. 31-.Nerv sistemasi va sezgi organlari


Markaziy nerv sistemasi. Baliqlarning markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan. Orqa miya uzun naydan iborat bolib, umurtqa pogonasi nayi ichida joylashgan. Orqa miyaning ikki yonidan ichki organlarga, suzgichlarga, teri va muskullarga nervlar chiqadi (63-rasm).

Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bolib, nerv nayi oldingi qismining ozgarishidan kelib chiqqan. Baliqlar va barcha umurtqali hayvonlarning bosh miyasi oldingi miya, oraliq miya, orta miya, miyacha va uzunchoq miya deb ataladigan bolimlardan iborat. Miyaning hamma bolimlari baliqlar hayotida katta ahamiyatga ega. Miyacha harakatlanish, uzunchoq miya nafas olish, qon aylanish, hazm qilish organlari ishini boshqarib turadi.



Sezgi organlari baliqlarga atrof-muhitni yaxshi bilib olishga imkon beradi. Ular yordamida baliq oz ozigini topadi yoki yaqinlashayotgan dushmanini bilib oladi. Suvdagi sharoitni aniqlashda ham sezgi organlari katta yordam beradi. Sezgi organlari orasida kozlar muhim ahamiyatga ega. Baliqlarning kozi qovoqsiz, boshining ikki yonida joylashgan. Ular yaqin masofadan koradi, narsalarning shakli va rangini farq qila oladi. Kozlar oldida joylashgan ikkita burun teshigi hid sezuvchi hujayralarga ega bolgan xaltachalarga ochiladi.

Eshitish organlari miya qutisining ikki yonida joylashgan, suyaklar bilan qoplangan ichki quloqdan iborat. Suv zich muhit bolganligidan tovushni yaxshi otkazadi. Tajribalarda baliqiar qirgoqda yurgan odam qadami, suzib kelayotgan qayiq ovozi, qongiroq va oq tovushlarini yaxshi eshitishi aniqlangan.

Tam bilish hujayralari baliqlarning ogiz boshligi, halqumi hamda butun tana yuzasida joylashgan. Zogorabaliq, treska vaboshqa bir qancha baliqlarning boshida joylashgan moylovlar tuygu vazifasini bajaradi.

Baliqlar hayotida ayniqsa yon chiziqlarning ahamiyati katta. Yon chiziqlar baliq tanasining ikki yonida qator bolib joylashgan teshikchalardan iborat. Teshikchalar maxsus sezuvchi hujayralari bolgan naychalar bilan tutashgan. Yon chiziqlar suv oqimi, suv ostidagi narsalami sezishga yordam beradi. Yon chiziqlari tufayli hatto kor bolib qolgan baliq hain losiqlarni sezadi, harakat qilayotgan oljasini tutib oladi.

Reflekslar. Agar baliqni biror narsa bilan turtsak, u ozini tezlik bilan chetga oladi. Bu jarayon quyidagicha sodir boladi. sir sezgi hujayralari tolalari orqali markaziy nerv sistemasining bosh miya yoki orqa miya qismiga uzatiladi. U yerdan tasirga hosil boigan javob tegishli organlarga uzatiladi. Organlardagi muskullar qisqarishi tufayli organizm tasirga javob beradi. Baliqlar uz oljasini sezganida ham xuddi shunga oxshash holat sodir boladi. Zogorabaliq chuvalchangni korganida hosil bolgan qozgalish korish nervi orqali markaziy nerv sistemasiga boradi, u yerdan javob nerv tolalari orqali muskullarga keladi. Buning natijasida baliq oljasini ushlab oladi. Hayvonlarning tasirga shunday javob qaytarish reflekslari tugma bolganidan shartsiz reflekslar, yani instinkt deyiladi. Shartsiz reflekslar irsiy bolib, baliqlarning hayoti davomida ozgarmasdan saqlanib qoladi va nasldan naslga otadi. Bitta turga kiruvchi hamma hayvonlarning shaitsiz reflekslari bir xil boladi.

Shuning bilan birga hayvonlarning Imyoti davomida hosil boladigan reflekslar ham bor. Agar akvariumdagi baliqlarga biror signal bilan tasir etib, masalan, chiroq yoqib oziq berilsa va bunday oziqlanish bir necha bor takrorlansa, bu signal oziq berilmaganda ham baliqlami jalb qila bosbJaydi. Hosil bolgan bunday reflekslar shartli reflekslar deyiladi. Shartli reflekslar nasldan naslga otmaydi va uzoq saqlanib qolmaydi.

Bosh miya va orqa miya markaziy nerv sistemasi deyiladi. Bosh miya oldingi miya, oraliq miya, orta miya, miyacha va uzunchoq miyadan iborat. Orqa miya uzun naydan iborat bolib umurtqa pogonasi nayi uchida joylashgan.

Bosh miya va orqa miya barcha organlar ishini boshqaradi.

z, eshitish, tam bilish organlari, yon chiziqlar sezgi organlari deyiladi. Ular yordamida baliqlar atrof-muhitdagi narsalarni payqaydi, oziqring tamini biladi, suv bosimi, harorati, tarkibini payqaydi.

Baliqlarning tashqi tasirga javobi. yani hatti-harakati shartsiz (instinkt) va shartli reflekslar bilan bogliq. Shartsiz reflekslar tugma, shartli reflekslar esa ular hayoti davomida tashqi muhit tasirida hosil boladi.

_Ic`SC3 = 