 39 - . Bosh miya
? Miya qismlari, miya postlogi
Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha. Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mojizadir. Odamning bosh miyasi uning aql-idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy xususiyatlarining fizi-ologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit tasirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Tananing barcha toqima va organlari ish faoliyatini bir-biriga boglab boshqaradi, organizm bilan tashqi muhitning aloqasini taminlab, uni muhit sharoitiga moslashtiradi.
Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi. Bosh miya bosh suyagining ichida joylashgan bolib, ogirligi katta odamda 1020-1970 g gacha boladi. Shuni takidlash kerakki, bosh miyaning katta-kichikligi odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi.
Odamning aqliy faoliyati bosh miya katta yarimsharlarining postloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, biokimyoviy va biofizik xususiyatlariga bogliq. Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshlikdan tarbiyasi, bilim olishi, mashq qilishiga bogliq.
Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun) qismi va bosh miya katta yarimsharlari. Bosh miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, Varoliyev koprigi (miya koprigi), orta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi (64-, 65- rasmlarga qarang).

Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi boiib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya koprigiga tutashgan. Uning uzunligi 3-3,5 sm, massasi ortacha 7 g boladi. Uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak ishining toxtab qolishiga sabab boladi. 
Miya  prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan orta miya, yon tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya koprigida uchlik, koz soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan.
Orta miya Varoliyev koprigining yuqorisida joylashgan bolib, unda tort tepalik: tort tepalikning oldingi 2 tasida postloqosti korish markazlari, orqadagi 2 ta tepalikda esa postloqosti eshitish markazlari joylashgan.
Oraliq miya orta miyaning yuqori qismida joylashgan bolib, bosh miya katta yarimsharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga korish domboqlari (talamus), domboqosti soha(gipotalamus) kiradi.
Miyacha bosh miya katta yarimsharlari ensa bolagining tagida joylashgan, massasi 150 g. Dorboz qizning muvozanati miyacha tomonidan boshqarilishi tasvirlangan. U odam tanasidagi barcha muskullarning harakatlarini tartibli bajarilishi, muvozanatda bolishini taminlaydi. Agar miyacha shikastlansa yoki kasallansa, tana muskullari boshashadi va odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga oxshab gandiraklab harakat qiladi.
Postloq osti nerv markazlari. Bosh miya yarimsharlari oq moddasining orasida, oraliq miyaning ustki qismida kulrang modda toplami bolib, u ikki qismdan iborat: oqimtir yadro va targil tana.
Oqimtir yadro tana muskullari tarangligini va harakatini boshqaruvchi nerv markazi hisoblanadi.
U ozidan pastda joylashgan oraliq va orta miya funksiyalarini boshqaradi. Oqimtir yadro zararlansa, tana muskullarining tarangligi ortib, qo1-oyoqlarning harakati qiyinlashadi, yuz muskullarining tarangligi ortib, goyo yuzga niqob kiygandek boladi, yani odamning har xil emotsional (xafa, xursand) holatlarini aniqlab bolmaydi.
Targil tana oqimtir yadro ishini boshqaradi. Targil tana kasallansa, oqimtir yadroning ishi kuchayib ketadi va tana muskullarining tarangligi pasayib, ixtiyorsiz harakatlar paydo boladi.

Bosh miya katta yarim sharlari. Bosh miya ong va chap yarim shardan iborat boiib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Bosh miya yarim sharlari ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi postloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat.
Bosh miya katta yarimsharlari postloq qavatining qalinligi 2,5-3,0 mm boladi. Postloq tekis bolmasdan pushta va egatlardan iborat (66- rasm). Miya postlogining bunday tuzilishi unda nihoyatda kop miqdorda nerv hujayralari joylashuviga imkon beradi. Binobarin, miya postlogida 14-16 mlrd atrofida nerv hujayralari joylashgan.

Qizigi shundaki, miya postlogi pushtalarining soni barcha odamda deyarli bir xil, Jekin ularning tuzilishi bamisoli qol kafti chiziqlari singari xilma-xil boladi. Agar miya postlogining pushta va egatlari yozib tekislansa, uning umumiy sathi 1468 - 1670 sm2 ni tashkil qiladi. Miya katta yarim sharlari peshana, chakka, tepa, ensa qismlarga bolinadi.
Bosh miya katta yarim sharlari postlogi mikroskopda tekshirilganda, undagi nerv hujayralari olti qavat bolib joylashganligi aniqlangan (67- rasm).
Bosh miya katta yarim sharlari postlogining turli qismlarida joylashgan nerv hujayralarining postloq sathi funksiyasiga kora uchta zonaga bolinadi: sezish, harakat va assotsiativ zonalar.
Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari toplami odam tanasining barcha sezgi organlarining oliy markazi hisoblanadi. Bu markazlar teri, korish, eshitish, hid va tam bilish kabi sezgi organlari retseptorlaridan impuls qabul qiladi.
Bosh miya katta yarim sharlari postlogining harakat zonalaridagi nerv hujayralari toplami muskullar, paylar, bogimlar, suyaklarning retseptorlaridan impuls qabul qilib, odam tanasining barcha qismlari harakatini boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini bajaradi.

Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari odam tanasining toqima va organlari bilan nerv yollari orqali boglanmagan, ular miya postlogining turli qismlaridagi nerv hujayralarini (nerv markazlarini) bir-biri bilan boglaydi. Bu zonalar sezgi va harakatla-nish organlaridan kelgan tasirni analiz va sintez qiladi.
Bosh miya katta yarimsharlarining postloq qismi odam oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi hisoblanadi. Odamning fikrlashi, ongi, ozlashtirishi, eslab qolishi, boshqalar bilan muomala qilishi, madaniyati, bilim olishi, hunar organishi, murakkab harakatlarni bajarishi miya postlogining faoliyatidir.
Miya postlogining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv markazlari joylashgan. Chunonchi, postloqning ensa qismida korish, chakka qismida eshitish, peshana qismining ostki ichkari sohasida hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida harakat, orqa markaziy pushtasida tana terisining sezgi markazlari joylashgan

PWgeSC% d 