
 33- . Organizmni chiniqtirish. Teri gigiyenasi

Malumki, odamning hayoti doim tashqi muhit bilan chambarchas boglangan. Tashqi muhitning har xil omillari odamga doimo tasir korsatib turadi. Ayniqsa, atrof-muhitning noqulay tasiriga (issiq, sovuq, namlik, bosim kabilarga) organizmni chiniqtirish odamning soglom bolishiga, ish qobiliyatining ortishiga olib keladi.
Kundalik hayotda odam organizmini issiq-sovuq tasiriga chiniqtirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, sovuq havoga, suvga chiniqtirish har xil shamollash kasalliklarining oldini olishga imkon beradi. Organizmni chiniqtirishda quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish lozim:
1. Chiniqtirishni asta-sekinlik bilan boshlash kerak. Sovuq havoda yoki sovuq suv tasirida chiniqtirilganda ularning harorati awal 25C bolib, har ikki-uch kunda +7 ga pasaytirib boriladi va 10+8C gacha yetkaziladi.
2. Chiniqtirishning izchillik prinsipi shundan iboratki, organizmga tasir etayotgan chiniqtiruvchi omil (havo va suv) uzluksiz har kuni yoki kunora takrorlanishi zarur.
3. Chiniqtirishda har qaysi odam organizmining individual xususiyatlari, yani yoshi, jismoniy rivojlanganligi, soglomligi etiborga olinishi kerak.
4. Chiniqtirishda oz-ozini nazorat qilish zarur, yani chiniqayotgan odam muntazam ravishda oz kayfiyati, ishtahasi, uyqusi va ish qobiliyati qanday ozgarayotganini kuzatib borishi lozim.
Chiniqtirish turlari. Kundalik hayotda havoda, quyoshda, koproq suvda chiniqtirish qollaniladi.
Suvda chiniqtirish. Suv odam organizmiga harorati, tarkibida erigan kimyoviy moddalar bilan hamda mexanik tasir korsatadi. Suvda chiniqtirish oldiniga mahalliy, songra umumiy boiadi. Mahalliy chiniqtirishda tananing ayrim sohalari har xil haroratdagi suvda chiniqtiriladi. Umumiy chiniqtirish tananing ustidan har xil haroratdagi suv quyish, dush qabul qilish yoki suv manbalarida (hovuz, ariq, kanal, suv havzasida) chomilishdan iborat.
Donishmand xalqimiz teri sogliq oynasi deydi. Uning funksiyalari normal otishi uchun teri doim toza bolishi zarur. Terini toza saqlash odam madaniyatining asosiy korinishlaridan biri hisoblanadi:
? bolani yoshligidan qol yuvishga orgatish lozim. Qolni ovqatlanishdan oldin albatta yuvish kerak;
? yuz, boyin sohalarini har kuni ikki marta  ertalab va kechqurun uxlash oldidan yuvish lozim;
? haftada 1 - 2 marta hammomga tushish yoki issiq dush qabul qilish lozim. Chomilganda oquvchilar maxsus Bolalar sovunidan foydalanganlari maqul, chunki uning tarkibidagi lanolin moddasi terini yumshatadi, undagi bor kislota teridagi mikroblarni yoqotadi.
Kiyim va poyabzalga bolgan gigiyena talablari. Odamning kiyimi va poyabzali yil fasliga mos bolib, havoni yaxshi otkazadigan bolishi kerak. Sintetik materiallardan tikilgan kiyim, rezinadan tayyorlangan poyabzallar havo otkazmaydi. Shuning uchun ter bezlaridan ajralgan suyuqlik yaxshi bugianmaydi. Buning oqibatida ichki kiyim, paypoq hol bolib, odam shamollab qolishiga sabab boiadi. Shunga kora, ayniqsa, respublikamizning issiq iqlim sharoitida sintetik material lardan tikilgan kiyim, paypoq va rezina poyabzal kiyish gigiyena nuqtayi nazaridan tavsiya etilmaydi. Bunday materiallardan tayyorlangan sport kiyimlari va poyabzallarni faqat mashgulot vaqtida kiyish mumkin.
Bizning issiq iqlim sharoitimizda yoz oylarida ip-gazlamadan tikilgan kiyim, qish faslida esa jun va boshqa tabiiy gazlamalardan tayyorlangan kiyim, charm poyabzal kiyish maqsadga muvofiq boladi.



xFgaSC% } 