! 37-. Buyrakusti, medaosti va jinsiy bezlar

Buyrakusti bezlari. Bu bezlar ikkita boiib, nomiga monand ong va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi (58- rasm).
Ularning birgalikdagi ogirligi 10-20 g. Buyrakusti bezlari ikki qavat: ustki - postloq va ichki - miya qavatidan iborat. Buyrakusti bezining postloq qavatida mineralokortikoid, glukokortikoid, androgen va esterogen gormonlari, ichki qavatida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Ularning hammasi odam hayotida muhim ahamiyatga ega.
Mineralokortikoid gormoni organizmda mineral tuzlar almashinuvi boshqarilishida ishtirok etadi.
Glukokortikoid gormoni organizmda oqsil va uglevod almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular tasirida qonda qand, jigarda glikogen miqdori ortadi.
Androgen va esterogen gormonlari erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi.
Buyrakusti bezlarining ichki  miya qismida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning tasiri bir xil bolganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, toqimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi.
Medaosti bezi. Bu bez medaning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi roparasida joylashgan bolib, uzunligi 16 - 20 sm, massasi 70 - 80 g. Medaosti bezi aralash bez bolib, toqimasining 98 - 99% i tashqi sekretsiya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqaradi. Bez toqimasining 1 - 2% i, yani Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funksiyasini bajaradi.

Bezning Langergans orolchasida insulin gormoni ishlab chiqariladi. Insulin gormoni qondagi qand moddasining ortiqcha qismi jigar vamuskul toqimalarida glikogen moddasi sifatida zaxira holda toplanishini taminlaydi.
Medaosti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohida ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasining buzilishi aholi orasida kop tarqalgan qandli diabet kasalligi kelib chiqishiga sabab boladi. Soglom odam qonida qandning normal miqdori 80 - 120 mg % boladi, qandli diabet kasalligida esa uning miqdori 150 - 250 mg % ga kotarilib, undan ham ortib ketishi mumkin.
Qondagi qandning miqdori normal bolganda, u buyrak orqali siydik bilan tashqariga chiqarilmaydi, yani soglom odamning siydigida qand mutlaqo bolmaydi. Qonda qandning miqdori 140 - 150 mg % dan oshaversa, u siydik bilan tashqariga chiqarila boshlaydi. Bunday bemorlar tez chanqaydi va kop suv istemol qiladi. Istemol qilingan ovqat tarkibidagi uglevodlar hujayra va toqima-larda ozlashtirilmasdan, siydik bilan tashqariga chiqib ketishi tufayli bemor tez och qoladi va tez-tez ovqat istemol qilishga majbur boladi. Aks holda ten ostidagi zaxira yog moddalari parchalanib, glukozaga aylanadi, hatto hujayra va toqimalar tarkibidagi oqsil, yog moddalari ham glukozaga aylanib, qonga otadi va undan siydik bilan tashqariga chiqariladi. Buning oqibatida bemor ozadi, kuchsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi.
Jinsiy bezlar. Erkaklarning jinsiy bezlariga bir juft moyaklar (urugdon), moyak ortigi, prostata bezi kiradi. Moyaklar ellipssimon bolib, massasi katta odamda 20 - 36 g boladi. Ularda erkaklik jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) va erkaklik jinsiy gormoni (testosteron) ishlab chiqariladi. Moyaklarning bu funksiyasi osmirlik davrida (12 - 15 yosh) boshlanadi va keksayish davriga qadar davom etadi.
Testosteron gormoni osmirlarda balogatga yetish belgilari yuzaga kelishiga tasir korsatadi.
Ayollarning jinsiy bezlariga bir juft tuxumdon kiradi. Tuxumdonlar kichik chanoq boshligida joylashgan bolib, katta yoshli ayollarda ularning massasi 56 g boladi. Tuxumdon bachatldnning orqa qismiga yopishib turadi. Tuxumdonda jinsiy gormonlar ishlab chiqariladi. Bu gormonlar bevosita qonga quyiladi. Ular qiz bolaning osmirlik davridan ishlab chiqarila boshlaydi va unda ikkilamchi, yani ayollik jinsiy belgilari hosil bolishini taminlaydi.
Bundan tashqari, tuxumdonlarda pufakchalar toplami  follikulalar boladi. Ularda jinsiy hujayralar (tuxum hujayralar) paydo boladi va yetiladi.
Tez-tez shamollash, angina, gripp kabi kasalliklar tuxumdonning yalliglanishiga sabab boladi. Kasallik oz vaqtida davolanmasa, tuxumdonning funksiyasi buziladi, ayolda farzandkorish xususiyati yoqolishiga sabab boladi.



Ujd`SC% 9 