
 32-.Baliqlarning kopayishi va rivojlanishi


Kopayish organlari. Zogorabaliq ayrim jinsli; urgochilarining jinsiy organlari tana boshligida joylashgao yirik tuxumdondan iborat. Unda tuxum hujayralari yetiladi. Erkaklarida esa bir juft uzun urugdonlar boladi. Urchish davrida urugdonlar quyuq oq suyuqlik - sut bilan toladi. Sut tarkibida millionlab urug hujayralari (spermatozoidlar) boladi.

Tuxum qoyishi. Jinsiy hujayralarning yetila boshlashi bilan baliqlarda kopayish instinkti paydo boladi (64-rasm). Instinkt ularni tuxurn qoyish va nasl qoldirish uchun qulay joy axtarishga undaydi. Bazi baliqlar suv havzalarining oqmaydigan joylarini, boshqalari esa suvi oqib turadigan joylarni tanlaydi. Otkinchi baliqiardan bazilari chuchuk suv havzalaridan dengizga. boshqalari, aksincha, dengizdan chuchuk suv havzalariga kochadi. Ayrim otkinchi baliqlar, masalan, Uzoq Sharq losossimonlaridan keta va gorbusha uvildiriq tashlash uchun Amur daryosining irmoqlariga otadi. Ugor baligi Yevropa daryolaridan minglab kilometr uzoqda joylashgan Atlantika okeanining Sargass dengiziga borib tuxum qoyadi. Zogorabaliq suv havzalarining tinch oqadigan sayoz joylariga, suv omborlari va kollarga tuxum qoyadi. Urgochi baliq suv osimliklari ustiga uvildiriq tashlaydi. Erkagi esa tuxumlar ustiga ozining sutini sepib ketadi. Sutdagi spermatozoidlar tuxum hujayralarini uruglanliradi.

Rivojlanishi. Zogorabaliqning uruglangan tuxum hujayralaridan qulay sharoitda 4-6 km ichida juda mayda baliqchalar (chavoqlar) rivojlanib chiqadi. Chavoqlar dastlab suvdagi mayda mikroorganizmlar, keyinroq mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlana boshlaydi. Yilning oxiriga kelib, ularning uzunligi 5 - 10 sm ga yetadi.




Naslga gamxorlik qilishi. Zogorabaliqning nasliga gamxorlik qilishi tuxum qoyish uchun joy tanlashdan iborat. Tuxum qoygan baliq bu joyni lark etadi. Nasli togrisida gamxorlik qilmaydigan baliqlar odatda juda kop tuxum qoyadi. Masalan, okun 300 minggacha, treska bir necha million tuxum qoyadi. Ular naslining juda oz qismigina voyaga yetadi. Chunki tuxumlari va lichinkalarining juda kop qismi boshqa hayvonlarga yem boladi.

Ayrim baliqlarning nasli togrisida gamxorlik qilish instinkti kuchli rivojlangan. Chuchuk suv tikanbaligining erkagi urchish davrida suv otlarini solak bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan yopishtirib, urgochilari uchun qulay uya yasaydi.

Bu uyaga bir necha urgochi baliq tuxum qoyadi. Erkak baliqlar uyaga qoyilgan toxumlarni uruglantiradi va tuxumdan chiqqan baliqchalarni mustaqil oziqlana oladigan bolguncha himoya qilishadi (65-rasm). Dengiz otchasi erkaklari tuxumlarini qornidagi maxsus xaltachasida olib yuradi. Afrika tilyapiya baligining erkaklari urgochilari tashlagan tuxumlarni ogiz boshligida olib yuradi. Biror xavf tugilgudek bolsa, hatto yosh baliqchalari ham erkak baliqning ogziga kirib yashirinib oladi.




Kopchilik baliqlarning tuxumlari ona organizmidan tashqarida uruglanadi. Urgochilari tashlagan uvildirigi ustiga erkaklari uruglarini sepib ketadi. Otkinchi baliqlar ivildiriq tashlash uchun dengizdan daryoga yoki daryodan dengizga otadi.

Ayrim baliqlarda nasliga gamxorlik qilish kuchli rivojlangan; ular tuxumlari va tuxumdan chiqqan chavoqlarini qoriqlaydi. Kopchilik baliqlarning nasliga gamxorlik qilishi asosan uvildiriq tashlash uchun qulay joy axtarishdan iborat. Nasliga kam gamxoqlik qiladigan baliqlar juda kop tuxum qoyadi.

enhaSC3 ' 