| 28-.Lansetnik  tuban tuzilgan xordali hayvon


Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Lansetniklar tropik va motadil iqlimli dengizlar, shu jumladan Qora dengizda tarqalgan. Och pushti rangli shaffof, tanasining uzunligi 4 - 8 sm bolib, ikki yoni yassi, oldingi va keyingi tomonlari biroz ingichkalashgan (57-rasm). Teri burmalari bilan qoplangan dum suzgichi esa qosh tigli jarrohlik asbobi - lansetga oxshaydi. Lansetnik hayotining kop qismini dengiz tubidagi qumga komilgan holda otkazadi. Qumdan faqat lansetnikning oldingi ogiz tomoni chiqib turadi. Ogiz teshigi 10 - 20 juft paypaslagichlar bilan oralgan.



Xordasi va muskullari. Lansetnik xordasi tanasining orqa tomoni boylab otgan pishiq oqdan iborat. Xorda tigiz joylashgan maxsus hujayralardan iborat bolib, ichki organlar uchun layanch vazifasini otaydi; tanani egiluvchan qilib turadi. Lansetnik va unga oxshash tuban tuzilgan xordalilarning xordasi butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Bosh miyasi va bosh skeleti bolmaydi. Shuning uchun lansetniklar bosh skeletsiz xordalilar kenja tipiga kiradi.

Lansetnikning muskullari ikki yon lomonida tana boylab uzun tasma shaklida joylashgan. Lansetnik juda oddiy harakatlanadi: tanasini u yoki bu yoniga egib suzib yuradi yoki qumni yorib kirib oladi.

Hazm qilish sistemasi. Ogiz teshigi maxsus chuqurcha - ogiz oldi voronkasida joylashgan bolib, paypaslagichlar bilan oralgan. Paypaslagichlarning harakati tufayli suv ogiz teshigiga haydaladi. Juda mayda plankton organizmlar suv oqimi bilan ogiz orqali halqumga otadi va uning devoriga ilashib qoladi. Oziq luqmalari halqumdan ichakka tushib hazm boladi. Suv esa halqum devoridagi jabra teshiklari orqali chiqib ketadi. Hazm bolmagan oziq qoldiqlari dum suzgich stida joylashgan orqa chiqarish teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

Nafas olish organlari. Lansetnik halqiuni ikki yoni boylab juda kop tirqishsimon jabra teshiklari joylashgan. Jabra teshiklarini tashqi tomondan qoplab turadigan ten burmalaii jabraoldi boshligini hosil qiladi. Jabra teshiklari devori juda kop mayda qon tomirlari - kapilyarlar bilan qoplangan. Kapilyarlar devorida qon bilan suv ortasida gaz almashinuvi sodir boladi. Teri burmalari jabralarga qum kirishiga yol qoymaydi.

Qon ayiamsh sistemasi hamma xordalilarniki singari yopiq boladi. Lekin qon yagona qon aylanish doirasi boylab harakatlanadi. Asosiy qon tomirlari qorin va orqa aortalardan iborat. Karbonat angidrid bilan toyingan qon qorin qon aortasi orqali oldinga, jabra kapillarlariga oqadi. Jabralarda qon karbonat angidridni suvga berib, kislorod bilan toyinadi va orqa aortaga chiqadi. Bii tomirdan qon kichikroq tomirlar va kapillarlar orqali tanaga tarqaladi. Toqimalarda karbonat angidrid bilan toyingan qon qorin aortasiga oqib keladi. Lansetnikning yuragi bolmaydi. Yirik tomirlar devorining qisqarishi tufayli tomirlarda qon oqib.turadi.

Ayirish organlari. Lansetnikning ayirish organlari halqali chuvalchanglarnikiga oxshash tuzilgan naychalardan iborat. Naychalar halqum boylab joylashgan bolib, jabraoldi bosbligiga ochiladi.

Nerv sistemasi xorda ustida joylashgan, tana boylab ketgan nerv nayidan iborat. Nerv nayi nerv hujayralaridan tashkil topgan. Nerv nayining hamma qismi bir xilda tuzilgan. Nerv nayidan ichki organlar va tana sirtiga juda kop nervlar tarqaladi. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Teri ostida nerv nayi boylab bir tekis joylashgan yoruglik sezuvchi hujayralar korish vazifasini bajaradi. Bu hujayralar faqat yoruglikni sezadi. Bezovta bolib qumdan chiqqan lansetnik yorugdan qochib, tezroq qumga komilib olishga harakat qiladi. Terisining sirtida joylashgan nerv hujayralari orqali lansetnik kimyoviy va mexanik tasirlarni sezadi.

Lansetnikning umurtqasiz hayvonlarga oxshashligi. Lansetnikni rus olimi akademik A. O. Kovalevskiy kashf qilgan. Lansetnik tuzilishining kop belgilari, xususan xordasining bolishi, nerv sistemasining naysimon bolib, tanasining orqa tomonida joylashganligi uning haqiqiy xordali hayvon ekanligini korsatadi. Shuning bilan birga lansetnik tuzilishining bir qancha xususiyatlari (ayirish sistemasi va muskullarining tuzilishi, yuragi va bosh miyasining bolmasligi) bilan haqiqiy xordalilardan farq qiladi. Lansetnikning tuzilishini organish orqali hamma xordali hayvonlarning kelib chiqishini tushunib olish mumkin.

Xordalilarning umimiy tavsifi. Xordalilarning tana boytab otadigan oq skeleti - xordasi boladi. Xordalilarga 43 000 ga yaqin tur kiradi. Ular bosh skeletsizlar va bosh skeletlilar, yani umurtqalilar kenja tiplariga ajratiladi. Bosh skeletsizlaraing bosh miyasi va bosh skeleti rivojlanmagan, skeleti xordadan iborat. Ularda xorda hayoti davomida saqlanib qoladi. Bu kenja tipga lansetniklar sinfi kiradi.

Bosh skeletlilarning markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan, skeleti togay yoki suyakdan iborat; xorda faqat embrional rivojlanish davrida boladi. Ularga togayli va suyakli baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar kiradi.



Lansetnik - eng tuban tuzilgan xordali hayvon: bosh skeletsizlar kenja tipiga kiradi; bosh miyasi va bosh qutisi bolmaydi.

Barcha tuban xordalilar singari lansetnik xordasi ham umr boyi saqlanib qoladi. Markaziy nerv sistemasi nerv nayi shaklida bolib, xorda ustida joylashgan. Lansetnikning yuragi boimaydi; yurak vazifasini eng yirik qorin qon tomiri (aorta) bajaradi.
8.1.BALIQLAR


Siz "Baliqlar" bolimini oqib, baliqlarning tuzilishi, kopayishi va rivojlanishi xususiyatlarining yashash muhiti bilan bogliqligi, ahamiyati, kelib chiqishi togrisida tasavvurga ego bolasiz, ularning asosiv turlarini tanib olasiz.

Baliqlar tuzilishi zogora baliq misolida organiladi.

buQeSC3  