38-. Meyoz


Jinsiy usulda ko'payadigan olganizmlarda o'ziga xos bo'linish usuli meyoz kuzatiladi. Meyoz so'zining ma'nosi kamayish demakdir. Meyoz natijasida diploid to'plamga ega boigan birlamchi jinsiy hujayralardan gaploid to'plamli jinsiy hujayralar hosil bo'ladi. Meyoz ketma-ket keladigan ikkita bo'linish bosqichlaridan iborat. Har bir meyoz bo'linish xuddi mitoz singari to'rt bosqichga: profaza, metafaza, anafaza, telofazaga bo'linadi. Ularni farq qilish uchun birinchi bo'linish fazalari oldiga 1, ikkinchi bo'linish fazalari oldiga II raqami qo'yiladi (48-rasm).



Meyoz ham xuddi mitoz kabi interfazadan boshlanadi. Meyoz bo'linishi quyida ko'rsatilganidek, ketma-ket keladigan bosqichlardan iborat bo'lib, buning natijasida xromosomalar ma'lum o'zgarishga uchraydi. Meyozning birinchi bo'linishi bilan ikkinchi bo'linishi orasidagi bolat interkinez deb ataladi. Ko'pincha interkinez holat sodir bo'lmay, telofaza 1 profaza II ga ulanib ketishi ham mumkin.

Birinchi bo'linish fazalarining ichida eng murakkab va uzoq davom etadigan profaza I dir. Profaza I da  xromosomalar spirallasha boshlaydi. Har bir xromosoma ikkita xromatiddan iborat bo'lib, sentromera yordamida birikkan bo'ladi. Gomologik xromosomalar o'zaro yaqinlashadi. Bir xromatidning har bir qismi ikkinchi xromatidga aniq mos tushadi. Xromosomalar bir-biriga yopishib, yonma-yon joylashadi. Bu hodisa kon'yugatsiya deyiladi. Keyinchalik bunday xromosomalar o'rtasida o'xshash qismlari, genlari bilan almashinadi. Bu hodisa esa krossingover deb ataladi. Profaza oxirida gomologik xromosomalar bir-biridan ajrala boshlaydi. Bu jarayonlar bilan bir vaqtda yadro qobig'i parchalanib, yadrochalar yo'qolib ketadi.

Metafaza I da  xromosomalarning spirallanish darajasi eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'ladi. Kon'yugatsiyalashgan xromosomalar juft-juft holatda ekvator tekisligi bo'ylab joylashadi. Sentromeraga bo'linish urchug'i birikadi.

Anafaza I da  gomologik xromosomalarning elkalari bir-biridan aniq ajraladi. Lekin xromatidlarga ajralmagan holda qutblarga tomon harakatlana boshlaydi.

Telofaza I da  xromosomalar soni ikki hissa kamaygan hujayralar hosil bo'ladi. Qisqa vaqt ichida yadro qobig'i hosil bo'ladi.

Interkinez davrida DNK reduplikatsiyalanmaydi. Birinchi bo'Hnish natijasida hosil bo'lgan hujayralar bir-biridan ota va ona xromosomalar genlar yig'indisi jihatidan farq qiladi.

Misol uchun odamda barcha hujayralarda, shu jumladan birlamchi jinsiy hujayralarda ham 46 ta xromosoma bo'ladi. Bulardan 23 tasi ota, 23 tasi ona organizmga taalluqlidir. Meyozning birinchi bo'linishidan so'ng spermatosit va ovositlaiga 23 tadan xromosoma o'tadi. Xromosomalarning tarqalishi anafaza I da turli xil variantlarda amalga oshadi. Misol uchun: ulardan bittasida 3 ta ota organizm xromosomasi va 20 ta ona organizm xromosomasi bo'lishi mumkin, boshqasida 10 ta otalik va 13 ta onalik yoki boshqacha holatlarda xromosomalar tarqalishi mumkin. Bunday holatlar soni juda ko'p bo'ladi. Agar meyoz I bo'linishda xromosomalardagi krossingoverni hisobga olinsa, har bir hosil bo'lgan jinsiy hujayra genctik jihatdan yagona bo'lib, o'ziga xos takrorlanmaydigan genlar yig'indisiga ega bo'ladi.

Meyozning ikkinchi bo'linishidagi profaza II va metafaza II da xuddi mitozdagidek jarayonlar kuzatiladi, mitozdan farqi shundan iboratki, bo'linayotgan hujayra gaploid to'plamga ega bo'ladi. Anafaza II da sentromera bilan birikkan xromatidlar bir-biridan ajraladi, shu vaqtdan boshlab xuddi mitozdagidek xromatidlar mustaqil xromosoma bo'ladi. Telofaza II da xromosomalari gaploid to'plamga ega bo'lgan ikkita hujayra hosil bo'ladi. Shunday qilib, meyoz natijasida har bir diploid to'plamli boshlang'ich jinsiy hujayraning ikki marta ketma-ket bo'linishi oqibatida 4 ta gaploid to'plamli yetuk jinsiy hujayralar gametalar hosil bo'ladi.

Meyozniog biologik ahamiyati  meyoz tufayli avlodlar almashinuvi davomida xromosomalar sonining doimiyligi o'zgarmaydi. Meyozda gomologik xromosomalarning juda ko'p xilma-xil variantlari amalga oshadi. Meyoz jarayonida xromosomalar kon'yugatsiyalashib, o'xshash qismlari bilan almashinishi natijasida irsiy axborotning yangi to'plami hosil bo'ladi.

