gormoni, aksincha, reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini kopaytiradi.
Siydik ayirish organlarining kop uchraydigan kasalliklari. Buyrak tosh paydo boiishi kasalligining sababi ovqat tarkibida tuzni kop istemol qilish, kam harakatlanish hisoblanadi. Buyraklarning yalliglanish kasalliklari (nefrit, piyelonefrit)ning sababi tomoqdagi bodomsimon bezlarning yalliglanishi (angina), tish kasalliklarini oz vaqtida davolatmaslikdir.

NUw`SC%  