37-. Jinsiy kopayish


Organizmlarning kopayish usullari juda xilma-xil va murakkab bolishiga qaramay, uning asosini ikki xil: jinsiy va jinssiz kopayish tashkil qiladi.

Jinsiy kopayish deb, jinsiy bezlarda hosil bolgan, mahsus, jinsiy hujayralar hisobiga nasllar gallanishi va rivojlanishiga aytiladi. Jinsiy kopayish evolyutsiya jarayonida paydo bolib, organizmlar genotipini xilma-xil bolishida katta ahamiyatga egadir. Jinsiy kopayishda yangi avlod, har xil ota-ona organizmdan hosil bolgan ikkita jinsiy hujayraning qoshilishi natijasida rivojlanadi. Lekin umurtqasiz hayvonlarning ayrim turlarida jinsiy hujayralar bitta organizmda rivojlanadi. Bunday ikki jinsli hayvonlar germafroditlar (qosh jinslilik) deb ataladi.

Osimliklar olamida, yopiq urugli osimliklarning kopchiligida guliari ham kopincha ikki jinsli boladi. Gulli osimliklardagi ikki jinsli gullardagi changchilarda erkak jinsiy hujayralar spermiylar, urugchisida esa urgochi jinsiy hujayralar tuxum hujayra yetiladi. Ikki jinsli gullarga olma, orik, gilos, behi daraxtlarining gullari misol boladi. Agar changchi gul alohida, urugchi gul alohida bolsa, bir jinsli gul deyiladi. Makkajoxori bir jinsli gullar turkumiga kiradi. Ayrim osimliklarda changchili va urugchili gullar har xil tuplarda rivojlanishi mumkin. Masalan, Turkiston ismalogi.

Malumki, yangi organizm jinsiy hujayralar qoshilmasdan ham rivojlanishi mumkin. Ayrim hayvon va osimlik (erkak asalari, mayda qisqichbaqa simonlari) turlarida uruglanmagan tuxum hujayradan yangi organizmning rivojlanishi kuzatiladi. Bunday kopayish usuli bokiralik (partenogenez) deb ataladi.

Jinssiz kopayish ham tabiatda keng tarqalgan bolib, yangi organizm somatik (tana) hujayralardan, yani jinssiz hujayralardan rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Biz kopayishning har ikki turiga quyida batafsil toxtalib otamiz.

Jinssiz kopayish tirik tabiatda: ham osimliklar, ham hayvonlar orasida keng tarqalgan. Jinssiz kopayishda ona organizmidagi bitta yoki bir nechta so-matik hujayralarguruhidan yangi organizm rivojlanadi.

Kopchilik bir hujayrali sodda hayvonlar (amyoba, evglena, infuzoriyalar) teng ikkiga bolinish yoli bilan kopayadi (39-rasm).



Bir hujayrali suv otlari (xlorella, xlamidomonada), sporalilar bir nechta boiaklarga bolinish yoli bilan kopayadi, kop bolaklarga bolinish  shizogoniya deb ataladi. Bolinish yoli bilan kopayish mitoz uchun misoldir. Kopchilik bir hujayralilar, tuban zamburuglar, suv otlari (xlorella) spora hosil qilish xususiyatiga ega. Spora ichidagi hujayraning bolinishi natijasida kop hujayralar hosil boladi. Hujayralar soni birlamchi hujayralar yadrosining karrali bolinishi natijasida hosil bolgan yadrolar soni bilan aniqlanadi.

Bir va kop hujayrali organizmlarda jinssiz kopayish usullaridan biri kurtaklanishdir. Misol uchun achitqi zamburuglari va gidralar (40-rasm). Kurtaklanib kopayishida, dastlab, ona organizm tarkibida yadrosi bolgan bortma hosil boladi. U osib ona organizm darajasida kattalashadi, songra ajralib mustaqil organizm sifatida yashaydi. Kop hujayralilardan chuchuk suv gidrasida kurtak hujayralar guruhidan iborat bolib, kurtaklar ona organizm tanasi hisobiga oziqlanib, tez rivojlanadi. Ularning uchida paypaslagichlari va ogiz teshigi paydo boladi. Yosh gidralar biroz osgandan keyin ona organizmdan ajralib mustaqil yashay boshlaydi (41-rasm). Ayrim kop hujayrali organizmlarda jinssiz kopayish



tanasining ikkiga bolinishi (meduza, halqali chuvalchanglar) yoki bir nechta boiaklatga bolinish {oq planariya, ignatanlilar) yoli bilan amalga oshadi. Hosil bolgan har bir bolaklardan yangi rosmana oi^anizmlar rivojlanishi mumkin.



Osimliklar olamida vegetativ kopayish keng tarqalgan bolib, bunda ona organizmning ayrim bolagining kopayishi hisobiga yangi organizmlar hosil boladi (42-rasm).

Vegetativ kopayishga osimliklarning qalamchalari, gajaklari, ildiz bachkisi, tugunaklari, piyozchalari va ildizpoyalari orqali kopayishini misol qilish mumkin. Kartoshka, batat, shoyigul shakli ozgargan yer osti poyalari yani tugunaklari orqali; tol, terak, tok, qoraqat qalamchalari yordamida, olma, yantoq, olcha, terak kabilar ildiz bachkisi; lola, piyoz, sarimsoqpiyoz piyozchalari; qulupnay gajaklari, begoniya bargi ildiz tugunaklari; kartoshkagul, iloq, gumay, ajriq, binafsha, shirinmiyalar esa ildizpoyasi orqali kopayadi. Misol uchun salomalaykum tugunagi hisobiga 1 m2 joyda 1800 tagacha yangi osimlik hosil qiladi.



Ayrim hayvonlar, kop turli halqali chuvalchanglarda ham vegetativ kopayishni kuzatish mumkin. Bunda chuvalchang tanasi bir nechta bolakka bolinadi va bu bolaklardan yangi organizm hosil boladi. Hayvonlarda kuzatiladigan vegetativ kopayish asosida regeneratsiya yoki yoqolgan qismni qayta tiklash yotadi. Regeneratsiya umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlar (reptiliyalar) uchun xosdir, Jinssiz kopayish evolyutsiya jarayonida jinsiy kopayishdan oldin paydo bolgan. Jinssiz kopayishda hosil borgan yangi avlod ona organizmning aynan nusxasi boladi. Jinssiz kopayishning biologik ahamiyati, organizmning tez kopayishi va kop avlod hosil bolishini taminlashdan iborat. Jinssiz kopayish natijasida hosil bolgan har bir organizmning genotipiona organizm genotipiga aynan oxshash boladi. Chunki, tana hujayralari faqat mitoz yoli bilan kopayadi, mitozning interfaza bosqichidagenetik materialning ikki hissa kopayishi kuzatiladi. Mitozni eslang. Mitoz bolinishi natijasida paydo bolgan hujayralardan, jinssiz kopayishda yangi organizmlar rivojlanadi. Mitoz bolinish asosida jinssiz yol bilan kopaygan organizmlar genotipi bir xil bolish sabablarini tushuntirish mumkin. Foydali mutatsiyalar bunday organizmlarda tashqi muhit sharoitining ozgarishi natijasidagina kamdan-kam hollarda paydo boladi.

