 1-. Zoologiya fani va uning vazifalari

Zoologiya - hayvonlarni organadigan fan. Zoologiya (zoo - hayvon, logos - fan) - hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, kopayishi va rivojlanishini organadigan fan. Hayvonlarning xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati, kelib chiqishini organish zoologiyaning vazifasiga kiradi.

Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir xillari hayvonlarning tuzilishi, kopayishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishini; boshqalari- ularning alohida guruhlarini organadi. Masalan, anatomiya hayvonlarning tuzilishini, entomologiya hasharotlami tekshiradi.

Zoologiya - eng qadimiy fan. Zoologiyaga oid eng qadimgi asarlami eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan. Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif berilgan. 16-17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskopda korinadigan hayvonlami kashf etgan. Shved olimi Karl Linney 18-asrda hayvonlarni tur, urag, turkum va sinflarga ajratib organishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin XIX asr ortalarida hayvonlarni organish orqali ozining olamshumul evolutsion talimotini yaratdi. 19-asrda hayvonlarning embrional rivojlanishi va qazilma qoldiqlarini organish natijasida bir qancha kashfiyotlar qilindi. Hozirgi davrda zoologiya sohasida olib boriJayotgan tadqiqotlar tibbiyot, qishloq xojaligi, chorvachilik va xalq xojaligining boshqa sohalari bilan bogliq.

Zoologiyaning rivojlanishiga ozbekistonlik olimlar ham katta hissa qoshishgan. D.N.Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini organishni boshlab berdi. L.MIsayev va P.RBorovskiy olib borgan tadqiqotlar Orta Osiyoda rishta, bezgak parazhi va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlarning tugatilishi uchun asos boldi. T.Z.Zohidov, O.P.Bogdanov va boshqa olimlar umurtqali hayvonlarni; A.M.Muhammadiyev, V.V.Yaxontov, A.T.Tolaganov, J.AAzimov, M.A.Sultonov, S.N.Alimuhamedov umurtqasiz hayvonlarni organishgan.

Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti. Yer yuzida hayvonlarning 2,5 mln dan koproq turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq, suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Parazit hayvonlar uchun esa odam, hayvon va osimlik organizmi yashash muhiti boladi. Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan: suv hayvonlarining gavdasi suyri shaklda, oyoqlari eshkakka aylangan. Quruqlikda yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan boladi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik, harorat, yoruglik va boshqalar ekologik omillar deyiladi.

Hayvonlarning gavda olchami har xil boladi (1-rasm). Ular qatorida ogirligi 150 tonnaga yetadigan gigant idtlardan tortib faqat mikroskopda korinadigan, uzunligi millimetrning ondan bir, hatto yuzdan bir ulushiga teng keladigan turlari ham bor.



Hayvonlarning ahamiyati. Hayvonlar tabiatda va inson faotiyatida katta ahamiyatga ega. Kopchilik hayvonlar yashil osimliklar bilan oziqlanadi. Ular otxor hayvonlar deyiladi. Boshqa hayvonlami yeydigan hayvonlar yirtqich; odam, boshqa hayvon va osimlik toqimalarida yashaydigan hayvonlar esa parazit hisoblanadi.

Otxor hayvonlar osimliklar va ularning qoldiqlarini maydalab, chirishini tezlashtiradi. Ular faoliyati tufayli osimlik uchun zarur bolgan mineral moddalar toplanadi; tuproq unumdorligi oshadi. Hayvonlar orasida hayvonlar murdasi va chiqindilari hamda organik qoldiqlar va mikroorganizmlarni suvdan filtrlab oziqlanadigan turlari kop uchraydi. Bunday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi. Ular yer yuzini va suv havzalarini ifloslanishdan saqlaydi.

Uy hayvonlari faqat gosht va sut beribgina qolmasdan, sanoat uchun moyna. ipak va boshqa mahsulotlar ham beradi. Arilar, kapalaklar osimliklarni changlatib, uiar hosildorligini oshirishga yordam beradi. Hasharotxor va yirtqich hayvonlar: qushlar, korshapalaklar, baqalar va boshqalar onnon va qishloq xojalik zararkunandalarini qirib, foyda kelliradi.

Hayvonlar orasida odamlar, chorva mollari va osimliklarga ziyon keltiradigan turlari ham kop uchraydi. Qon soruvchi hasharotlar va kanalar parazitlik qilish bilan birga, olat. terlama, bezgak kasalliklarini tarqatadi. Atoqli vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino ozining Tib qonunlari asarida kasallik paydo qiladigan hayvonlardan saqlanish haqida yozib qoldirgan.

Hayvonlarni muhofaza qilish. Odamlar qadimdan yovvoyi hayvonlarni ovlashgan; ularning goshti, terisi va boshqa mahsulotlaridan foydalanishgan; hayvonlarni qolga orgatishgan; ulardan uy qoriqchisi va ishchi kudu sifatida foydalanishgan. Keyinchalik aholi sonining ortib borishi, ov qurollarining tobora takomillashuvi hayvonlar uchun zarur bolgan tabiiy sharoitning buzilishi lasirida Yevropa turi (qoramollar nasl boshi), tarpan (otlar nasl boshi), Stellerov sigiri (dengiz hayvoni) yoq bolib ketdi; Prjevalskiy oti, zubr, bizon, jayron, hongul kabi hayvonlar uchun qirilib ketish xavfi tugjldi. Bu hol hayvonlar va ular yashaydigan muhitni muhofaza qilishni talab etadi.

Respublikamiz hududida soni kamayib borayotgan va qirilib kelayotgan hayvonlarni muhofaza qilish va asrab qolish maqsadida bir qancha qoriqxonalai, milliy boglar va pitomniklar tashkil ctilgan. Ozbekislon Respublikasi Qizil kitobining songgi 2003-yilgi nashriga noyob va soni kamayib borayotgan hayvonlarning 184 turi kiritilgan.


Eslatma:

Hayvonlarni organishni yunon olimi Arastu boshlab bergan; Goliand olimi Anton Levenguk bir hujayrali hayvonlarni kashf etgan; shved olimi Karl Linniy hayvonlarni bistemaga solib organishni taklif etgan.

Yer yuzida hayvonlaraing 2,5 mln. dan koproq turi tarqalgan. Suv. churuqlik, havo, tuproq hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Hayvonlar oziqlanish usuli, tabiatdagi va odam hayotidagi ahamiyatiga binoan otxor, yirtqich, parazit, zararkunanda va foydali hayvonlarga ajratiladi.

_qNeSC3   